Kontent qismiga oʻtish

Male (Maldiv Respublikasi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

MaleMaldiv Respublikasi poytaxti, Male o.da. Aholisi 55 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Iqlimi ekvatorial, mussonli iqlim, oʻrtacha oylik temperatura 24—30°, yiliga 250° mm gacha yogʻin yogʻadi.

Male — tarixiy shahar. Arab sayyohi Ibn Battuta 1342-yilda Maleda boʻlib, uning yirik shahar ekanligini yozgan. 16-asrda Maleda portugallar hukmronlik qilgan. 1857-yilda Angliya bosib olgan. 1965-yil iyuldan Maldiv davlati poytaxti. Male — mamlakatning iqtisodiy, madaniy va savdo markazi. Male porti orqali chetga quritilgan baliq, kokos yongʻogʻi, kopra chiqariladi. Havo va suv yoʻllari orqali Kolombo shahri bilan bogʻlangan. Maleda baliq ovlash kemalari, zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. Tikuvchilik fabrikasi, baliq konserva qilish zavodi mavjud. Abu al-Barakat maqbarasi, sulton saroyi (hozirgi muzey) bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil