Kontent qismiga oʻtish

Tehron

Koordinatalari: 35°42′0″N 51°25′0″E / 35.70000°N 51.41667°E / 35.70000; 51.41667
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tehron
تهران
poytaxt
35°42′0″N 51°25′0″E / 35.70000°N 51.41667°E / 35.70000; 51.41667
Mamlakat Eron
Ostan Tehron (Ostan)
Hukumat
 • Hokim Moxammed Bager Galibaf
Asos solingan mil.av. 6-ming yillik
Maydon 707 km2 (273 kv mi)
Markazi balandligi 1200 m
Rasmiy til(lar)i Forscha
Aholisi
 (2012)
8 778 535[1]
Zichligi 10 000 kishi/km2
Milliy tarkib forslar,
ozarbayjonlar,
mozandaronlar,
kurdlar,
arablar,
armanlar
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar (96%),
masihiylar,
bahoiylar,
yahudiylar,
zardushtiylar
Vaqt mintaqasi UTC+3:30
Telefon kodi +98 21
Pochta indeks(lar)i 13ххх-15ххх
Tehron تهران xaritada
Tehron تهران
Tehron
تهران

Tehron (forscha: تهران) — Eronning poytaxti, Osiyodagi eng katta shaharlardan biri.[2] Shahar atrofi (Katta Tehron) aholisini qoʻshganda Tehron aholisining soni rasmiy maʼlumot boʻyicha 13 million, norasmiy maʼlumotga koʻra 16 milliondir.[3] Aholisi soni boʻyicha Tehron jahonda 21-oʻrinda. Tehron Eronning siyosiy, iqtisodiy, transport, savdo va madaniy markazidir.

Tehron Eronning shimolidagi Elburs togʻining etagida, Kaspiy qirgʻogʻidan 90 km uzoqlikda joylashgan. Shahar gʻarbdan-sharqgacha togʻ yonbagʻri boʻyi bilan 40-50 kilometrga choʻziladi. Tehronning shimoliy tumani (Shemiran) dengiz sathidan 2000 metr balandlikda joylashdan. Shahrning janubiy atrofi (Rey, Sultonobod) Kavir toshloq choʻliga yaqin.

Tehron geografik jihatdan bir qancha chegaralarga, jumladan shimoli-sharqdagi Turkmaniston chegarasiga juda yaqin joylashgan.

Tehron Eronning avtomobil, elektronika, harbiy qurol-aslaha, yengil sanoat, qand, sement va kimyo sohalarining markazi hisoblanadi.[4] Shu bilan birga shahar mato va gilamlari bilan ham mashhur. XX asrda davlatning boshqa hududlaridan Tehron shahriga xalqlar ommaviy koʻchib kelishi keng avj oldi. Mahalliy aholisi forslar boʻlgani sababli, Tehron aholisining 98 foizi fors tilida, qolgan 2 foizi arab, ozarbayjon, arman, kurd tillarida gaplashadi.

Tehron zamonaviy va katta qishloq sifatida tanilgan

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Tehron“ (forscha: تهران) nomining kelib chiqishining bir necha nazariyasi bor.

Shaharning rasmiy saytida nom „tub“ (ته — teh) va eskirgan „qoya“ (ران — ran) soʻzlaridan chiqqan deb koʻrsatilgan. Shunda „Tehron“ تهران soʻzini — tehran — „qoyaning tagi“, yaʼni „qoyaning tagidagi shahar“ degan maʼnoni anglatadi. Tehron Tochal togʻining janubiy qoyasida joylashgani uchun, bu nazariyani rost deyish mumkin.[5]

Boshqa nazariya boʻyicha „Tehron“ oʻz nomini Eron poytaxtining yonida joylashgan Parfiyaning Tiran shahridan oladi. „Tiran“ nomi esa „Tirning yeri“ (zardushtiylar mifologiyasi boʻyicha yogʻin xudosi) degan maʼnoni anglatadi. Tiranning yonida Mexran shahri joylashgan. Mexra hozir Tehronning chetidagi kichik tuman. Avval bu ikki shahar Rey tarkibida edi, hozir u ham Tehron atrofidagi shahar.[5][6]

Uchunchi nazariya boʻyicha „Tehron“ soʻzi „issiq joy“ degan maʼnoni, shaharning shimolidagi Shemiran tumani boʻlsa „sovuq joy“ degan maʼnoni anglatadi.

Qadimgi Tehron

[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Karim-xon burchagi" („Xalvat-e Karim-xan“ Golestan saroyi, 1759-y.

Qazish ishlari hozirgi Tehron yerida ilk manzilgohlarning mil.av. 6-ming yillikda boʻlganini koʻrsatadi. Qadimgi odamlar Turgʻinlar davlatning janubidagi choʻl-u biyobonlardan qochib, Elburs togʻi qoyalariga kelib yashashgan. Boshlanishida shahar Eronning eng qadimgi shaharlarining biri — Reyning sharqi-gʻarbidan birnecha kilometr masofada joylashgan qishloq boʻlgan. Shu vaqtdagi Tehronning asosiy iqtisodini qishloq xoʻjaligi tashkil qilgan, jumladan meva-cheva yetishtirish keng ratqalgan boʻlgan.

Tehronning siyosiy markaz boʻlib yuqori pogʻonaga koʻtarilishi 1228-yili moʻgʻullarning Reyni yakson qilish bilan bogʻliq. Talon-tarojga uchragan shaharning aholisi Chingizxon tegmagan Tehron shahriga qochishadi. Oʻzining 1275-yilgi yozmalarida, Muhammad Zakariya Gazviniy Tehronni „asosiy savdo shahri“ deb taʼriflaydi. Bu davrda Tehron harbiylar boshqargan 22 tumanga boʻlingan (mahale). XIII asrda shaharsozlikda, asosan, sozdan ishlov berilgan yoki togʻli jinsning ichidan oʻyilgan uylar barpo etiladi. Hamdolla Mostafiy yozmalarida 1340-yili Tehron mahalliy Elxoniy moʻgʻul provinsiyasidagi eng katta shahar Varaminning toʻrt tumanining biri boʻlib hisoblanadi. Qayta barpo etilgan Rey Tehron hokimiyatining qoʻliga oʻtadi.[7]

Tehronga kelgan ilk yevropalik 1404-yilning iyulida Samarqandga safarlangan ispan elchisi Ruy Gonsales de Klavixo deb koʻrsatiladi. U Tehronni katta shahar deya tariflab, shimol tarafida Temuriylar rezidensiyasi joylashganini, Reyning esa tashlandiq manzilgohga aylanganini aytib oʻtadi. XV-asr boshidagi Tehron rejasini Imomzoda xotirlash ibodatxonalarning belgili prinsip bilan joylashishidan qayta barpo etish mumkin boʻldi. Masalan, Sayid Ismoil Imomzodasi (Tehrondagi arxitekturaning eng qadimgi obidasi) shu davrda shaharning oʻng chekkasida joylashgan. Tehronning shimoli-gʻarbiy chekkasi hozirgi Golestan saroyi tumanida joylashgan. XV asrdan boshlab salqin havo bilan suv qaynarlarini tomon intilgan shahar shimolga tomon oʻsa boshlaydi, Tochal qoyasida ilk bor shahar mahallalari paydo boʻladi.

1553-1554-yillar oraligʻida Safaviylar sulolasining ikkinchi hukmdori shoh Taxmasib I Tehronda Tehron bozorini va zambaragi bor 114 minora qurdiradi (Qur’ondagi suralar soni boʻyicha). Safaviylar Tehronni oʻzlarining asosiy qamali deb tanladi. Sababi, bir tarafidan, Reyda sulolasining asosini solgan Seyeda Hamzaning qabri joylashgan, ikkinchi tarafidan esa Tehron shu vaqtda shia qochqinlarining dasturli boshpanasi boʻlib ulguradi (Safaviylar Erondagi toʻngʻich shia sulolasi). Uning oldida Tabriz shahri Usmonli imperiyasi tomonidan bosib olinganidan keyin, Taxmasib poytaxti Tabrizdan Gazvinga almashtiriladi (Tehronning gʻarbidan 150 km). Agar Gazvin xatarga uchrasa, Taxmasib Tehronni oʻzining rezidensiyasi deb tanlaydi. Yevropalik sayyohlar taʼriflashi boʻyicha oddiy shahar uchun devori juda qalin boʻlgan. Tehron aholisi soni 20 ming kishidan oshmasa ham, devor uzunligi 8 km ni tashkil qilib, 4.5 km² hududni egallagan.

Chahar baq („toʻrt bogʻcha“) nomli Tehrondagi doimiy rezidensiyani Abbos II soladi. Sulaymon I farmoniga binoan shaharda saroy barpo etiladi (Devonxona). Shu hududda 1227-yili afgʻonlarning Eronga harbiy yurushi boshlanish arafasida, Safaviylarning soʻnggi shohi usmonli sultoni Ahmad III ni mehmon qiladi.

Tehronda shaharsozlikning qizgʻini XVIII asrda boshlandi. Safaviylar oʻrniga kelgan Zend hukmdorlari, shaharning asosiy boʻlagini jadallik bilan sola boshlaydi. Karim Xon Tehronda saroy, haram va davlat mahkamalarga rezidensiya solishga farmon beradi. U Tehronga poytaxt maqomini berishni koʻzlagani bilan, lekin poytaxt vazifalari Sherozga beriladi (Fors imperiyasining qadimgi poytaxti).

Karim Xon vafotidan keyin Tehron uchun Zendlarga odil Gafur Xon va Moxammed Xon Kajar oralarida hokimyat uchun kurash boshlanadi. 1786-yilning 12-martida Moxammed Xon Tehronga kirib poytaxtni butunlay shu yerga koʻchiradi. Bu qarorga Tehronning savdo yoʻllari oʻrtasida joylashishi va shimoliy provinsiyalarga Rossiya Imperiyasi yarat xatar taʼsir qiladi.

Eron poytaxti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tehron konferensiyasi, 1943-yil

Moxammed Kajarning jiyani Fetx Ali-shoh Tehron qurulishiga oʻzining koʻp hissasini qoʻshdi. Jumladan, uning hukmronlik vaqtida Tehronda Marmar saroyi va Shoh masjidi barpo etildi. 1830-yili Tehron aholisining soni 150 ming kishiga yetdi. Moxammed Kadjar vaqtida Tehron shahar devorlari chegaradan chiqib, shaharning shimolida saltanatli saroylar barpo etildi.

Fetx Ali-shax vaqtida, 1829-yilning 11-fevralida, Tabrizdan rus elchiligini tanishtirishga kelgan Aleksandr Griboyedov boshchiligidagi guruh magʻlubiyatga uchrab, guruh boshi Griboyedov shu jangda vafot etadi.

Tehron tarixidagi eng katta miqyosli qayta qurish ishlari 1870-yili Nasriddin shoh hukmronligi vaqtida boshlandi. U shahardagi barcha qamal binolarini buzishga farmon berib, ularning oʻrniga yangi mahallalar paydo boʻladi. Eski devorlar buzilib, oʻrniga uzunligi 19 km sakkiz burchakli devor barpo etiladi. 12 boy ishlangan shahar darvozalari turgan joyda, hozir shaharga olib boruvchi asosiy magistrallar joylashgan. Undan boshqa Nasriddin-shoh vaqtida koʻplab binolar rekonstruksiyalanib, suv bilan taʼminlashning markazlashtirilgan usullari barpo etiladi. Uning hukmdorligining soʻnggi yillarida (1897) shahar aholisi soni 250 ming kishidan oshib, ularning koʻpchiligi shahar devorlarining tashqarisida yashashadi.

Erondagi Islom revolutsiyasi, 1979-yil

1925-yili Eron taxtiga Rizo Pahlaviy oʻtiradi va 1930-yillari shahar yana bir marta yangilanishni boshidan kechiradi. Rizo Pahlaviy farmoniga binoan „Nasriddin devorlari“ buzilib, ularning oʻrniga esa keng shoh koʻchalar solinadi. Davlat va tijorat mahkamalariga yangi binolar qurish uchun shoh koʻplab chet el arxitektorlarini chaqiradi. Shularning orasida rus arxitektorlari ham boʻladi: Nikolay Markov („Elburs“ maktabi), Vladislav Gorodetskiy (temir yoʻl bekati) va boshqalar.[8] Qayta qurishdan keyin Tehron hududi 46 km² ni tashkil qilib, Fetx-Ali Shoh vaqtidagi Tehron bilan taqqoslaganda bir necha marta kattaydi.

1943-yili Tehronda Gitlerga qarshi koalitsiyaning uch ittifoq davlatlari hukumatlari boshliqlarining xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtadi. SSRI, AQSh, Birlashgan Qirollik ikkinchi frontning ochilish vaqtini taxmin qilib belgilaydi. „Tehron-43“ kengash koʻrkam filmida Ruzveltni (AQSh prezidenti) oʻldirishga yuborgan olmon josuslar guruhi haqida qarama-qarshi voqea muhokama qilinadi. Konferensiyada Eronning mustaqillik va hududiy butunligining kafolati eʼlon qilinadi.

Urushdan keyin Tehron aholisining soni 1 million kishiga yetadi. Soʻnggi shoh Muhammad Pahlaviy vaqtida eski shaharning koʻplagan qadimgi qurulishlari buziladi. Shohning maʼlum qilishicha, hozirgi Tehronda ularga oʻrin boʻlgani yoʻq. Koʻplab qamal binolarining va saroy oʻrinlarida hozir koʻp qavatli uylar yoki keng avtomagistrallar joylashgan. Turgʻun uy qurilish oʻchogʻi boshlanishi bilan, Tehron oʻzining „qadimgi“ qiyofasini batamom yoʻqotadi. Shoh oila-aʼzolari bilan shaharning shimoliga, Niavaranga koʻchadi.

Avvalgi AQSh Elchixonasi oldidagi plakat. Ostidagi koʻk yozuv: Marg bar Ameriko — „Amerikaga oʻlim“

1969-yili Shemiran Tehron tarkibiga kirib, shaharni shimolgacha kengaytirish ishlari toʻxtaydi. Yangi shahar qurilish doktrinasi boʻyicha, shahar gʻarb va sharqqa tomon kengaytirila boshlaydi. Shahar qurulishi Kerejga yaqinlaydi. Shaharning gʻarbi bilan janubidagi sanoat tumanlari barpo etiladi. Gʻarbdagi energetik krizisni olib kelgan 1970-yillardagi neft bahosining birdaniga oʻsishi shaharning yana ham chiroy ochishiga imkoniyat yaratadi. Shoh neft eksportidan kelgan koʻp daromadni yangi tuman barpo etishga sarflashga kirishdi U tuman Pahlaviy mansabining ramziga aylanishi shart boʻlgan. „Shohiston“ rejasi 1976-yili tayyor boʻldi, biroq moliya tugashi bilan ish amalga oshmadi.

1978-yilning 8-sentabrida, Tehronda va butkul Eronda shoh hukumati raqiblarining demonstratsiyalari boshlanib, keyinchalik ommaviy norozilikka ulashadi. Shunday birinchi yirik norozilik sentabrda boshlanib, politsiya kuchi bilan tarqatiladi. Shu vaqtdan boshlab, ommaviy qoʻzgʻolonlar taʼsiridan Tehron iqtisodi „toʻxtab qoladi“. Shu jumladan, 1979-yilning 16-yanvarida shoh isyonchilarga qarshi tura olmay, Erondan qochishga majbur boʻladi, 1-fevralda esa million tehronliklar badargʻa qilingan imom Ruhulloh Homayniyni (15 yil avval shahardan badargʻa qilingan) qarshi oladi. Shaharda homayniyliklar bilan ularning raqiblari orasida nizo boshlanadi. 9-fevralda, Mehrobod aeroportidagi texniklar janjali koʻchalardagi ommaviy qoʻzgʻolonlarga ulashadi, qoʻzgʻolonlar natijasida ikki kunda Homayniy tarafdorlari barcha hukumat mahkamalarini va politsiya boʻlimlarini bosib oladi. Eronda 11-fevral Revolutsiya gʻalabasi kuni deb nishonlanadi. 1979-yilning 4-noyabrida harbiy kayfiyatdagi talabalar guruhi amerika elchiligini bosib oladi, elchilik xodimlari asirlikda 444 kungacha boʻladi.

Eron-Iroq urushida, Tehron 1985-yilning mayidan boshlab Iroq raketalari R-11 oʻqi ostida qoldi, bu oddiy xalq orasida koʻplab qurbonlarga va ommaviy qirgʻinlarga olib keladi. Urush soʻngida, 1988-yilning bahorida, otishma avjiga chiqib, 6 haftada shaharga 190 raketa snaryadlari tushadi. Oʻq yogʻdirish Bogʻdod hududida ham boʻladi, biroq otishma oz miqdorda. Tehronga gʻarbiy provinsiyalardan qochqinlar koʻchib kelib, tehronliklarning esa 30 foizi Eronning shimoliy tomoniga qochishadi.[9] Shu bilan birgalikda Tehronga qoʻshni Afgʻonistondan ham qochqinlar koʻchib keladi (Afgʻon urushi taʼsiridan).

1986-yili Katta Tehron shahar hokimyati tashkil topib, u shaharning 500 ming km² ga yaqin hududni oʻz ichiga oladi. Tehron 22 shaharli tumanga boʻlindi. 1990-yillardan boshlab Tehronning hududiy kengaytirish ishlari toʻxtatildi. 2001-yil Tehronda metropoliten ishga tushirildi. 2007-yili Milad minorasining qurilishi nihoyasiga yetkazilib, u jahondagi 4-chi eng baland va Erondagi eng baland minora boʻladi. 2007-yilning 27-iyunida xususiy shaxslarga benzin sotib olish uchun kvota berilishi haqida axborot chiqishi bilan shaharda ommaviy qoʻzgʻolonlar boshlanadi. Norozi avtohavaskorlar 12 benzin kolonkasini yoqib yuborishadi.[10]

Tehron shimolidagi Elaxiye turgʻun tumani

XVIII asrning oxirida Tehron Eron poytaxti boʻlganida, shahar aholisining soni 100 kishini tashkil qilardi. XX asr boʻyi Tehron aholisining soni jadallik bilan koʻpaydi. 1956-yili hukumat shahar ichidagi bunyodkorlikni cheklash haqida bir necha qaror qabul qildi va oila siyosatiga bir necha oʻzgartishar kiritdi. 1976-yili aholi oʻsishi 4 foizni, 2000-yili esa 1,1 foizni tashkil qildi.

Hozirgi kunda shahar chegarasida 8,7 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi,[11] shahar atrofidagi shaharchalarni qoʻshib hisoblaganda 13 million kishi, yaqinidagi shaharlar bilan — 15 milliondan ziyod. Shahar aholisining 60% foizi tashqaridan kelganlar boʻlgani uchun shunday yirik oʻsish kuzatiladi.[12] Tehrondagi mayatnikli migratsiya kuniga 1,5-2 million kishini tashkil qiladi. Bular asosan Kerejdan qatnovchilardir.[13]

Tehronning demografik tarixi
1891 1922 1932 1956 1966 1980 1986 1991
Aholisi 160 000 210 000 249 504 1 512 082 2 719 730 5 361 335 6 042 584 6 475 527
Zichlik (kishi/km²) 6 540 8 590 10 200 15 120 9 610 9 600 8 430 8 990
Yillik oʻsish, % 3 4 4,6 5,9 5,8 4,1
Migrantlar oʻsishi 3 800 1 700 24 900 25 900 47 500 35 000
Manba: Atlas de Téhéran et Mansour Ohadi
Muqaddas Sarkis Cherkovi, Arman apostol cherkovi

Tehron jahondagi eng katta fors shaharlardan biridir. Shaharning aholisining etnik tarkibi juda ham turfa boʻlgani Tehronda fors tilining oʻziga xos dialektining paydo boʻlishiga sababchi boʻldi. Bu sheva keyinchalik Eronda standart dialekt boʻlib ketdi. Xususan tehron dialektining ayrim xususiyatlarini (masalan, uzoq /a/-ning /u/-ga almashishi) boshqa eronliklar oʻzlashtirgan.

Tehron aholisining katta qismi isfahon, yazid, sheroz, jugut-tojik dialektlarida va doriy tilida gapira olishadi. XIX asrgacha shahar aholisining koʻpchiligini mozandaronliklar tashkil qilgan. Hozir ular shaharning shimolida zich boʻlib yashaydi.[12]

Tarqalishi boʻyicha ikkinchi til — ozarbayjon tili.[14] Bundan tashqari, kurdlar, mozandaronlar, gilyonlar, lurlar, balujlar, turkmanlar, arablar, armanlar, ossuriylar jamoalari bor.[15]

Tehron aholisining koʻp qismi — musulmon-shialar, ular aholining 96 foizini tashkil qiladi.

Bahoiylar xalqning 2,8 foizini tashkil qiladi. Bu taxminan 200 ming kishi. Tehronda xristianlar ham bor. Ularga Arman apostol cherkovi, rus pravoslav cherkovi, Ossuriyalik cherkovlarining izdoshlari kiradi.[16] Ularning soni 1979-yilgi Islom Revolutsiyasidan keyin juda ham pasayib ketdi. Tehronda Arman apostol cherkovi jamoasining tarkibi 120 ming kishini tashkil qiladi. Shaharda 42 arman cherkovlari va koʻplagan arman madaniy markazlari, maktablar, kutubxonalar, sport komplekslari bor.

10 mingga yaqin kishi Ossuriya cherkoviga aʼzo. Yana 5 ming xaldey katoliklari bor. Ular sharqiy-suriylik odatlariga amal qilishadi. Shaharda gurjin ortodoks jamoasi, rus pravoslav jamoasi va bir necha injil jamolari bor.[16] Yahudiy jamoasiga 16-18 ming kishi kiradi. Tehronda 18 sinagoga bor. Jamoa tarkibida ancha maktablar bilan kutubxonalar bor.[16] Zardushtiylik jamoasiga 10 ming kishi kiradi. Jamoa ikki olov ibodatxonasini qoʻllaydi (Otashkada).[16] Boshqa diniy ozchiliklarga sunniylar kiradi. Yana sixlar, hinduiylar, buddistlar, mandaviylar, yazidlar, soʻfilar jamolari bor.

AQSh-ning Afgʻonistonda va Iroqdagi harbiy amaliyotlari taʼsiri sabab Tehronga koʻp qochqinlar bordi. Ularning orasida arablar, tojiklar, pushtunlar, xazarliklar bor. Qochqinlardan jadal oʻsayotgan shaharda koʻpincha arzon ish kuchi manbai sifatida foydalaniladi.

Ijtimoiy muammolar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1995-yili Tehron aholisining 27 foizi qashshoqlikni boshidan kechirgan, biroq tehronlik kambagʻallarning darajasi davlatning boshqa hududlaridagi qashshoqlarning darajasidan yuqori.[17] 1996-yili aholining savodxonlik darajasi 84,7 foizni tashkil qilgan, oʻrtacha umr uzoqligi boʻlsa — 70,5 yosh boʻlgan.[18] Qashshoq tehronliklar koʻpincha shaharning janubida istiqomat qilishadi. Ularni norasmiy tilda „toshda turuvchilar“ (forscha: كوهنشينان — kuhneshinan) deb atashadi. Koʻpgina yirik qashshoq kvartallar Eslamshaxr va Chaxar-Dangesh shahar atroflarida mavjud. Bu ikki shahardagi aholi soni 350 va 250 mingdir.[19] Bu yerlarda odatda qashshoq aholi va qochqinlar yashaydi.

1978-yili Tehronning kamabagʻal janubiy hududi hukumatga qarshi naroziliklarning markazi boʻldi. Ularni ommaviy ravishda toʻxtatishning iloji boʻlmadi. Revolyutsiyadan keyingi tartibsizlikdan foydalanib qashshoq aholi shahar atrofiga noqonuniy ravishda koʻplab uylarni solib tashladi. 1980-yilning oʻzida odam yurmaydigan yerlarga 100 ming kishi koʻchib keldi. 1986-yili bu koʻrsatgich 450 mingga yetdi. Bunga Kurdiston va Afgʻonistondan kelgan koʻplab qochqinlarning taʼsiri katta boʻldi.

1990-yilning boshida Tehron hokimyati noqonuniy ravishda barpo etilgan uylarni buzishni boshladi. 1991-yilning avgustida Bagerabadning buzilishi mahalliy aholining jahlini chiqardi, norozilikni politsiya kuchi bilan toʻxtatishga toʻgʻri keldi. 1992-yilning martida eron-iroq urushining faxriylar guruhi shahardagi harob mahallalar aholisining sharoiti boʻyicha Tehron hokimyatiga norozilik bildirdi. Undan keyin goʻzgʻalonlar davom etdi. Qoʻzgʻalonni bosish vaqtida 6 kishi vafot etdi, 300 kishi yaralandi, keyinchalik 5 kishiga oʻlim jazosi berildi. Shundan soʻngi norozilik 1995-yili Eslamshaxrda boʻldi.

Eronda asrlar boʻyi koʻknor oʻstirilgan. 1949-yili eronliklarning 11 foizi giyohvand moddadan foydalangan. Tehronda giyohvand moddalardan 1,3 millionga yaqin kishi foydalanadi.[20] Tehron Afgʻoniston va Pokistondan Gʻarbiy Yevropaga tomon tarqaydigan narkotik trafigining markazida joylashgan. Asosiy yoʻllar Xoʻrason, Sistan va Beludjiston provinsiyalari, Tehron orqali, Turkiya bilan Balkanlarga oʻtadi.[21]

1999-yili Tehronda 240 ming nashavand boʻlgan, biroq bu koʻrsatkich aniq emas boʻlishi mumkin. Sababi BMT-ning Eron tibbiyot vazirligi bilan baholashining farqi 60 foizni tashkil qiladi.[22] 2002-yili huquq himoya organlari kuniga 150—200 giyohvand modda tarqatuvchi bilan nashaxoʻrlarni ushlagan.[23] Narkotikning tarqalishi qotillik va qilmishning oʻsishiga olib keldi. Nashaxoʻrlik bilan kurashish uchun Tehronda reabilitatsiya markazlari ochilmoqda va targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Tehron shimolidagi togʻ

Tehron Eronning shimolidagi provinsiyalardan birida joylashgan. Shahar Kaspiy dengizidan ajratib turuvchi Elburs togʻ tiziming Tochal choʻqqisi tagida joylashgan. Shahar shimoldan janubga tomon 26 km va gʻarbdan sharqqa tomon 40 km ga choʻzilgan. Hududi taxminan 1550 km²ni tashkil qiladi. Shahar atrofida balandlikning farqi 700 metrni tashkil qiladi: janubda 1100 metr, shimolda 1800 metr.

Tehron 1870—1872-yillari rekonstruksiyadan oʻtgan eski shahardan va XX asrning 1940-yillardan boshlab solingan yangi shahardan tashkil topgan. Shaharda XIX—XX asrlarning kvartallari koʻp boʻlib, toʻrtburchakli tizimlar bilan kesilgan koʻchalar va tumanlar, park, favvoralar bilan koʻp qavatli mehmononalar, bank, hozirgi gʻarbiy yevropalik arxitektura usulidagi hokimyat binolari, kottedjlar, 10-12 qavatli turgʻun uylar koʻzga yaqqol tashlanadi. Tehronda koʻplab yangi tumanlar barpo qilingan (Aryamexr, Tegeran-Pars va boshqalar).

Shimoliy tumanlar boshqa tumanlarga qaraganda ifloslanishga oz miqdorda uchragan. U yerda Tehronning eng boy kishilari istiqomat qilishadi. Markaziy tumanlarida koʻplab idoralar, banklar va boshqa mahkamalar joylashgan. Janub va gʻarbdachoʻlga yaqin hududda sanoat korxonalari joylashgan. Tehronning yirik tumanlariga Keredj va Rey kiradi.

Tehron shimolda Elburs togʻ qoyalari bilan janubiy-sharqda Deshte-Kevir choʻli orasidagi tekislikda joylashgan. Shuning uchun shimoliy tumanlarida iqlim sovuq va sernam, janubiy tumanlarida esa — issiq va qurgʻoq. Tehron iqlimi subtropik, qurgʻoq hisoblanadi. Eng issiq oy — iyul, eng sovuq oy — yanvar. Shaharning geografik oʻzgachaligi sabab haroratning tebranish amplitudasi 65 gradusni tashkil qiladi. Qor noyabr va mart oraligʻida yogʻadi, biroq shaharning koʻp qismlarida qor yanvar oyi va fevral oylarida yogʻadi. Qishda ayrim paytlarda juda qattiq ayozlar boʻladi.

Yillik oʻrta miqdordagi yogʻin-sochin miqdori — 240 mm. Yogʻingarchilikning koʻp qismi qishda yogʻadi. Yozda yogʻin-sochin juda siyrak.

Tehron iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 18 23 30 33 37 42 43 43 39 34 29 20 43
Oʻrtacha maksimal, °C 7,2 9,9 15,4 21,9 28,0 34,1 36,8 35,4 31,5 24,0 16,5 9,8 22,5
Oʻrtacha harorat, °C 2,5 4,9 10,1 16,4 22,2 27,9 30,8 29,5 25,4 18,2 11,1 5,0 17,0
Oʻrtacha minimal, °C −1,1 0,7 5,2 10,9 16,1 20,9 24,0 23,0 19,2 12,9 6,7 1,3 11,7
Mutlaq minimal, °C −21 −16 −9 −2 3 8 14 11 8 3 −7 −12 −21
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 37,2 34 37,4 27,8 15,2 2,9 2,5 1,4 0,9 13,7 20,6 36,3 229,9
Manba: World Climate, Meteofrance.com

Ekologik sharoiti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tehrondagi transport

Tehronda (ayniqsa shaharning markaziy va janubiy tumanlarda) havod ifloslangan. Har turli oʻpka kasalliklariga olib kelubchi smog shaharni oʻrab turadi. Tehrondagi ekologik sharoit oʻlimga olib keluvchi asosiy omillardan biri boʻlib hisoblanadi. Tehron hokimiyatining axboroti boʻyicha, 2006-yili smog taʼsiridan 10 000 kishi vafot etgan.[24]

Smog koʻplab sanoat korxonalarining joylashishidan paydo boʻladi. Bundan tashqati Tehronda ommaviy transport tizimi nochor rijovlangan — Tehron metropoliteni shahar tumanlarining kichik qisminigina bir-biriga bogʻlaydi, shuning uchun odamlar avtobus va taksidan foydalanishga majbur. Tehrondagi avtomobillarning koʻp qismini 1970—1980-yillar orasida ishlab chiqarilgan va hozirgi vaqtdagi ekologik talablarga javob bermaydi. Yana Mehrobod aeroporti shahar yaqinida joylashgan. Tehronning fizik-georafik joyi ham katta rol oʻynaydi: shahar choʻlning shimoliy-gʻarbida joylashgan, togʻ tizimlari esa Kaspiy dengizidan keladigan sernam havo qoʻzgʻalishiga halaqit beradi.

Ifloslanish bilan kurashish uchun hokimiyat avtohavaskorlarni benzin oʻrniga suyiltirilgan gaz isteʼmol qilishga chaqiryapti. Shaharning markaziga kirish ogʻir yuk mashinalari uchun taʼqiqlangan.

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tehronning katta qismi Tehron shaxrestanining hududida joylashgan. 1968-yilning umumiy rejasida poytaxt hokimyatining yurisdiksiyasiga 1800 km² yer berildi. Bu chegaralarning sirtida bunyodkorlik ishlarini olib borish taʼqiqlangan, sababi qolgan tekis yer qishloq xoʻjaligi uchun foylanilgan. Biroq vaqt oʻtishi bilan qishloqlar Tehronning yoʻldosh-shaharlariga aylandi: Rey, Eslamshaxr, Darsanabad, Akbarabad, Kuds, Shaxriyar va boshqalar.

1996-yili shahar chegarasi Tehron shahrestan chegarasidan chiqib, shahar chegarasiga Shemiranat (shimoliy), Rey (janubiy) va Eslamshaxr (janubiy-gʻarb) shahrestanlarining tumanlari qoʻshildi.[25]

Tehron 22-ta hududga boʻlingan. Bu hududlarning umumiy maydoni 707 km² ni tashkil qiladi.[26] Shaharni 50 kilometrga „choʻzib“ Tehron tarkibiga oxirgi boʻlib 21- va 22- (eng katta) hududlar kirdi (1991).[25]

Tehron tumanlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar hududlardan tashqari yana 112 norasmiy tumanga boʻlingan (naxiye).[25] Ularning hokimyatlari yoʻq, faqat tarixiy tuman boʻlib hisoblanadi. Tumanlarning aniq chegaralari ham doim ham mavjud emas. Bir tuman birnecha hududlarning chegarasida joylashishi mumkin.

Katta tumanlar qatoriga quyidaglar kiradi:

Shahar boshqarilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharni Islomiy Tehron shahar kengashi boshqaradi. (شورای اسلامی شهر تهران — Shuroye Eslomiye shaxre Texron). Kengash shahar aholisi bilan 4 yilga saylanadigan 15 deputatdan tashkil topgan. Islomiy kengash shahar hizmatlarini boshqarishga, shahar budjetini tuzish va hokim saylanishga javobgar. Tehronning har tumanida Kengashning boʻlimlari bor. Tehronning hozirgi hokimi — Moxammed Bager Galibaf. U bu lavozimni 2005-yilning sentabrida oldi. Avvalgi hokim — Mahmud Ahmadinajod.

Tehron bozori — jahondagi eng katta bozor

2003—2004-yillarda Tehron budjeti 7,72 trillion rialni tashkil qildi. Munitsipalitetning qarzi 3-4 trillion rial edi.[27]

Eron poytaxti boʻlganiga qadar, Tehron katta fermerlik qishlogʻi boʻlgan. Eronda yirik neft konlari topilishi bilan, davlatda sanoat rivojlana boshlandi.

Tehron iqtisodi jadallik bilan oʻsib, shahar katta iqtisodiy markazga aylandii. Fermerlik xoʻjaliklari yoʻq qilininb, ularning oʻrniga zavod-fabrikalar va yangi turgʻun uy kvartallari barpo etildi.

Hozirgi kungacha Tehron Eronning eng asosiy iqtisodiy va sanoat markazi boʻlib hisoblanadi. Shardagi sanoat korxonalari Eronda ishlab chiqarilgan mahsulotlar umumiy bahosining 35 foizini tashlik qialdi. Bu korxonlarda davlat ish kuchining 30 foizi ishlaydi. Eronda tekstil va elektronika mahsulotlarining 50 foizi Tehronda ishlab chiqariladi.[28]

Mashinasozlik va metallga ishlov berish rivojlangan (12 oʻzi yigʻadigan va aviatsiya zavodi, taʼmirlash zavodlari, radioapparatlar, televizor, kir yuvish mashinalar ishlab chiqarish, muzlatgich ishlab chiqarish zavoadlari va boshqalar). Yana kimyo sanoati, neftni qayta ishlash, metallurgiya sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, chinni sanoati, farfor-fayans sanoati, tekstil va poyafzal sanoatlari bor.

Sanoat korxonalarining koʻpchiligi shaharning gʻarbiy hududida joylashgan, Tehron bilan Keredj orasida. Eng yirik korxonalar ichida — „Iran Khodro“ dir. Bu korxona Samand avtomobillarini ishlab chiqaradi.

Tehronda fond birjasi (qimmat qogʻozlar boʻyicha muomila qiluvchi birja) bor. 2006-yili birja tizimiga 420 kompaniya roʻyxatdan oʻtgan. Birja 1968-yili ochilgan boʻlib, oʻzining ish faoliyatini Islom revolutsiyasidan keyin toʻxtatib, 1989-yili qaytadan ochilgan. Tehron fond birjasi davlatga qarashli nosavdo birlashmasi hisoblanadi.

Xemmat shossesi
Taksi

Tehron temir va tosh yoʻllarning tutashgan markazi. Eron ham, Tehron ham oʻzining yuqori sifatli avtomobil yoʻllari bilan mashhur. Tehrondagi shosselarning umumiy uzunligi 280 km; estakada, koʻprik va razvyazkalar uzunligi — 180 km. Yana 130 km yoʻl va 120 km estakada barpo etilyapti.[29]

Gʻarbdan Tehronga uch shosse keladi- „Eski“ va „Yangi“ Keredj shosselari hamda Fatx prospekti. Janubdan — Saidi propekti, Shaxid Tondguyan, Radjai va Xavaran prospektlari. Sulgan-Sangan shossesi Tehrondan shimoldan chiqib, Elburs orqali Mazenderanga boradi.

Eronning boshqa shaharlari bilan taqqoslaganda Tehronda uzukka oʻxshash avtoyoʻl yoʻq. Uning oʻrniga shaharni janubdan aylanuvchi, uzunligi 32 km yarim-uzuk bor. Katta magistrallar Tehronni shimoldam janubga va gʻarbdan sharqqa tomon kesib oʻtadi. Ularning ichida Navaba Sefevi prospekti (18 km) va Azadi—Engelab koʻchalari bor (41 km).

Tehron metropoliteni 2001-yildan buyon faoliyat yuritmoqda. Hozirgi vaqtda 4 liniya faoliyat yuritadi. Ularning ikkisi bir-birining davomi boʻlib hisoblanadi va markaziy kvartallarni gʻarbdagi shahar atroflari hamda Keredj shahri bilan bogʻlaydi. Yana bir liniya shimoldan janubga, Rey shahri tomon yuradi. 4-liniya 2008-yili foydalanishga topshirgan boʻlib, hozirda uch stansiyasi bor. Liniyalarning umumiy uzunligi — 90 km. Ishlaydigan stansiyalar soni — 54. Yaqin yillarda foydalanishga yana besh liniya qoʻshish rejalashtirilgan. Metroning koʻplagan stansiyalari milliy naqshlar bilan bezatilgan

Mirdamad bulvaridagi tiqilinch

Tehronga ikki yirik aeroport xizmat koʻrsatadi. Tehronning gʻarbida eski Mehrobod aeroporti joylashgan. 2007-yilning kuzigacha u xalqaro reyslariga xizmat koʻrsatgan. Mehrobod shu bilan birga Eron harbiy-havo kuchlarining bazasidir. Hozirgi vaqtda reyslarning koʻp qismi Imom Homayniy nomidagi aeroportga almashtirildi. U Tehrondan 300 km janubda joylashgan. Homayniy hali metro liniyalari yurgizilmadi, biroq u Tehron bilan avtomagistral va temir yoʻl bilan ulangan.

Tehronda avtostansiyalarning tarmoqlari bor. Ularga xizmat koʻrsatuvchi avtobuslar alohida yoʻl chizigʻida yuradi. Markaziy avtovokzal va 4 qoʻshimcha terminal shahar qatnovi uchun moʻljallangan. Markaziy avtovokzaldan avtobuslar Eronning barcha shaharlariga juda arzon narxda xizmat koʻrsatadi. Juda koʻp taksi agentliklari ham bor. „Ayollarga taksi“ degan maxsus xizmat bor. Taksistlar faqat shahar atrofidagina xizmat koʻrsatadi.

Avtomobil tirbandligi Tehronning asosiy muammosi boʻlib hisoblanadi. U bilan kurashish uchun barcha shahar yoʻllari uchga boʻlingan: koʻpchilik qoʻllanadigan, yarim cheklangan (kirish ruxsati faqat raqam bilan), taʼqiqlangan (avtobus, taksi va „tez yordam“ mashinalari gina foydalanadi).[29]

Ommaviy axborot vositalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erondagi eng yirik yangilik agentlik — 1934-yili tashkil topgan IRAA[30] (Islom Respublikasining Axborot Agentligi). Boshqa muhim axborot agentliklari — „Fors“,[31] va „Mexr“[32] Hukumatga qarshi yangilik agentligi „Iran-Doxt“dir.[33] „Iran-Doxt“ Kaliforniyada joylashgan, biroq Tehronda xabar tarqatish imkoniyati bor. Yangiliklar ingliz (BBC Persian) va fransuz tillarida ham berib boriladi.

Asosiy roʻznomalar: "Djomxuri-ye Islami-ye Resalat", „Keyxan“, „Axbar“, „Texran Emruz“ va „Etelaat“. „Tehran Times“, „Kayhan International“, „Iran Daily“, „Iran News“ ingliz tilida chiqadi. Erondagi eng mashhur roʻznoma „Xamshexri“ ham Tehronda chiqadi. Roʻznomaga 1992-yili poytaxt munitsipaliteti asos solgan. „Iran“ roʻznomasi davlat har kuni chiqazadigan yagona roʻznomadir. „Iran“ni Eronning axborot agentligi IRAA chiqaradi.

Televizor bilan radioxabarga Tehronda jaylashgan davlat Islom Eron Respublikasining Teleradioxabar Boʻyicha Jamoasi (IRIB) javobgar.[34] Uning tarkibida 13 telekanal va 8 radiostansiya bor. Erondan tashqari IRIB boshqa davlatlarga ham translyatsiya qiladi. Bu mamlakatlar qatorida Armaniston, Togʻli-Qarabax Respublikasi, Rossiya, Xitoy, AQSh va Birlashgan Qirollik bor.

Vali-Asr bulvari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vali-Asrdagi butik (kiyim va boshqa mollar sotadigan xususiy doʻkon)

Vali-Asr (forscha: ولی‌عصر) bulvari Tehronning ish va „norasmiy“ hayotining markazidir. Bu Tehrondagi eng uzun koʻchalarning biri boʻlib, janubdan shimolgacha 18 kilometrga choʻzilgan. Vali-Asrning nufuzli shimoliy kvartallari boʻyida koʻplab moliya muassasalari, elchiliklar, qimmat restoran va butiklar hamda boshqa muassasalar joylashgan. Vali-Asr — sayyohlar va tehronliklarning, ayniqsa yoshlarning sevimli hordiq chiqarish joyi.

Vali-Asr bulvarida „Arman klubi“ nomli alkogolli ichimliklarini ichish va ayollarga hijob kiymay yurish taqiqlanmagan Tehrondagi yagona joy bor.[35] Tehronda yirik xristian armanlar diasporasi bor, ularga hukumat aroq ishlab chiqarishga va uni isteʼmol qilishga izn berdi, bu sharoitdan Tehronning qolgan aholisi oʻzlariga oʻrinli foydalanadi, sababi Islom revolutsiyasidan keyin Islom qonunlarini bajarilishini nazorat etish birmuncha susaydi.[36]

Shaharning eng taniqli muzeyi — Arxeologik muzey. Abgine muzeyi koʻza, xum va keramikaga bagʻshlangan. Riyo Abbosiy muzeyida rassomchilik va badiiy yozuvning namunalari saqlangan. Rassom muzeyida gilam hunarining maktabi bor, muzeyda kamdan-kam uchraydigan gilamlar yigʻilgan. Milliy muzeyda (Iran Bastan Muzeum) islomgacha Eronning arxelogik topilmalari saqlangan. Shaharda Antropologik muzey, Islom hunari muzeyi hamda billur, marjon, oltin va lazuritdan ishlov berilgan qimmatbaho buyumlar saqlanadigan Chinni va keramika muzeyi joylashgan. Eron markaziy bankining shoh qimmatbaho toshlari muzeyi ayniqsa ajralib turadi. U yerda Pahlaviy shohlarining tojlari saqlanadi.

SadobodShemiranda joylashgan saroy. Majmua bir necha saroy va pavilonlardan tashkil topgan. Ularning ayrimlarida Eron Madaniy Meros Tashkiloti joylashgan. Shahram saroyida Harbiy Muzey bor. Boshqa pavilonlarda Suv Muzeyi, Badiiy Hunar Muzeyi, Behzod Muzeyi va boshqalar joylashgan.

Arxitektura yodgorliklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tehronning arxitektura yodgorliklarining koʻpchiligi Kajar sulolasiga taalluqli, ayniqsa Guliston saroyi eng taniqli (1979-yilgacha shoh rezidensiyasi va majsidi boʻlgan). Saroy muzeyga aylantirilgan.

Bahor maydonida (Maydon- Bahoriston) 1830-yili Nasriddin shoh barpo ettirgan kajarlik Shohid Muttahariy Masjidi joylashgan. Masjid 3700 m² hududni egalla, ichida noyob naqshlar bilan bezatilgan galereyalar bor. Masjidda Teologiya Fakulteti faoliyat yuritadi.

1971-yili Tehronda eronlik monarxiyaning 2500-yilligiga bagʻishlab Ozodlik Minorasi (Ozodi) bunyod etildi. Minora ustiga lift bilan koʻtarilib, qor bosgan togʻ choʻqqilarini tomosha qilish mumkin.

Shaharning janubida Behisht-i Zahro qabristonida Imom Homayniy maqbarasi joylashgan. Bu majmua tarkibiga uzunligi 91 metrlik 4 masjid minorasi kiradi.

Shaharning shimolidagi Saadobod saroyi shohning avvalgi yoz qarorgohi boʻlgan. Majmuaga bir nechta saroy va bogʻ kiradi. Uning yonida Niavaran saroyi joylashgan.

2007-yili Tehronda Burj-i Milod teleminorasi barpo etildi; bu minora uzunligi boʻyicha (435 m) jahondagi toʻrtinchidir.

Tehronda 800-ga yaqin bogʻ bor. Ulardan eng taniqlilari — Donishchi, Soiy va Shatranj bogʻlari.

Inqilobgacha Shoh bogʻi boʻlib atalgan Millat bogʻi shahardagi eng katta bogʻlarning biridir.

Shaharning markazida Tehron Universitetining oldida Lola bogʻi joylashgan. Uning sharqiy tomonida — Qishloq Xoʻjaligi Muzeyi, gʻarbiy tomonida esa — Zamonaviy Hunar Muzeyi, shimoli-gʻarbida — Gilam Muzeyi joylashgan.

Niavaranda Jamshiliya bogʻi bor, u yerda tehronliklar oʻzlarining boʻsh vaqtlarini oʻtkazishadi. Bogʻda ochiq estradalar va mehmonxonalar joylashgan.

Shahr-i Bozi bogʻida (Islom inqilobigacha Lunapark deb nomlangan) attraksionlar ishlaydi.

Ulkan Chitgor bogʻi shahar chetida joylashgan. Bogʻ fors usulida barpo etilgan, koʻrkam oʻrmonlar va sunʼiy koʻllar bor, shahardan metro orqali borsa boʻladi.

Taʼlim va fan

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tehron — Erondagi muhim fan-taʼlim markazi. Tehrondagi birinchi oliy oʻquv yurti 1851-yili ochilgan (Dor ul-Funun). Tehron Universitetiga 1933-yili asos solingan — bu Erondagi birinchi milliy universitet va mamlakatdagi eng katta universitetdir.

Shaharda ellikka yaqin oliy taʼlim muassasalari joylashgan, jumladan:

  • Imom Ali nomli Harbiy zobitlik universiteti
  • Davlat Harbiy shifokorlik universitet
  • Forobiy nomli Oliy masofadan oʻqitish instituti
  • Nazariy fizika va matematika instituti
  • Energetika instituti
  • Eron Polimerlar va neft mahsulotlari tadqiqoti instituti
  • Eron Telekommunikatsiyalar universiteti
  • Neft tadqiqoti instituti
  • Kerejlik erkin islom universiteti
  • Tibbiyot universiteti
  • Bokiyotulloh nomli tibbiyot universiteti
  • Politsiya universiteti
  • Rey erkin islom universiteti
  • Roʻdaxon erkin islom universiteti
  • Tehron xalqaro universiteti
  • Tehron erkin islom universiteti — Birinchi boʻlim
  • Tehron erkin islom universiteti — Markaziy boʻlim
  • Tehron erkin islom universiteti — Shimoliy boʻlim
  • Tehron erkin islom universiteti — Janubiy boʻlim
  • Tehron erkin islom universiteti — Tibbiyot instituti
  • Tehron universiteti
  • Tehron Tibbiyot fanlari universiteti
  • Tehron amaliy fan va texnologiyalar universiteti
  • Hadis nomli Tehron universiteti
  • Tehron ekologiya universiteti
  • Amir Kabir nomli texnologiya universiteti
  • Tusiy nomli texnologiya universiteti
  • Sharif nomli texnologiya universiteti
  • Alloma Tabotaboiy nomli universitet
  • Al-Zahro nomli universitet
  • Aerodinamika universiteti
  • Bakir al-Ulom nomli universitet
  • Yuqori texnologiyalar universiteti
  • Tasviriy sanʼat universiteti
  • Imom Sodiq nomli universitet
  • Imom Rizo nomli universitet
  • Imom Husayn nomli universitet
  • Behishtiy nomli tibbiyot universiteti
  • Shohid nomli tibbiyot universiteti
  • Fan va texnologiyalar universiteti
  • Ijtimoiy himoya universiteti
  • Tarbiyat-i Muallim universiteti
  • Tarbiyat-i Mudarras universiteti
  • Malik-Ashtar nomli texnologiyalar universiteti
  • Shohid nomli universitet
  • Shohid Behishtiy nomli universitet
  • Xalqaro munosabatlar maktabi
  • Iqtisodiy fanlar maktabi

Tehron universitetlari, umuman butun Eronda boʻlganidek, davlat tasarrufidadir. Shunga qaramasdan talabalar orasi muxolifat shakllanib turadi. 1979-yilgi Islom inqilobida talabalar oliy darajada ishtirok etdi. 1999-yilning yoz oyida Tehron universiteti talabalari boshqa universitetlarga tarqab, 6 kun davom etgan tartibsizliklarni boshlashgan edi.

Birinchi kinoteatri 1904-yili ochilgan.[37] Hozirgi vaqtda Eron poytaxtida 70 dan ziyod kinoteatr faoliyat yuritadi, ularning yiriklari: „Payvand“, „Yevropa“ va „Afrika“.[38] Tehronliklarning eronlik va chet el filmlarini koʻrishga imkoniyatlari bor, lekin eng asosiy filmlar madaniyat vazirligining tekshiruvidan oʻtadi. Tehron Abbos Kiarustomiy, Muhsin Mahmalbaf, Samira Mahmalbaf, Majid Majidiy kabi taniqli rejissorlarning vatani boʻlib hisoblanadi.

Tehron koʻrinishi „Olcha taʼmi“ (Kiarustomiy, 1997) degan filmida namoyish etiladi. Filmda Tehron koʻchalari hayotining turli-tumanligi yaxshi koʻrsatilgan; „Nasriddin shoh — kinoyulduz“ tarixiy komediyasi (Mahmalbaf, 1992) esa Erondagi kinematograf shakllanishi tarixini erkin talqin etadi. Taniqli shoʻro detektivi „Tehron-43“, nomiga qaramay Tehronda tasvirga olinmagan (tehronlik tasvirlar Mosfilm pavilonlarida va Bokuning tarixiy tumani — Icheri Shehirde suratga tushirilingan).

1937-yili tuzilgan Tehron simfonik orkestri Roʻdakiy teatrida, 1971-yildan boshlab esa Shahar teatrida ijro etadi. Teatr sanʼati Eronda ayniqsa yoshlar orasida ommabop. Tehrondek katta megapolisda pyesalar qoʻyiladigan uchta teatr faoliyat yuritmoqda: „Teatr-i shahr“ (Shahar teatri), „Roʻdakiy“ va „Bahman“. Qolgan teatr zallarida musiqa postanovkalari qoʻyiladi.[39]

Tehronda (va butkul Eronda) teatr sanʼatining oʻzgacha turi — „Taʼziya“ (تعزیه — arabcha „aza“) ayniqsa mashhur. Taʼziya shia diniy anʼanalaridan kelib chiqqan oʻziga xos teatr janridir. Bunday pyesalarning sujeti bir hodisa: imom Husayn ibn Alining Karbalodagi halif Yazid bilan jangdagi vafoti atrofida aylanadi. Shunday pyesalar Ashur kunida juda koʻp qoʻyiladi. Teatrning bu turi Eronda XIX asrda Nasriddin shoh vaqtida paydo boʻldi. Uning shaxsiy farmoni boʻyicha Tehronda shu pyesalar oʻynaladigan katta Milliy teatr (Takiya dovlat) barpo etildi. Bu teatr 1930-yillarda Tehron rekonstruksiyasi vaqtida buzildi, biroq Taʼziya shu kungacha bor.

  • Tehron xalqaro kinofestivali - 1971-yildan beri oʻtkaziladi;
  • Fajr xalqaro kinofestivali - 1982-yildan boshlab, har fevral oyida oʻtkaziladi;
  • Tehron xalqaro kitob yarmarkasi - 1987-yildan boshlab, har may oyida oʻtkaziladi, jahondagi eng yirik yarmarkalarning biri. XIX kitob yarmarkasi 55 000 metr2 maydonda oʻtkaziladi, kitob savdosidan umumiy miqdorda $12 million tushgan;[40]
  • Tehron xalqaro animatsiya festivali - 2002-yildan boshlab, har fevral oyida oʻtkaziladi;
  • Sanʼat festivali - 2004-yildan boshlab, har yili oʻtkaziladi.
Poytaxt futbol klubi Persepolis muxlislari Ozodi stadionida.

Tehron Oʻrta Sharqda Osiyo oʻyinlari oʻtgan ilk shahar boʻldi. 7-yozgi Osiyo oʻyinlari Tehronda 1974-yili boʻlib oʻtdi. Oʻyinlarda 25 davlatdan 3010 sportchi qatnashdi.[41] Ularni qabul qilish uchun shaharning shimoliy-gʻarbida olimpiada qishlogʻi barpo etildi.

Tehronda Erondagi eng yirik stadion Ozodi („Ozodlik“) joylashgan boʻlib, 100 ming kishini oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Stadionda Eron milliy futbol terma jamoasi mashgʻulotlari va oliy liganing asosiy oʻyinlari oʻtkaziladi. Boshqa katta arenalar: "Shahid Dastgardiy", „Shahid Sherudiy“ va „Taxti“. Eron oliy ligasida yettita tehronlik klub bor:

  • „Istiqlol“
  • „Persepolis“
  • „Sabo Bottariy“
  • „Paykan“
  • „Roh Ohan“ (Temir yoʻllar)
  • „Paas-Tegeran“
  • „Saypa“ (klub bazasi Tehron yaqinidagi Kerejda joylashgan)

Shemiran va Darband kvartallari yonida togʻ changʻisi kurorti joylashgan. Togʻ changʻisi majmuasi Tochal togʻida rivojlangan va balandligi boʻyicha jahonda 5-oʻrinni egallaydi. U 1976-yili bunyod etilgan. Majmuaning eng baland choʻqqisini (3730 m) Darband bilan arqon yoʻli bogʻlaydi. Tochal qoyalarida mehmonxonalar joylashgan. Tehron atrofida shuningdek Dizin (u yerda snoubordingdan jahon chempionati oʻtkazilgan) va Shamak togʻ changʻisi kurortlari mavjud. Ob-Ali joyida yana tennis kortlari va otchopar ham bor.[42]

Hamdoʻst shaharlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qiziqarli faktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Tehron Sahroi Kabir shimoliy kengligida joylashgan, biroq yilning ikki oyida Tehronni qor bosadi.
  • Tehron hokimiyati shaharni yashillashtirish boʻyicha besh yillik reja tuzdi, reja boʻyicha 15 million daraxt ekilishi kerak.[44]
  • Tehronda Markaziy va Yaqin Sharqdagi eng katta transport yechim tuguni bunyod etilyapti, budjeti — 20 trillion rial. Bu loyihaga Eron-Iroq urushi vaqtidagi komandir Ahmad Motevassilyan nomi berildi.[45]
  • Tehron Yaqin Sharqdagi eng qimmat shaharlar orasida 4-oʻrinni egallab turibdi (Tel-Aviv, Dubay va Abu-Dabidan keyin); dunyoda esa 77-oʻrinda.[46]
  • Tehron Battlefield 3 oʻyini sujet tarmogʻining markaziy shahridir.
Tehronning panoramalik koʻrinishi
Tehronning panoramalik koʻrinishi
Tungi panoramalik koʻrinishi
  1. World Gazetteer: World - largest cities (per geographical entity), 2010-01-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2010-01-10
  2. Osiyoning eng katta shaharlari (rus.)
  3. [Samonaviy Tehron (rus.), 2012-10-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-26 Samonaviy Tehron (rus.)]
  4. [Eron yangiliklari (ingl.), 2012-10-18da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-26 Eron yangiliklari (ingl.)]
  5. 5,0 5,1 تاريخچه تهران, 2009-01-24da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-26
  6. تهران چگونه پایتخت شد؟
  7. Hamd-Allah Mostawfi, „Nozhat al-qolub, éd. et tr. Le Strange“, str. 53—60
  8. Mina Marefat, „The protagonists who shaped modern Tehran“
  9. Iran Chamber Society: History of Iran: Iran-Iraq War 1980—1988
  10. Vozmushyonnie grajdane sojgli neskolko zapravok[sayt ishlamaydi]
  11. World Gazetteer: World — largest cities (per geographical entity), 2010-01-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2010-01-10 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 23 (yordam)
  12. 12,0 12,1 Tehran, Political situation, 2008-10-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-28
  13. La Foresterie Urbaine Et Periurbaine
  14. Teheran — LookLex Encyclopaedia, 2010-12-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-28 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 8 (yordam)
  15. All about Oscar[sayt ishlamaydi]
  16. 16,0 16,1 16,2 16,3 Eliz Sanasarian: Religious Minorities in Iran. Cambridge University Press, Cambridge 2000, ISBN 0-521-77073-4
  17. Djavad Salehi-Isfahani. Mobility and the dynamics of poverty in Iran: What can we learn from the 1992-95 panel data? Mimeo, 10/11/2003
  18. BMT Rivojlanish Programmasi, Human Development report of the Islam Republic of Iran, 1999
  19. Mike Davis. Le pire des mondes possibles. De l’explosion urbaine au bidonville global. La Découverte, 2006 (ISBN 978-2-7071-4915-2), p. 31
  20. Bijan Nissaramanesh, Mike Trace, Marcus Roberts. L’apparition de la réduction des risques en Iran. Bulletin № 8, Programme politique des drogues de la Fondation Beckley, juillet 2005
  21. „Illicit drugs Situation in the regions neighbouring Afghanistan and the response of ODCCP“, United Nations Office for Drug Control and Crime Prevention, 2002
  22. E. Razzaghi, A. Rahimi, M. Hosseni, A. Chatterjee. Rapid Situation Assessment (RSA) of drug abuse in Iran. Prevention Depart., State Welfare Organization, Ministry of Health, I.R. of Iran and United Nations International Drug Control Program, 1999
  23. Commandeur des forces de la police des stupéfiants de Téhéran Mehdi Aboui, cité // A. William Samii. Drug Abuse: Iranʼs „Thorniest Problem“. The Brown Journal of World Affairs, Volume IX, № 2, hiver-printemps 2003
  24. BBC NEWS | Middle East | Iran smog 'kills 3,600 in month'
  25. 25,0 25,1 25,2 Tehran, Administrative Districts, 2008-10-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-28
  26. Мэрия Тегерана, 2008-10-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-26
  27. Tehran Budget Insufficient
  28. Tehran, Economy, 2008-10-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-28
  29. 29,0 29,1 Tehran, Traffic & Transportation, 2008-10-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-28
  30. وب سایتهای ایرنا — Irna, 2008-08-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-28 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 17 (yordam)
  31. FarsNewsAgency — خبرگزاري فارس, 2012-02-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-28 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 15 (yordam)
  32. MehrNews.com — Iran, Iranian, Nuclear, political, world, sport, Cultural, economic, SocialAndOccations news and headlines
  33. Women of Iran: The Community — IranDokht.com
  34. صدا و سیمای جمهوری اسلامی ایران
  35. Armenian Club[sayt ishlamaydi]
  36. Drinking Tehran dry
  37. Le cinéma iranien emporte la révolution
  38. „Telephone & Address of cinemas in Tehran Iran“. 2007-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-oktyabr.
  39. The Search Engine that Does at InfoWeb.net
  40. arxiv nusxasi, 2014-08-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-29
  41. Tehran 1974 Asian Games (photo attached), 2007-12-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-29
  42. Tehran: Sports & Activities — TripAdvisor
  43. arxiv nusxasi, 2009-01-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-29
  44. 15m Saplings to Be Planted on National Lands, 2008-10-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-29
  45. Ghalibaf Proposes New Name for Biggest Overpass in Middle East[sayt ishlamaydi]
  46. „Tehran, Middle Eastʼs 4th Most Expensive City“. 2017-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-oktyabr.