Kontent qismiga oʻtish

Deputat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Deputat (lotincha: deputatus — vakil)[1] — 1) davlat vakillik organining saylab qoʻyilgan aʼzosi; Oʻzbekiston Respublikasida — xalqning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlaridagi vakolatli vakili. Ularning maqomi, vakolatlari, deputatlik faoliyatining kafolatlari „Oʻzbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasining qonunida (1995-yil 6-may) belgilab berilgan;

2) jamoa (guruh) tomonidan biron-bir topshiriqni bajarish uchun vakil qilingan shaxs[2].

  1. arxiv nusxasi, 2013-07-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-28
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil