Kontent qismiga oʻtish

Deputatlarning fraksiyalari, bloklari va guruhlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Deputatlarning fraksiyalari, BLOKLARI VA GURUHLARI -deputatlarning oʻzaro kelishuv asosida tashkil topgan birlashmalari. Deputatlar siyosiy karashlari, kasbi, qiziqishlari boʻyicha rasmiy fraksiyalar, bloklar, doimiy va muvaqqat deputatlar guruhlariga birlashishlari mumkin. Oʻzbekiston Respublikasida D. f. b. va g. faoliyati "Oʻzbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi toʻgʻrisida"gi qonunda (1995-yil 6-may) va "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti"da (1995-yil 5-may) belgilab berilgan. [[Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida roʻyxatga olingan 4 ta fraksiya (Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Fidokorlar milliy demokratik partiyasi, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi, Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputatlar fraksiyalari) va 2 ta blok (Saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bloki va hokimiyat vakillik organlaridan saylangan deputatlar bloki) bor (yana qarang [[Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil