Kontent qismiga oʻtish

Minsk

Koordinatalari: 53°54′8.086″N 27°33′42.613″E / 53.90224611°N 27.56183694°E / 53.90224611; 27.56183694
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Minsk

belaruscha: Мінск
Minsk
Bayroq
Minsk
Gerb
53°54′8.086″N 27°33′42.613″E / 53.90224611°N 27.56183694°E / 53.90224611; 27.56183694
Mamlakat Belarus
Viloyat Minsk viloyati
Asos solingan 1067
Maydon 34,884 km2 (13,469 kv mi)
Rasmiy til(lar)i belarus tili va rus tili
Aholisi
 (2023)
1 995 471
Zichligi 5720 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+3
Telefon kodi +375 17
Pochta indeks(lar)i 220000—220141
Avtomobil kodi 7
Minsk xaritada
Minsk
Minsk

Minsk (belaruscha: Мінск, 1939-yilgacha — Менск deb atalgan ruscha: Минск) — Belarus Respublikasining poytaxti, Minsk viloyati markazi. Transport yoʻli, avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Svisloch daryosining (Berezina irmogʻi) har ikkala sohilida joylashgan. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —6,9°, iyulniki 17,8°. Yillik yogʻin miqdori 646 m Minsk Aholisi 1719 ming kishi (1998), asosan, belaruslar, shuningdek, rus, ukrain, polyak va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Minsk birinchi marta 1067-yil yilnomalarida "Menesk" shaklida tilga olingan. 12-asr boshlarida Minsk knyazligining maʼmuriy markazi, 14-asrda Litva va Polsha qoʻl ostiga oʻtdi. 1569-yildan Minsk voyevodaligining markazi. 1793-yilda Rossiyaga qoʻshib olindi. 1919-yil 1-yanvardan Belarus shoʻrolar Respublikasi poytaxti. Ikkinchi jahon urushi davrida 80% tupap joy binolari, barcha fabrika va zavodlar, elektr stansiyalar, ilmiy muassasalar, teatrlar qattiq shikastlandi, baʼzilari yoʻq boʻlib ketdi. 1944-yil 3-iyulda Minsk nemis-fashistlar okkupatsi-yasidan ozod qilindi. Ikkinchi jahon urushida koʻrsatgan mardligi va qahramonligi va shaharning ozod qilinganligi munosabati bilan Minskga qahramon shahar unvoni berildi (1974-yil 26-iyun). Minsk 1991-yildan mustaqil Belarus Respublikasining poytaxti. Sanoatining yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik va metallsozlik. "MTZ" traktor zavoddi, avtomobil "Belavto "MAZ" ishlab chiqarish birlashmasi, stanoksozlik, avtomatik liniyalar, motor, podshipnik, isitish uskunalari, elektrotexnika, sovitkich, asbobsozlik, elektron-hisoblash mashinalari, ressor zavodlari faoliyat koʻrsatadi. Kimyo sanoati (tibbiy pre-paratlar, lok-boʻyoq zavodlari), mebel qurilish materiallari (gips va chinni, kurilish materiallari va yirik blokli qurilish detallari kombinatlari, uysozlik zavoddlari), yengil (kamvol va mayin movut kombinatlari, koʻn, tikuvchilik, trikotaj fabrikalari), oziqovqat sanoatlari korxonalari (goʻsht, sut, un kombinatlari, qandolatpazlik, tamaki fabrikalari, non, margarin, pivo zavodlari), poligrafiya kombinati bor. 1984-yilda metropoliten ishga tushirilgan. Minskni mahalliy TETS va boshqa elektr stansiyalar elektr energiya bilan taʼminlaydi. 13 oliy oʻquv yurti, 29 ilmiy tadqiqot instituti, 7 teatr, 12 muzey, sanatoriylar bor.

Meʼmoriy binolardan Hukumat uyi (1930—33), sport saroyi (1966), suv sporti saroyi majmuasi (1965—69) mashhur.