Kontent qismiga oʻtish

Polsha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Polsha Respublikasi
Rzeczpospolita Polska
ShiorYoʻq
Madhiya: Mazurek Dąbrowskiego
Location of Polsha
Poytaxt Varshava
Rasmiy til(lar) Polyakcha
Hukumat Prezidentik Respublika
• Prezident
Andrzej Duda
Donald Tusk
Mustaqillik (Qayta tiklangan)
Maydon
• Butun
312,679 km2 (69-oʻrin)
• Suv (%)
3.07
Aholi
• 2017-yilgi roʻyxat
38,634,007 (35-oʻrin)
• Zichlik 123/km2
YIM (XQT) 2017-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$429,349,000,000 (23-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$12,722
Pul birligi Polsha złoty (PLN)
Vaqt mintaqasi UTC+1
• Yoz (DST)
UTC+2
Qisqartma PL
Telefon prefiksi 48
Internet domeni .pl

Polsha (Pólsha Respúblikasi, bunda mamlakatning rasmiy nomida zamonaviy polyakcha republika (respublika) soʻzi emas, balki eski – Rzeczpospolita (polyakchadan: Mushtarak narsa) soʻzi ishlatiladi) – Yevropadagi davlat, shimoldan Boltiq dengizi bilan yuviladi. Yevropa Ittifoqi aʼzosi. Maydoni-312,7 ming km². Aholisi- 38,5 mln kishi (2014). Poytaxti – Varshava(warszawa) shahri. Maʼmuriy jihatdan 16 voyevoda (województwo)ga boʻlinadi.

Tatra togʻlari
Polsha

Polsha Visla va Odra daryolari havzasida, shimolida Boltiq dengizi va janubida Karpat va Sudet togʻlari oraligʻida joylashgan. Hududining 90% dan koʻprogʻi tekislik va payettekislik, janubida togʻliklar bor. Dengiz boʻylari past, qumloq. Qazilma boyliklari – toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmir, tabiiy gaz va neft, temir, mis, qoʻrgʻoshin, oltingugurt, rux; kaliymagniy tuz konlari bor. Iqlimi moʻtadil, okean iqlimi bilan kontinental iqlim oʻrtasida. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –G dan – 6° gacha, iyulniki 10–19°. Yillik yogʻin 500–1800 mm. Yomgʻir va qordan suv oladigan Odra, Visla, Bug, Notets va Var-ta daryolarida kema katnaydi. Polshada 9000 dan ortiq koʻl bor. Eng kattalari: Snyar-dvi (113,8 km²), Mamri (104 km²).

Polsha hududining yarmidan koʻprogʻi haydaladigan yerlar, 28% oʻrmon. Aksariyat joylarda igna bargli, gʻarbi va janubida keng bargli daraxtlar usadi. Mamlakat shimoliy va sharqida yaxlit oʻrmonzorlar (Belaya Veja pushchasining bir qismi va boshqalar) saqlangan. Shimoliy va shimoli-sharqda katta maydonlar vereyekzor va torfli yerlar bilan band. Tekisliklarda aksari chimli-podzolli tuproqlar, sharq va shimoli-sharqda botqoqli tuproqlar, togʻ oldi va togʻ etaklarida qoʻngʻir oʻrmon va qora tuproklar, togʻlarda esa, togʻ qoʻngʻir, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlar tarqalgan. Oʻrmonlarda boʻri, silovsin, tulki, boʻrsiq, ayiq; tuyoqlilardan toʻngʻiz, los, bugʻu yashaydi. Qushlardan karqur, kaklik, togʻlarda burgut uchraydi. Dengiz, koʻl va daryolarda baliq koʻp. Polshada Tatra, Penin va boshqa milliy bogʻlar bor.

Aholisining 98,5% polyaklar; ukrainlar, belaruslar, slovaklar ham yashaydi. Rasmiy til – polyak tili. Dindorlarning koʻpchiligi – katoliklar. Shahar aholisi – 62,1%. Yirik shaharlari: Varshava, Lodz, Krakov, Vrotslav, Poznan, Gdansk va boshqalar.

Polsha hududida paleolit davridayoq odamlar yashagan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik va milodiy 1-ming yillikning 1-yarmida Polsha hududida slavyan kabilalarining shakllanish jarayoni sodir boʻldi. XVII-IX asrlarda qabila knyazliklari vujudga keldi. X asrda Odra, Visla va Bug daryolari oraligʻida yashovchi polyan (Polsha, polyaklar nomi shundan kelib chiqqan), mazovshan, vislyan, pomoryan qabilalarining knyazliklari birlashtirildi va yagona Polsha davlati tashkil topdi. Biroq, XII asrga kelib Polsha davlati yana knyazliklarga boʻlinib ketdi. XIII asr oxirida knyaz Pshemisl II rahbarligida Polsha yerlarini birlashtirish uchun kurash boshlandi. XIV-XV asrlarda yagona Polsha davlati paydo boʻldi, madaniyat rivojlandi, polyak tili shakllandi. XV asrning 1-yarmida Krakovdagi Yagaylo universiteti (1364-yilda asos solingan) polyak fani markaziga aylandi.

Gryunvald jangi, 1410

XVI asrning 2-yarmidan Polsha davlati ukrain, belarus va rus yerlarini bosib ola boshladi. Polsha bilan Litvaning birlashuvi natijasida Rech Pospolita paydo boʻldi. 1609–1612 yillarda Polsha Rossiyaga hujum qildi.

Vena jangi, 1683

Bir necha asr mobaynida Polsha Yevropadagi eng qudratli davlatlardan biri boʻlib turdi. Ammo ogʻir urushlar sababli mamlakat inqirozga uchrab, uch marta (1772–1793–1795-yillarda) Prussiya, Avstriya, Rossiya oʻrtasida boʻlinib ketdi, Polsha davlati tugatildi, xalqi asoratga tushdi. 1807-yil Napoleon I qoʻshinlari Prussiyani yengib, Fransiyaga tobe Varshava gersogligini tuzdi. 1814–1815-yillarda Vena kongressida Polsha yana boʻlindi. Varshava gersogligining katta qismi Polsha qirolligiga aylantirilib, Rossiyaga topshirildi.

Prussiya Varshava gersogligining bir qismini oldi, Sileziya va Dengiz boʻyini oʻzida saqlab qoldi. Avstriya (1867-yildan Avstro-Vengriya)ga Galitsiya berildi. Krakov respublikasi tuzildi. Polyak xalqi ozodlik uchun tinimsiz kurashdi (1794-yil T. Kostyushko boshchiligidagi qoʻzgʻolon, shuningdek, 1830–1831, 1846–1848, 1863–64 ylardagi qoʻzgʻolonlar). XIX asr oxiri – XX-asr boshlarida Polshada sanoat birmuncha rivojlandi, temir yoʻl qurildi. Ozodlik harakati yanada kuchaydi. Birinchi jahon urushida Polshaga anchagina zarar yetdi. Bosqinchi qoʻshinlar olib chiqib ketilgach, Polshani boʻlish toʻgʻrisidagi barcha bitimlar bekor qilindi va 1918-yil noyabrda Polsha Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilindi. 1920-yil aprelda Sovet-Polsha urushi boshlandi. 1921-yil shartnomasiga binoan, Gʻarbiy Ukraina bilan Gʻarbiy Belarus Polshagaoʻtdi va 1939-yilda bu yerlar yana SSSRga kay-tarib olindi.

Jang paytida polshalik otliqlar, 1939

1939-yil 1-sentyabrda Olmoniya Polshaga hujum qilib, Ikkinchi jahon urushini boshladi. Polyak xalqi ozodlik uchun qattiq kurash olib bordi. 1945-yil mayda barcha polyak yerlari ozod qilindi. 1952-yildan 1989-yil-gacha mamlakat Polsha Xalq Respublikasi deb ataldi. 80-yillar boshida mamlakatda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy tanglik roʻy berdi. 1981-yil dekabrda xarbiy holat joriy etildi. 1989-yilda „Birdamlik“ kasaba uyushma birlashmasi vakillari hokimiyat te-pasiga chikdi va davlatning nomi Polsha Respublikasi deb atala boshladi. 1997-yil 25-mayda oʻtkazilgan referendumda mamlakatning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Polsha – 1945-yildan BMT aʼzosi. 1991-yil dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1992-yil martda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari –3-may – 1791-yilgi Konstitutsiya kuni va 11-noyabr – Mustaqillik kuni (1918).

X – XIX asrlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

X asrda Polsha davlati vujudga keldi, xristianlik qabul qilindi (966), 1025dan Polsha – qirollik.

XIV asrda Gall-Volin knyazligiga qoʻshilib, totor-moʻgʻul bosqinidan kuchsizlangan gʻarbiy rus yerlariga yurish qiladi.

Lyublino birligiga boʻysunib (1569) Polsha Buyuk Litva knyazligi bilan birgalikda yagona davlat – Mushtarak narsani tashkil qiladi.

Polsha 11 asrlarda.
Polsha 16-17 asrlarda.

Peterburg konvensiyalariga koʻra 1770 –90-x yillarda Pospolita Nutqi hududi Prussiya, Avstriya va Rossiya oʻrtasida boʻlinib olingan edi (3 boʻlim – 1772, 1793, 1795). Ukrain va belaruslar yashaydigan kattagina yer qismi, rus tarixchilari fikricha Polsha tomonidan XIV–XVI asrlar mobaynida bosib olingan asl rus yerlaridir.

1807da Napoleon I Polsha yerlarining bir qismidan Varshava knyazligini tashkil etdi. Vena kongressi (181415) Polshani qaytadan taqsimladi: Varshava knyazligining katta qismidan Polsha Chorligi barpo etildi (Rossiyaga berilgan); Poznanshchina Prussiyaga tegdi hamda oʻzi bilan birga Sileziya va Pomoryeni saqlab qoldi; baʼzi hududlar Avstriyaga oʻtgan.

Polyak milliy-ozodlik harakatlari (1794) (T. Kostyushko boschiligida), 18301831, 1846, 1848, 186364da bostirilgan.

191518da, Birinchi jahon urushi paytida, Polsha Germaniya va Avstro-Vengriya tomonidan fath etildi.

1918da Polsha mustaqilligi tiklandi.

1919-21 Sovet-polyak urushi Sovet Rossiyasi magʻlubiyati bilan tugaydi va 1921-yilgi Riga tinchlik shartnomasiga koʻra 1921yili Gʻarbiy Ukraina va Gʻarbiy Belarus yerlari Polsha tasarrufiga oʻtadi.

1926da Polshada Yuzef Pilsudskiy boshchiligida avtoritar milliy-separatik sanacion tuzum tuziladi.

1931 yilning 15-iyunida SSSR va Polsha doʻstlik va savdo aloqalari toʻgʻrisidagi Bitimga kelishishadi. 1932 yilning 25-yanvarida SSSR va Polsha oʻzaro hujum qilmaslik haqida Bitimni imzolashadi.

1938da Polsha Germaniya bilan Chexoslovakiyani boʻlib olishadi. Polsha qaramogʻiga koʻmir koni joylashgan Teshin rayoni oʻtadi.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Parlament – Sejm

Polsha – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1997-yil 25-mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi – prezident (1995-yildan Aleksander Kvasnevski), u Polsha fuqarolari tomonidan umumiy teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (quyi palata – seym va yuqori palata – senat), ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.

Asosiy siyosiy partiyalari, birlashmalari va kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Demokrat partiya, 1939-yil asos solingan; Konservativ xalq partiyasi, 1997-yil tuzilgan; Mustaqil Polsha konfederatsiyasi partiyasi, 1979-yil tashkil etilgan; Polyak dehqonlari partiyasi, 1990-yil asos solingan; Polyak xristian demokratlari kelishuvi partiyasi, 1999-yil tuzilgan; Oraliq kuchlari bitishuvi partiyasi, 1990-yil tashkil etilgan; Mehnat ittifoqi partiyasi, 1992-yil asos solingan; Polshani tiklash harakati, 1995-yil tuzilgan; Demokratik soʻl kuchlar ittifoqi, 1991-yil saylovoldi birlashmasi sifatida tashkil etilgan; Ozodlik ittifoqi tashkiloti, 1994-yilda tuzilgan. Umumpolsha kasaba uyushmalari bitishuvi, 1984-yil asos solingan; Yakkahol dehqonlarning „Birdamlik“ kasaba uyushmasi, 1981-yil tuzilgan; „Birdamlik“ kasaba uyushmasi, 1980-yil tashkil etilgan; „Birdamlik-80“ kasaba uyushmasi, 1990-yil „Birdamlik“ kasaba uyushmasidan ajralib chiqqan va oʻzini 1980–81 yillardagi kasaba uyushma harakatining birdan-bir davomchisi deb hisoblaydi.

Polsha – industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 5,1%, qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 26,6%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 68,3%. Qishloq xoʻjaligi – Mamlakat maydonining 61% qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar. Mayda xususiy dehqonchilik xoʻjaliklari ustun. Davlat xoʻjaliklari, shir-katlar va qishloq xoʻjaligi toʻgaraklari ham bor. Eng muhim qishloq xoʻjaligi ekinlari: javdar, bugʻdoy, arpa, suli, kartoshka, qand lavlagi va boshqa Sabzavot, tamaki, yem-xashak, re-zavor mevalar ham yetishtiriladi. Chorvachilik salmogʻi katta. Koramol, choʻchqa, qoʻy, ot, parranda boqiladi.

Varshava
Belchatow
Gdinya

Polsha toshkoʻmir, oltingu-gurt, tabiiy gaz, kumush qazib olishda, poʻlat eritishda Yevropada oldingi oʻrinlardan birida turadi. Kumir mamlakat yoqilgʻienergetika balansining asosini tashkil etadi. Toshkoʻmir Yuqori Sileziya, shuningdek, Valbshix va Lyublin havzalarida, qoʻngʻir koʻmir Bogatinda qazib chiqariladi. Elektr styalari, asosan, kumir konlari atrofida qurilgan. Issiklik elektr styalarida yiliga oʻrtacha 135,3 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Mis, qoʻrgʻoshin-rux rudalari, ozroq miqdorda neft ham qazib olinadi.

Vrotslav

Mamlakat ehtiyojlari uchun zarur neftning 90% dan koʻprogʻi chet ellardan sotib olinadi. Neftni qayta ishlash sanoatining asosiy markazlari – Plotsk va Gdansk. Chetdan keltiriladigan temir ruda va mahalliy koks asosida ishlovchi metallurgiya zavodlari (shu jumladan, Krakovdagi metallurgiya kombinati va mashhur „Katovitse“ kombinati) Yuqori Sileziya aglomeratsiyasida joylashgan. Rangli metallurgiya sanoati tarkibida mis (Gloguv, Legnitsa), qoʻrgʻoshin, rux (Katovitse, Bukovno, Myastechko-Slyonske) va alyuminiy (Konin) zavodlari bor. Sanoatning asosiy tarmoqlari boʻlmish mashinasozlik va metall ishlash sanoati xilma-xil mahsulot ishlab chiqaradi. Kemasozlik (Gdansk, Gdinya, Shchetsin), samo-lyotsozlik (Varshava, Melen, Svidvin), vagon va lokomotivsozlik (Svidnitsa, Zelena Gura, Vrotslav, Poznan, Xshanuv), avtomobilsozlik (Varshava, Staraxovitse, Yelch, Lyublin, Nisa), traktorsozlik (Varshava) rivojlangan. Shaxta va metallurgiya zavodlari uchun texnologiya asbob-uskunalari, quyuv, kimyo, oziq-ovqat, yogʻochsozlik, bino-korlik materiallari korxonalari uchun komplekt asbob-uskunalar, shuningdek, stanoklar, kema dvigatellari, elektr motorlar, koʻtarma-trans-port vositalari, roʻzgʻor mashinalari va apparatlar, elektron asboblar va boshqa ham ishlab chiqariladi. Kimyo sanoatida oltingugurt kislotasi, mineral oʻgʻit, soda, xlor, plastmassa, sintetik tola, kauchuk ishlab chiqarish korxonalari bor. Asosiy markazlari – Tarnuv, Osvensim, Plotsk, Bidgoshch. Farmatsevtika, fotokimyo, parfyumeriya (Varshava, Lodz, Krakov), rezina, sement, shisha, chinnifayans, yogʻochsozlik, sellyuloza-qogoz, koʻn-poyabzal, tikuvchilik sanoati mavjud. Toʻqimachilik (ip, zigʻir, jun gazlama, trikotaj), oziq-ovqat (qand-shakar, spirt-araq, goʻsht, yogʻ, baliq, tamaki) sanoat tarmoklari rivojlangan. Oʻrmonlarda yogʻoch tayyorlanadi.

Tashqi iqtisodiy aloqalari. Polsha chet ellarga mashinalar, sanoat asbobuskunalari, kemalar, kimyo sanoati mahsulotlari, keng isteʼmol mollari, kumir, koks, mis, rux, kora metallar prokati va boshqa chiqaradi. Chetdan xom ashyo, yoqilgʻi, don, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va boshqa oladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya, AQSH bilan savdo qiladi.

Transportning asosini temir yoʻllar tashkil etadi. Transport yoʻli uzunligi – 24 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 372,5 ming km. Dare kemachiligi rivojlangan. Asosiy dengiz portlari – Gdansk, Gdinya, Shchetsin. Dengiz savdo flotining tonnaji – 4,5 mln. tonna dedveyt. Asosiy xalqaro aeroporti – Okense (Varshava yaqinida).

Tibbiy xizmati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlatga qarashli kasalxonalar bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham aholiga tibbiy xizmat koʻrsatadi. Vrachlar 10 tibbiyot akademiyasida tayyorlanadi. Kurortlar orasida eng mashhurlari: Krinitsa, Polyanitsa-Zdruy, Sopot, Kolobjeg, Zakopane.

Maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maorifi 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy, barcha pogʻonalari davlat taʼminotida. Hunartexnika maktabi boshlangʻich (1– 3-sinflar) va muntazam (4–10-sinflar) taʼlimni oʻz ichiga oladi. Ixtisoslashgan litseylar ham bor. Xususiy maktablar tarmogʻi kengaymoqda. Polshada 130 oliy oʻquv yurti faoliyat koʻrsatadi. Yevropadagi eng qad. universitetlardan biri Krakov universiteti (1364), shuningdek, Varshava universiteti (1816), politexnika institutlari, oliy qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyot, pedagogika maktablari, tibbiyot va rassomchilik akademiyalari shu jumlaga kiradi.

Mamlakatdagi ilmiy faoliyatni Polsha Fanlar akademiyasi bilan birga Fan vazirligi muvofiklashtirib boradi.institutlar Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlarida, oliy oʻquv yurtlarida, idoraviy ilmiy muassasalarda olib boriladi. Polshada Banax nomidagi xalq-aro matematika markazi (Varshavada) va Xalq-aroʻ kuchli magnit maydonlari va past temperaturalarlaboratoriya (Vrotslavda) ishlaydi. Yi-rik kutubxonalari: Krakov universiteti ku-tubxonasi (1364), Varshavadagi milliy kutubxona (1928), Varshava universiteti ku-tubxonasi (1817), Poznan universiteti ku-tubxonasi (1902), shuningdek, Polsha fanlar akademiyasining Varshava, Gdansk, Krakovdagi kutubxonalari. Eng yirik muzeylari: Varshavadagi milliy muzey (1863), Krakovdagi milliy muzey (1879), Poznandagi milliy muzey (1857), Varshavadagi F. Shopen va A. Mitskevich muzeylari.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
TVN

Polsha poytaxti va voyevodalarida koʻpgina gazeta va jurnallar nashr etiladi. Eng muhimlari: „Gazeta viborcha“ („Saylovchilar gazetasi“, kundalik mustaqil gazeta, 1989-yildan), „Tribuna“ („Minbar“, kundalik gazeta, 1948-yil „Tribuna lyudu“ nomi bilan asos solingan, 1990-yildan xoz. nomda chiqadi), „Gazeta Krakovska“ („Krakov gazetasi“, kundalik gazeta, 1949-yildan), „Gazeta Lyubuska“ („Lyubuska gazetasi“, kundalik gazeta, 1952-yildan) „Gazeta samojondova“ („Oʻzini oʻzi boshqarish“, kundalik gazeta, 1990-yildan), „Gromadarolnik polski“ („Polyak deqqoni minbari“, haftasiga 3-marta chikadigan gazeta, 1947-yildan), „Yednost“ („Birlik“ haftanoma, 1989-yildan), „Jiche Varshavi“ („Varshava hayoti“, kundalik gazeta, 1944-yildan), „Rech Pospolita“ („Respublika“, kundalik gazeta, 1981-yildan), „Jiche gospo-darche“ („Iqtisodiy hayot“, haftalik iqtisodiy jurnal, 1945-yildan), „Nova respublika“ („Yangi respublika“, oylik jurnal, 1987-yildan). Polsha matbuot agentligi, davlat maxkamasi, 1918-yil tuzilgan; Polsha axborot agentligi, aksiyadorlik korxonasi, 1991-yil tashkil etilgan. Polsha radio va televideniye qoʻmitasi davlat mahkamasi boʻlib, 1944-yil tuzilgan, ra-dioeshittirish va telekoʻrsatuvlarga rahbarlik qiladi. Telekoʻrsatuvlar 1952-yildan olib boriladi.

Polsha adabiyoti 10-asrdalotin tilida vujudga keldi. 16-asrgacha unda diniy ruhdagi kitoblar, shuningdek, yilnoma va voqeiy hikoyalar ustun boʻlgan. Polyak tilidagi ilk asarlar ham diniy mazmunda edi („Bibi Maryam“ qoʻshigʻi, 13-asr). 15-asrda dunyoviy ruhdagi asarlar yaratila boshladi („Yalqov dehqonlar hajvi“). 15-asr oxiri – 16-asr boshlarida Uygʻonish davri boshlandi. M. Rey, Ya. Koxanovskiy, Sh. Shimonovich, S Klyonovich asarlari adolat va vatanparvarlik gʻoyalarini tarannum etdi. 16–17-asrlarda hajviy doston va qissalar, nasihatomuz koʻshiq va dramalar, qisqa hazil sheʼrlar („frashka“lar) mashhur boʻldi. Maʼrifatparvarlik davri (18-asr oʻrtalari)da milliy mustaqillik uchun kurash, ilgʻor ijtimoiy-falsafiy gʻoyalar tarqaldi, adabiy-badiiy jurnallar nashr etila boshladi. 19-asr boshlarida A. Mitskevich milliy-ozodlik kurashi taʼsirida inqilobiy romantizmga asos soldi, demokratik Polsha haqidagi orzularini kuyladi. 1863-yildan keyin adabiyotda realizm yuzaga keldi (A. Asnik, M. Konop-’ nitskaya, E. Ojeshko, B. Prus ijodiyoti). 19-asr oxiri –20-asr boshlarida realizm bilan bir katorda modernistik okimlar hukmron boʻldi (L. Staff, S. Jeromskiy). 1va 2-jahon urushlari oʻrtasidagi davr adabiyetida ijtimoiy ziddiyatlar tanqidiy yoritildi. Urushdan ke-yingi adabiy asarlarda okkupatsiya yillarida yashirin kurash olib borgan vatanparvarlarning qiyofasi har tomonlama ochib berildi. Ammo sotsialistik realizm degan soxta adabiy qoliplar zoʻrlab tiqishtirilishi oqibatida polyak adabiyetida xalq hayoti va qahramonlarning ishlari, xulq atvori bir yoklama yoritilishiga olib bordi.

Polyak yozuvchilarining ayrim asarlari, jumladan, A. Mitskevich, Yu. Tuvim sheʼrlari, V. Vasilevskaya romanlari uzbek tilida nashr etilgan.

Biskupin

Miloddan avvalgi 4–3-asrlarga oid Biskupin jamoa manzilgoxlarida yogochdan yasalgan inshootlar Polsha qududidagi eng qad. yodgorliklardir. Xristi-anlik qabul etilgach (966), diniy tosh meʼmorligi rivojlandi (Krakovning Vavel tepaligidagi bibi Maryam ka-pellarotondasi, 10-asrning 2yarmi). 11 -a.ning 2yarmidan roman uslubida haykallar bilan bezatilgan mahobatli binolar qurildi (Krakov va Tumadagi avliyo Anjey kostyollari, 1090, 1141–61 yillar; Vrotslavdagi Mariya Magdalina kostyoli, 12-asr vab.).

Torundagi ratusha

13–15-asrlarda gotika tarqaldi, shaharlar qad koʻtardi, ularning markazlarida meʼmoriy majmualar (bozor maydonlari) vujudga keldi, yangi turdagi imoratlar (minorali ratushalar, movut ras-talari), mudofaa istehkomlari va shahri k. paydo boʻldi. Ular orasida Torundagi ratusha (13–17-asrlar) va avliyo Yan kostyoli, Vrotslavdagi ratusha (13-asr 2yarmi –16-asr boshlari) va Ioann Krestitel kostyoli (13–18-asrlar), Gdanskdagi „Artus hovlisi“ (14-asr) va boshqalarlarni koʻrsatish mumkin. Uygʻonish davrida ravoklar bilan oʻralgan hovlili saroylarning yangi turi yaratildi (Krakovning Vavel tepaligidagi, Baranuv, Miruvdagi qasr saroylar). 16-asr oxiridan 18-asr 1yarmigacha Polsha meʼmorligida barokko us-lubi ustun boʻldi (Krakovdagi Petr va Pavel kostyoli, Varshavadagi Vilyanuv qirol chorbogʻi va boshqalar).

Lazenka saroylar majmuasi, Varshava

Xalq yogʻoch meʼmorligi rivojlandi. 18-asr 2yarmidan klassitsizm urf boʻldi; shaharlarda mahobatli jamoat binolari va majmualari barpo etildi (Varshavadagi Belveder saroyi, 1818–22, meʼmor Ya. Kubitskiy; Lazenka saroylar majmuasi, 1784–95, meʼmor D. Merlini, Ya. Kamzetser va boshqa; Katta teatr, 1820–32, meʼmor A. Koratssi, X. P. Aygner). 19-asr 2yarmidan eklektizm, keyinroq konstruktivizm ustunlik qildi, Ikkinchi jahon urushi yillarida (1939–45) fashistlar Polshaning shahar va qishloqlarini vayron etib, koʻpgina meʼmoriy yodgorliklarini gʻorat qil-dilar. Urushdan keyin ularni qayta tiklash va yangilarini barpo etish sohasida koʻp ish qilindi. „Krakoviya“ mehmonxonasi, Varshavadagi „Oʻn yillik“ stadioni, „Supersam“ savdo mar-kazi, uy-joy dahalari, Poznandagi „Univermag“, „Merkuriy“ mehmonxonasi shu jumlaga kiradi.

Tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Polsha hududidagi aholi neolit davridayoq naqshinkor sopol idishlar yasagan. Jez va temir davrlarida sopol va jez idishlar, parranda va xayvon rasmi tushirilgan ikki gʻildirakli aravalar ishlangan. 11 – 13-asrlarda roman uslubi hukmron boʻldi (Gneznodagi bibi Mariya kostyolining bronza eshiklari, taxminan 1170-yil, Stshelnodagi kostyolning oʻymakor ravokdari, 12-asr, Tumadagi kostyol naqshlari, taxminan 1161-yil, „Emmeran ko-deksi“ miniatyuralari, 1099-yil va boshqalar). 13-asr oxiridan 15-asr boshlarigacha sanʼatda gotika urf boʻldi (Krakovdagi Vavel soborida V. Yagello daxmasi, 1421-yil, „Gnezno bibliyasi“ miniatyuralari, 1414-yil). 15-asr oxiri – 16-asrda polyak Uygʻonish davri sanʼati shakllana boshladi, 16-asr oxiridan 18-asr oʻrtalarigacha barokko yoyildi. 18-asr 2yarmi – 19-asr boshlari Polsha sanʼati maʼrifatparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan edi. Garchi ayrim moʻyqalam ustalari (M. Bachcharelli) saroybop rasmlarni klassitsizm uslubida yaratsalar ham, koʻpchilik rassomlar hayotni haqqoniy tasvirlashga (B. Bellotto, J. P. Norblin, A. Orlovskiy), polyak xalqining milliy ozodlik kurashini ifodalashga (A. Grotger) intildilar. A. Kotsis, V. Gerson asarlarida tanqidiy realizm nishonalari seziladi. 19-asrda A. va M. Gerimskiylar ijodida bu yoʻnalish yuqori pogʻonaga koʻtarildi. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida L. Vichulkovskiy, Ya. Stanislavskiy, Yu. Falat asarlari impressionizm, S. Vispyanskiy, Ya. Malchevskiy asarlari simvolizm ru-hida yaratildi. 1918-yildan keyin polyak sanʼati ziddiyatli rivojlandi. Ayrim rassomlar Gʻarbiy Yevropa madaniyati yutuqlariga ergashsa, boshqalari zamo-naviy milliy uslubni yaratishga institutildi. Tanik^i polyak haykaltaroshi K. Dunikovskiy oʻz faoliyatini shu davrda boshladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin tasviriy sanʼatda rassomlardan V. Veys, F. Kovarskiy, X. Krayevskaya va Yu. Krayevskiy, haykaltarosh S. Gorno-Poplavskiy, grafiklardan T. Kulise-vich, T. Trepkovskiy va boshqa mashhur boʻldi. Mahobatli haykaltaroshlik rivoj topdi. Amaliy bezak sanʼatining har xil turlari qadimdan keng tarqalgan, badiiy hunarmandchilik avj olgan.

Musiqasida boshqa slavyan xalqlari musiqa madaniyati bilan umumiylik koʻp. 20-asrgacha saqlangan xalq cholgʻu asboblari shaqildoq, buben, hushtaklar joʻrligida marosim qoʻshiqlar (asosan, bir ovozli), raqslar ijro etilgan.

Skripka, mazanka kabi torli, ligavka, bazun kabi puflab chalinadigan sozlar keng tarqalgan. 9–10-asrdan katolitsizm tarqalishi bilan birga grigo-rian xoralk keng oʻrin tutadi.

11 – 12-asrlarda cherkov ashulachilik maktablari ochilib, ularning talabalari cherkov musiqasini turli joylardagi xalqmusiqasi bilan boyitdilar. 12-asrdan dunyoviy professional musiqa (jumladan, ritsarlar qoʻshiqchiligi) rivoj topdi, saroy kapellalari tashkil etildi. 16-asrdan universitetlarda musiqa nazariyasi oʻrgatila boshladi. 16–17-asrlarda yetishib chiqqan kompozitorlar milliy kuylarni Gʻarbiy Yevropa raqs va musiqa janrlari bilan uygʻunlashti-ruvchi asarlar yarata boshladi. 1765-yil Varshavada ochilgan „Xalq teatri“da milliy operalar sahnalashtirildi. K. Kurpinskiy, M. Kamenskiy, M. Oginskiy, Yu. Elsner va boshqa milliy musiqa rivojiga katta hissa qoʻshdilar. 19-asrda bukj kompozitorlar F. Shopen, S. Monyushko, virtuozskripkachi aka-uka Venyavskiylar polyak musiqasini jahon musikasi darajasiga koʻtarishdi. 1901-yilda Varshava milliy filarmo-niyasi ochiddi. 20-asr musiqa madaniyatiga K. Shimanovskiy, V. Lyutoslavskiy, K. Penderetskiy kabi kompozitorlar katta hissa qoʻshdilar. Polshada 21 simfonik orkestr, 10 opera teatri, 9 operetta teatri, 9 balet truppasi, 7 oliy mu-siqa maktabi,4 xoreografiya bilim yurti bor. 1927-yildan xalqaro Shopen nomidagi pianinochilar ganlovi, 1935-yildan Venyavskiy nomidagi skripkachilar tanlovi hamda Zamonaviy musiqa festivali va boshqa oʻtkaziladi.

Milliy teatr – Varshava

Xristianlikdan avvalgi davr xalq marosimlari va oʻyinlarida teatr sanʼati nishonalari boʻlgan. 13– 16-asrlarda turgʻun va sayyor xalq tomo-shaxonalari qurilgan, diniy dramalar rivojlangan. 13-asrning 2yarmida koʻrsa-tilgan teatr tomoshalarining ayrim ssenariylari saqpangan. 1633-yil Var-shavadagi qirol saroyida birinchi do-imiy teatr ishga tushdi. 18-asr oxirida ilgʻor milliy teatr sanʼati uchun ku-rashga rejissor, artist, dramaturg V. Bu-guslavskiy boshchilik qildi. 19-asr 60-yillari oxiridan Krakov teatri mamlakatnin g yetakch i teatri ga aylandi.1913-yil Varshavada „Polyak teatri“ tashkil topdi. 20–30 yillarda L. Shiller Varshava, Lvov va boshqa shaharlardagi teatrlarda ishlab, mahobatli, nazmiy va siyosiy teatrlarni uygʻunlashtirishga harakat qildi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng teatr hayoti tiklandi, yangi teatrlar barpo etildi. Polshada 60 teatr bor. Varshava teatr hayotining markazidir(„Xalq teatri“, „Polyak teatri“, „Zamonaviy“, „Umumiy“ teatrlari), Kra-. kov, Lodz, Lyublin va boshqa shaharlardagi teatrlarda jaqon mumtoz dramaturgiyasi va mahalliy mualliflarning asarlari sahnalashtirilgan. Polshada sirk sanʼati rivojlangan.

Alohida badiiy filmlar 1908-yilda chiqarila boshlagan. Dastlabki filmlardan biri – „Antek Varshavaga ilk bor qadam ranjida qildi“ hazil filmida mashhur hajvchi artist A. Fertner bosh rolni oʻynagan. 1909– 10 yillarda kinofirmalar tashkil etildi. Ularning eng nufuzlisi „Sfinks“ kompaniyasi muntazam filmlar chiqara boshladi. 1914-yil 14 film suratga olindi. 1910–18 yillarda milliy adabiyot asarlari: „Gunoh tarixi“ (rejissor A. Bendarchik), „Qiyomat qoyim“ (rejissor S. KnakeZavadzkiy), „Meir Yezo-fovich“ (rejissor Yu. Ostoya-Sulnitskiy) ekranlashtirildi. „Start“ kino uyushmasi (1930) va „Kinomualliflar ko-operativi“ (1937) kino sanʼati rivo-jida muhim rol oʻynadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin „Film polskiy“ davlat studiyasi tashkil etildi. „Avlod“, „Kul va olmos“ (rejissor A. Vayda). „Xayrlashuv“ (rejissor V. Xaye) filmlarida urush oqibatlari tasvirlandi. „Yoʻlovchi ayol“ (rejissor A. Munk), „Jangdan keyingi man-zara“ (rejissor A. Vayda), „Sehrli stolchalar“ (rejissor Ya. Mayevskiy), „Yer hidi“ (rejissor D. Yovanovich) filmlari polyak ki-nematografiyasida salmokli oʻrin oldi. Hujjatli va multiplikatsiya kinosi sohasida ham koʻpgina qiziqarli asarlar yaratildi. Varshava, Lodz, Vrotslavda kinostudiyalar, Krakovda multfilmlar studiyasi bor. Lodzdagi Oliy teatr, kino va televideniye maktabining rejissorlik, aktyorlik, operatorlik, televideniye fakultetlari, ayrim oliy oʻquv yurtlarining maxsus boʻlimlari kino xodimlari tayyorlaydi.

Oʻzbekiston – Polsha munosabatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maydoni – 312,7 ming km². Aholisi – 38,6 mln. odam. Rasmiy til – polyakcha. Din – asosan katolizm hamda iudaizm, lyuteranlik, pravoslavie; aholining 6 foizi ateist[1]. Davlat boshligʻi – prezident. Qonun chiqaruvchi organ – Ikki palatali parlament: Seym (quyi palata) va Senat (yuqori palata). Poytaxti – Varshava. Maʼmuriy-huduiy taqsimoti: 16 voyevodstvo. Pul birligi – zlotiy.

  1. 94% Polaków wierzy w Boga, 2016-05-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2009-02-22