Kontent qismiga oʻtish

Aholi zichligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Turli mamlakatlarda aholi zichligi (kishi/km2), 2006

Aholi zichligi birlik maydon yoki hajmdagi aholi miqdoridir. U muhim geografik tushunchalardan biri hisoblanadi[1]. Har qanday tirik organizmlar uchun tushunilishi ham mumkin, biroq aholi zichligi deganda asosan faqat odamlar joylashuvi nazarda tutiladi.

Aholi zichligi – muayyan hududda aholining joylashuv darajasi. Mamlakat yoki biror hudud (viloyat, tuman) aholi sonini shu joy maydoniga (odatda 1 km² ga) taqsimlash bilan hisoblab chiqariladi. Odamlar yashaydigan quruqlikda oʻrtacha aholi zichligi 1 km² ga qariyb 39 kishiga toʻgʻri keladi (1990-yillar boshi), masalan, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Niderlandiya, Belgiyada 300 dan ziyod, Monakoda 15539,5 kishi, Avstraliyada aholi zichligi juda past – 1 km² ga 2,3 kishi, Mongoliyada – 1,4 kishi (1992). Choʻl va baland togʻlarda 0,01 dan 1 kishigacha. Rossiya Federatsiyasida aholi 3.1 km² ga 8,7 kishi (1990). Oʻzbekistonda aholi zichligi bir km² ga 54,7 kishi toʻgʻri keladi (1998). Umuman olganda dunyoning aholi zich yashaydigan rayonlarda, qariyb 7% maydonini egallagan quruqlikning odam yashaydigan qismi (oykumena)da Yer kurrasidagi jami aholining 70% ga qadar aholisi mujassamlashgan[2].

Jahon aholisi 7 milliarddan oshiq,[3] Yerning jami maydoni (suv va quruqlik bilan birga) – 510 million kvadrat kilometr[4]. Demak, butunjahon aholi zichligi 7 milliard ÷ 510 million = 13,7 kishi/km2. Agar faqat quruqlik hisobga olinsa (150 million km2), unda butunjahon aholi zichligi – 46,6 kishi/km2 (117.2 per sq. mile). Bunda Antarktida ham hisobga olingan; Antarktidasiz hisoblansa, koʻrsatkich yana oshadi – 50 kishi/km2[1]. Yer yuzining yarmidan ortigʻi (choʻl, togʻ va hokazo) odamlar yashashi uchun juda noqulay boʻlgani va odamlar asosan suv havzalari yonida yashagani uchun, bu raqamlardan amaliy naf yoʻq.

  1. 1,0 1,1 Matt Rosenberg Population Density (Wayback Machine saytida 2017-02-01 sanasida arxivlangan). Geography.about.com. March 2 2011. Retrieved on 2011-12-10.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. U. S. & World Population Clocks. Census.gov. Retrieved on 2011-12-10.
  4. World (Wayback Machine saytida 2010-01-05 sanasida arxivlangan). CIA World Handbook