Kontent qismiga oʻtish

Krinitsa

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Krinitsa — Polshadagi iqlim kurorti, Visla daryosi havzasida, NoviSonch togʻlaridan jan.-sharqda, 600 m balandlikda. Iqlimi moʻʼtadil nam, qishi yumshoq quyoshli (yanvarning oʻrtacha temperaturasi —5°) va yozi moʻʼtadil iliq (iyulning oʻrtacha temperaturasi 17°), yiliga 800 mm yogʻin yogʻadi. Karbonat angidridli mineral suvlar, torfli balchiq bilan davolanadi. 19-asr oʻrtalaridan boshlab kurort sifatida rivojlangan. Dam olish, turizm va togʻ changʻi sporti markazi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil