Kontent qismiga oʻtish

Vanda Vasilevskaya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vanda Vasilevskaya
Tavalludi 21-yanvar 1905[1][2][3]
Vafoti 29-iyul 1964[4][1][2]
Ijod qilgan tillari Polyak tili[5]
Fuqaroligi SSSR va Polsha Xalq Respublikasi

Vanda Lvovna Vasilevskaya (1905.21.1, Krakov - 1964.29.7, Kiyev) — polyak va rus yozuvchisi, jamoat arbobi. Polyak tilida yozgan. Krakov universitetini tugatgan (1927). "Shu kunning qiyofasi" (1934) qissasi, "Vatan" (1935) romanida ishchi va dehqonlarning 20-asr boshlaridagi hayoti, Ikkinchi jahon urushidagi xalq qahramonliklari madh etilgan. V. "Kamalak" (1942), "Chin muhabbat" (1944), "Chiroq yonganda" (1946). "Hayot-mamot kurashida" (1958) qissalari, "Suv uzra qoʻshiq" trilogiyasi ("Botqoqlikdagi olov", 1940; "Kuldagi yulduzlar" 1946; "Daryolar yonmokda", 1951) kabi asarlar muallifi. "Chin muhabbat" asarini Asqad Muxtor oʻzbek tiliga tarjima qilgan (1947).[6]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. // (unspecified title)
  5. (unspecified title)
  6. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil