Kontent qismiga oʻtish

Lyublyana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

LyublyanaSloveniya poytaxti. Lyublyanitse daryosi boʻyida, uning Sava daryosiga quyilishi yaqinida joylashgan. Aholisi 270,5 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mashinasozlik va metallsozlik (yirik gidrokuvurlar zavodi, elektrotexnika buyumlari, priborlar ishlab chiqarish) sanoatlari rivojlangan. Kimyo, poligrafiya, farmatsevtika, koʻn-poyabzal, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Sloveniya fan va sanʼat akademiyasi, universitet (1595), filarmoniya (1702), yadro tadqiqotlari instituti va boshqa ilmiy tadqiqot muassasalari, milliy, etnografiya muzeylari, kutubxonalar, milliy va zamonaviy galereyalar bor. Turizm rivojlangan. Xalqaro yarmarkalar oʻtkaziladi. L. slavyanlar qishlori sifatida 1144-yildan maʼlum. 13-asrning 2-yarmidan shahar, Krayna tarixiy viloyatining maʼmuriy markazi. 1335—1918-yillarda (vaqt-vaqti bilan) gabsburglar hukmronligi ostida boʻlgan. 1918-yilda Serb, xorvat va slovenlar qirolligi (1929-yildan Yugoslaviya) tashkil topishi bilan L. — Sloveniya, 1992-yildan mustaqil Sloveniya Resggublikasi poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklaridan Grad qasri (9—19-asrlar), yepiskop saroyi (16—18-asrlar), cherkovlar, San-Nikolay sobori (18—19-asrlar), ratusha, opera teatri binosi va boshqa saqlangan.[1]

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharning zamonaviy nomining kelib chiqishi nomaʼlumligicha qolmoqda. Oxirgi izohlarga koʻra[2], ljub- oʻzagi slavyan tilidan kelib chiqqan boʻlsa, shahar nomi Ljubíja esa, Lyublyana daryosidan olingan (zamonaviy shakl birinchi marta 16-asrda P. Trubar tomonidan tilga olingan). Vaqt oʻtishi bilan asl Ljubijane —Lyublyanaga aylandi. Laybax shahrining nemischa nomi (birinchi marta 12-asrda tilga olingan) - Laibach, ehtimol, Labachdan (bavarcha: «botqoqlik» soʻzidan) kelib chiqqan dan. 1146-yildagi hujjatda aholi punkti sloven-roman tilidagi Luwigana nomi bilan atalgan[2]. Boshqa versiyalarga koʻra bu nom lotincha: aluvianadan kelib chiqqan boʻlishi mumkin.

Lyublyana hududida inson mavjudligining eng qadimgi izlari taxminan toʻrt ming yilga toʻg'ri keladi. Ibtidoiy odamlar ovchilik, chorvachilik, shuningdek, ibtidoiy dehqonchilik bilan shugʻullangan. Lyublana hududi botqoqli yerlar boʻlgani ustunlarda turar-joylarni ustunlar ustiga qurishga majbur qildi. Taxminan miloddan avvalgi 1200-yilda handaqli qabriston madaniyatiga mansub odamlar Lyublyana hududiga koʻchib kelgan. Miloddan avvalgi X-VIII asrlarda bu hududda iliriyaliklar va venetlar joylashdilar, keyinchalik keltlar kelishdi[3]. Kechki bronza va ilk temir davri davrida-miloddan avvalgi 10-asrda paydo boʻlgan turar-joylarda yogʻoch uylar tuproqli koʻchalari boʻylab joylashgan boʻlib, ular turar-joyning asl tartibini saqlab, koʻp marta qayta qurilgan. Lyublyanitsa daryosining qarama-qarshi sohilida qabriston johlashgan edi.

Zamonaviy Lyublyana hududi uzoq vaqtdan davomida Lyublyana havzasining markazida, Dunay havzasini Adriatik dengizi bilan bogʻlaydigan savdo yoʻllari chorrahasida, kema qatnovi uchun Lyublyana daryosi qirgʻogʻida qulay geografik joyni egallab kelgan. Miloddan avvalgi 1-asrda Lyublyanitsaning oʻng qirgʻogʻidagi Qalʼa tepaligi etagidagi eski aholi punkti Italiya chegaralariga Emona (lat. Colonia Iulia Emona) nomi bilan kirdi, uning asosiy aholisi rimliklar edi. Aholi punktining qadimiy nomi (ehtimol, rimgacha boʻlgan), mahalliy aholidan olingan. Miloddan avvalgi 15-yilga kelib, rimliklar Lyublyanitsa daryosining qarama-qarshi qirgʻogʻida yangi aholi punkti qurdilar. Emona koʻchalarning toʻrtburchaklar shakliga ega edi, har tomondan balandligi olti metrdan sakkiz metrgacha boʻlgan 29 minorali devor bilan mustahkamlangan (XX asr boshlarida topilgan). Shaharda shimoliy Italiyadan kelgan uch-besh ming aholi istiqomat qilgan.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. 2,0 2,1 Штих 2010, ss. 30, 35.
  3. „Prvi prebivalci Ljubljane“ (deadlink). // ljubljana.si. 2013-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-iyul. (WebCite saytida 2013-07-15 sanasida arxivlangan)