Kontent qismiga oʻtish

Lyuksemburg (shahar)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

LyuksemburgLyuksemburg davlati poytaxti. Alzet va Petryus daryolari qoʻshilgan joyda, 334 m balandlikda joylashgan. Iklimi moʻʼtadil, dengiz iqlimidan kontinental iqlimga oʻtib boradi. Oʻrtacha temperaturasi yanvarda 0,9°, iyulda 16,6°, Yiliga 830 mm gacha yogʻin yogʻadi. Aholisi 79,5 ming kishi (1998).

Lyuksemburg qoʻlyozmalarda savdogarlar qishlogʻi sifatida 963 yildan maʼlum. 1244-yilda shahar huquqini olgan. Shahar oʻz tarixida 20-marta qoʻldan qoʻlga oʻtib, koʻp marotaba vayron qilingan hamda qayta qurilgan.

Lyuksemburg — mamlakatning muhim iqtisodiy markazi, transevropa temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qora metallurgiya va mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari mavjud. Lyuksemburg — xalqaro moliya markazlaridan: yirik banklar va moliyaviy birlashmalarning idoralari joylashgan. Milliy kutubxona, muzey, sanʼat va hunarmandchilik maktabi, teatr va boshqa bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan Gersog saroyi (1572), Sen-Mishel gotika cherkovi (16-asr), Adliya saroyi (16-asr), Notr-Dam sobori (17-asr) va hokazo saqlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil