Kontent qismiga oʻtish

Jamoat ishlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Jamoat ishlari - tashkilotlar, xoʻjaliklar va muassasalarda yuqori malaka talab qilmaydigan va mavsumiy, vaqtinchalik, haq toʻlanadigan ishlar; bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida ishsizlarni tezkor tarzda haq toʻlanadigan ish bilan taʼminlash usullaridan biri. J. i. mavsumiy, hududiy yoki aholining alohida toifalarini qamrab olgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etiladi. J. i. aksariyat hollarda vaqt jihatdan qisqa muddat davom etib, alohida ixtisoslikni talab etmaydi. Odatda, J. i.ni koʻproq jismoniy mehnat talab qiluvchi ishlar (qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, mayda irrigatsiya ishlarini bajarish, arzon maktab va uy-joylar qurish, oʻrmonchilik, shaharlardagi obodonchilik ishlari va b.) va ijtimoiy tavsifga ega ishlar (maye, nogironlar, bemorlar, yetim bolalarga qarash va b. xizmatlar) ga ajratiladi.

Dastlab J. i. maxsus umummilliy dasturlar asosida 20-asrning 30-y.larda AQShda tashkil qilingan. Hoz. jahonning aksariyat rivojlangan mamlakatlarida J. i.ga yoshlarni jalb qilish anʼanasi mavjud (maye, Fransiyada 1984-yildan 16—21 yoshdagi oʻqishni tashlagan ishsizlarni J. i.ga jalb qilish dasturi joriy qilingan, Angliyada esa ishcizlik davri uzoq, choʻzilgan ishsizlar uchun shunday dastur amal qiladi).

Oʻzbekistonda J. i.ni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasining "Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida" qonuni (1992-yil) qabul qilinishi bilan aholini ish bilan taʼminlashning chora-tadbiri sifatida amalga oshirila boshlandi. Oʻzbekistonda davlat hokimiyati organlari J.i. ni mehnat organlarining taklifi va bevosita ishtiroki bilan oʻz mulkidagi korxona, tashkilot va muassasalarda hamda shartnomalar asosida turli mulkchilik shaklidagi korxona, tashkilot va muassasalarda tashkil etadi. Mehnat organlarida roʻyxatga olingan va ishciz deb eʼtirof qilingan fuqarolar ikki oygacha uzaytirish huquqi bilan muddatli shartnomalar asosida J. i.da ishtirok etishlari mumkin. Ularga toʻlanadigan ish haqi bajarilayotgan ishga qarab, lekin 15% oshirilgan ishcizlik nafaqasidan kam boʻlmasligi, ish davrining mehnat stajiga qoʻshilishi, pensiya taʼminoti va vaqtincha ishga layoqatsizlik yuzasidan nafaqalar olish huquqi kafolatlanadi.

Oʻzbekistonda J. i.ga jalb qilingan fuqarolarga toʻlanadigan ish haqining kamida 50% korxona, tashkilot va muassasalar mablagʻlari hisobidan, qolgan qismi esa mahalliy byudjetlar yoki aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi Davlat jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi.

Fazliddin Mamarasulov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil