Kontent qismiga oʻtish

Koʻn-poyabzal sanoati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻn-poyabzal sanoati — yengil sanoatnpnt hayvonlar terisidan yumshoq va qattiq charm tayyorlaydigan hamda tabiiy va sunʼiy charmdan poyabzal ishlab chiqaradigan tarmogʻi. Bundan tashqari, charmdan kiyim-bosh, egar-jabduq, attorlik buyumlari, toʻqimachilik mashinalari va boshqa mashi-valar uchun detallar tayyorlanadi.

Taraqqiy etgan mamlakatlarda koʻnpoyabzal buyumlar 19-asrning 2-yarmidan sanoat usulida tayyorlana boshlandi. Koʻn ishlab chiqarishda dastlabki charm tayyorlash va pardozlash jarayonlarining bir qismi mexanizatsiyalashtirildi, 19-asrning 80—90-yillarida esa charmni xrom tuzlari bilan tezkor oshlash usuli joriy etildi. Bu yangilik terini oshlovchi oʻsimlik materiallari bilan ibtidoiy sodda usulda oshlab, charm tayyorlashni siqib chiqardi. Poyabzal ishlab chiqarish da mexanizatsiyalash jarayoni 19-asrning 50-yillarida poyabzal tanovari (ustki qismi)ni tayyorlashda tikuv mashinalaridan foydalanish bilan boshlandi. Shu paytdan to 19-asrning oxirigacha poyabzallar tayyorlash jarayonlarini mexanizatsiyalashtiradigan maxsus mashinalar ham ixtiro etildi.

19-asrning oxiriga qadar Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda koʻnchilik, poyabzal tikish hunarmandchilikning qad. turi sifatida oʻz anʼanalariga ega boʻlgan. Qadimdan poyabzal tikuvchi kosiblar qoʻlda har xil andoza va turda etik, maxsi, kavush tikkanlar. 20-asrning 20-yillaridan poyabzal sanoati korxonalari paydo boʻlishi bilan tufli, botinka, sandal, shippak, piy-ma, kalish hamda maxsus ish poyabzallari ishlab chiqara boshlandi.

Charm ishlab chiqarish tarmogʻidagi birinchi eng yirik korxona — Toshkent koʻn zavodi 1928-yilda ishga tushirildi. 1941—45 yillarda Xonobodda (Andijon viloyati) teri ishlash zavodi, poʻstin uchun qoʻy terisini oshlaydigan 2 korxona, 1996-yil Toshkentda yangi koʻn zavodi qurildi.

1927-yil Toshkentda birinchi poyabzal fabrikasi ish boshladi. 1935-yilda Toshkentda yana bir poyabzal fabrikasi, Buxoro (1938), Samarqand (1938), Toʻrtkoʻl, Termiz (1939), Andijon, Qoʻqon, Chirchiq (1942), Namangan (1940), Yangiyoʻl (1943) shaharlarida kichikroq poyabzal fabrikalari foydalanishga topshirildi. 1940-yil ga kelib respublikada keng tarmoqli poyabzal sanoati shakllandi.

20-asrning 60-yillaridan Pop rezina poyabzal fabrikasi (I960), Fargʻona poyabzal fabrikasi (1969), Qoʻqon koʻn zavodi (1972), Fargʻona sunʼiy charm zavodi (1974) ishga tushirildi. Toshkentda 1-va 2-poyabzal fabrikalari, Chirchiq, Qoʻqon poyabzal fabrikalari kengaytirildi va qayta jihozlandi, korxonalar mahsulot turlari boʻyicha ixtisoslashdi. Respublika boʻyicha 1980-yilda 30,3 mln. juft charm poyabzal ishlab chiqarildi va uning deyarli yarmini bolalar poyabzali tashkil etdi. 1990-yilga kelib, Oʻzbekiston Koʻn-poyabzal sanoatida 46,6 mln. juft poyabzal ishlab chiqarildi.

1995-yil "Fargʻona poyabzal" aksiyadorlar jamiyati bilan Germaniyaning "Salamander" firmasi ishtirokida "Oʻzsalaman" qoʻshma korxonasi mahsulot chiqara boshladi (yillik loyiha quvvati 8 turdagi 500 ming juft erkaqlar poyabzali). 1997-yilda Chirchiq shahrida "Kibo bolalar poyabzali" qoʻshma korxonasi ish boshladi.

Hozir "Poyabzalchi", "Orzu" (Toshkent), "Vaxt" (Chirchiq), "Kichkintoy" (Yangiyoʻl), "Mahsi" (Samarqand), "Qoʻqon poyabzali" (Qoʻqon), "Poyabzal" (Andijon), "Fargʻona poyabzal" (Fargʻona), "Naqshbandiya" (Buxoro), "Koʻnchi" kabi aksiyadorlik jamiyatlari tarmoqdagi eng yirik korxonalar hisoblanadi.

2000-yildan Oʻzbekistondagi Koʻn-poyabzal sanoati korxonalari "Oʻzbekcharmpoyabzal" uyushmasi tarkibiga kiradi. Ayni paytda poyabzal sanoati korxonalarini eng zavonaviy chet el uskunalari bilan qayta jihozlash, xom ashyo sifatida sintetik va sunʼiy mate rial l ar dan keng foydalanish ishlari amalga oshirilmokda. 2000-yilda respublikada 4,2 mln. juft poyabzal ishlab chiqarildi. Chet mamlakatlar orasida AQSH, Italiya, GFR, Fransiya, Chexiyada Koʻn-poyabzal sanoati rivojlangan boʻlib, poyabzal sanoati mahsulotlarining katta qismini chet davlatlarga, shu jumladan, Oʻzbekistonga eksport qiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil