Kontent qismiga oʻtish

Abdulloh al-Bofiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad al-Bofiy al-Xorazmiy al-Buxoriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1008-yil (hijriy 398-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi shofeʼiy faqihi, adib va tilshunos

Abdulloh al-Bofiy (arabcha: عبد الله البافي — Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad al-Bofiy al-Xorazmiy al-Buxoriy) — shofeʼiy faqihi, adib va tilshunos.

Xorazm qishloqlaridan sanalgan "Bof­­"dan yetishib chiqqan Abdulloh al-­Bofiy Bag‘dodda yashagan. Manbalarga ko‘ra, „al-Buxoriy“ nisbasiga ham ega bo‘lgan. Abdulloh al-Bofiy shofeʼiy fiqhida zamonasining imomlaridan sanalgan. Shu bilan birga, u nahv ilmi va adabni, badiiy til va uning nozik jihatlarini yaxshi bilgan.

Abdulloh al-Bofiy fiqh ilmini Abu Ali ibn Abu Hurayra va Abu Ishoq al-Marvaziylardan taʼlim olgan. O‘z navbatida, undan mazkur ilmni al-Qoziy Abu-t-Tayyib va al-Movardiylar o‘rganganlar.

Abdulloh al-Bofiy hozirjavob notiq bo‘lib, balog‘at bilan so‘zlar edi. Manbalarda olim qalamiga mansub sheʼrlardan namunalar keltirilgan. Ularda olimning katta kitoblar yozgani aytilsa-da, asarlari nomi keltirilmagan[1].

  • Yoqut. Mu’jam. — Bayrut: „Dor Sodir“, 1995. I, 326;
  • As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Haydarobod: „Doira al-maʼorif al-Usmoniyya“, 1962. II, 48;
  • Ibn al-­Imod. Shazarāt az-zahab. — Damashq-Bayrut: 1986. XI, 109;
  • As-Subkiy. Tabaqāt ash-shāfi’iyya al-kub­rā. 1413. III, 317;
  • Abdulkarim as-Sam’oniy. Nasabnoma. — T.: „Hilol-nashr“, 2017. 148.
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.