Kontent qismiga oʻtish

Abdulloh al-Qaysiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulloh al-Qaysiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 885 yoki 886-yil
Dini Islom
Mazhab Sunniy
Yurisprudensiya Zohiriy

Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad ibn Qosim ibn Hilol bin Yazid ibn Imron al-Absiy al-Qaysiy (arabcha: عبدالله القيسي) ilk musulmon huquqshunosi va ilohiyotchisi boʻlgan[1].

Ispaniyada tugʻilgan Ibn Qosim bir muddatga Iroqqa koʻchib oʻtadi va Dovud az-Zohiriydan tahsil oladi. U molikiy musulmon fiqh maktabini tark etib, zohiriylar bo‘limiga o‘tadi, hamda Christopher Melchert tomonidan mintaqadagi birinchi zohiriy deb hisoblangan[2]. Ibn Qosim ustozining kitoblarini qoʻlda koʻchirgan, hamda ularni Andalusiya boʻylab tarqatishga mas’ul boʻlgan.

Ibn Qosim islom taqvimi boʻyicha hijriy 272-yilda vafot etgan, Grigoriy taqvimi boʻyicha bu taxminan 885 yoki 886-yilga toʻgʻri keladi.

U keyinchalik zohiriy huquqshunos Ibn Hazm tomonidan Ruvaym, Ibn al-Mugʻallis va Munzir ibn Said al-Ballutiy bilan birga islom huquqining zohiriy maktabiga tegishli asosiy tarafdorlaridan biri sifatida qayd etilgan. Ibn Hazm ham maktabning dastlabki yirik olimlaridan boʻlgan, u Ibn Qosimning saʼy-harakatlarini mohiyatan jonlantirgan[3]. Balluti kabi avvalroq zohiriy boʻlganlar oʻz qarashlarini oʻzgalar fikridan yashirganlar[4][5][6].

  1. Al-Humaydī, Jadhwat al-Muqtabis, vol. 2, entry #418.
  2. The Islamic school of law — evolution, devolution, and progress, pg. 118. Eds. Rudolph Peters and Frank E. Vogel. Cambridge: Harvard Law School, 2005.
  3. S. M. Imamuddin, Muslim Spain 711-1492 A. D.: A Sociological Study pg. 156. Leiden: Brill Publishers, 1981.
  4. Mohammad Sharif Khan and Mohammad Anwar Saleem, Muslim Philosophy And Philosophers, pg. 35. New Delhi: Ashish Publishing House, 1994.
  5. Bilal Orfali, „In the Shadow of Arabic: The Centrality of Language to Arab Culture.“ Pg. 34. Brill Publishers, 2011. Print.
  6. William Montgomery Watt and Pierre Cachi, "History of Islamic Spain, " pg. 66. Edinburgh University Press.