Kontent qismiga oʻtish

Abdulloh al-Qoshgʻariy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdulloh al-Qoshgʻariy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy yil (hijriy yil)
Vafoti hijriy 1174-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi mudarris, soʻfiy va tariqatchi

Abdulloh ibn Muhammad al-Qoshg‘ariy an-Naqshbandiy — mudarris, sufiy va tariqat ahlidan bo‘lgan. Qustantiniyada yashagan, „Nidoiy“ laqabi bilan tanilgan. Abdulloh al-Qoshgʻariy hijriy 1174-yilning safar oyida vafot etgan.

  • „Mavludu-n-nabiy“ („Payg‘ambar mavludi“)
  • „Iʼjozu-l-munoziriyn fi-l-xilof“ („Xilof ilmida munozara qiluvchilarning fasohati“)

Besh fasldan iborat ushbu muxtasar asarda muallif qalonislar (boshiga kuloh kiyib yuradigan ruhoniylar)ning ijmoʻdan tashqari sharʼiy dalillar xususida bildirgan yozma eʼtirozlariga javob bergan. Shuningdek, mazkur asarning „Alhamdulillohi-l-laziy hadono ila-r-rashod…ilax“ — „Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsinki, U bizni to‘g‘ri yo‘lga boshladi… hokazo“ so‘zlari kelgan boshlang‘ich qismiga ham o‘z javobini bayon etgan[1].

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 10-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.