Kontent qismiga oʻtish

Abdulloh an-Niyoziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulloh ibn Muhammad an-Niyoziy (1300/1883-yilda Namangan — 1363/1944-yil)- faqih va mudarris bo‘lgan. Namanganda taʼlim olgan. Afg‘onistonga safar qilgan. 1330-yil Makkaga yetib borgan. Taxminan uch yil Madinada qolib ketgan. So‘ngra Shomga chiqib ketgan. Shundan so‘ng safarini davom ettirib, Makkaga borgan va u yerdagi „al-Madrasa asl-saulatiya“da dars olgan.

  • „al-Minha al-ilohiya fi silsilati kutubi-s-sunnati-l-muhammadiya“ („Muhammad sunnatiga oid kitoblar silsilasidagi ilohiy inʼom“]
  • „Fatovo“ („Fatvolar“) kitobi[1].
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 18-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.