Kontent qismiga oʻtish

Abdulloh ibn Masʻud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdullah ibn Masud (arabcha: عبدالله بن مسعود‎) Paygʻambar Makka shahrida Islom diniga daʼvatni boshlaganlaridan soʻng birinchilardan boʻlib iymon keltirgan insonlardan. Hayoti davomida Paygʻambar s.a.v ning yaqin safdoshlaridan boʻlib qoldi.

Maʼlumotlarga koʻra yoshligida Uqba ibn Abu Mu’aytning qoʻlida choʻponlik qilgan. Va ayni oʻsha davrda Abdulloh Musulmonchilikni qabul qilgan va Paygʻambar s.a.v ning hizmatlarida boʻlish istagini bildirgan edi. Bu istakka Paygʻambar s.a.v rozilik bildiradilar va natijada Abdulloh qoʻy boqishni oʻzini Islomga bagʻishlashga almashtiradi. Umar r.a va Usmon r.a halifalik paytlarida Abdulloh administrativ va tashqi diplomatik aloqalarga maʼsul edi. Kufadagi ayrim taniqli oʻquvchilaridan — Alqama ibn Qays al-Nihaʼi, Asvad ibn Yazid va Masruq ibn al-Ajdalarni keltirish mumkin. Quroni Karimning tavfsir qilish va Izohlashda Abdulloh ibn Mas’ud r.a ning oʻrni ayniqsa beqiyosdir.

Yoshlik davri va Islomni qabul qilishi. Abdulloh ibn Mas’ud kelib chiqishi Banu Zahra qabilasining ittifoqoshi boʻlmish Banu Huzayl qabilasidan edi. Yoshlik paytlaridanoq odamlardan uzoqlarda Quraysh qabilasidan boʻlmish Uqba ibn Muaytning qoʻy suruvlarini boqib, Makkaning togʻlik yerlarida kezib yurardi. Odamlar uni „Ibn Umm Abd“ yaʼni — qul onasining oʻgʻli deya chaqirishar edi. Uning asl ismi Abdulloh, otasining ismi esa Mas’ud edi. Eng yaqin doʻstining ismi — Ali Fuad edi. Bu ikki doʻst odamlar orasidan Paygʻambar chiqqani haqidagi xabarni eshitishadi ammo yoshlik qilibmi yoki odatda qoʻy suruvlarini boqish uchun Makka shahrini erta tark etib, juda kech qaytganliklaridanmi, hullas bunga uncha eʼtibor berishmaydi.

Bir kuni qoʻy boqib yurarkan, Abdulloh oʻrta yoshlardagi, nuroniy — soqollik ikki kishining u tarafga kelayotganini koʻradi. Albatta ular juda horigan va chanqashgan edi. Uning yaqiniga kelishgach salom berishgach: -"Chanqogʻimizni qondirish va qayta kuchimizni toʻplab olishimiz uchun bizga qoʻylaringdan birini sutini sogʻib bermaysanmi". ."Unday qilaolmayman, qoʻylar meniki emas. Men faqat ularni boqishga maʼsulman holos" deya javob qaytaradi Abdulloh. Uning bu javobini eshitib ushbu ikki kishi nihoyatda hursand boʻlishadi. Ushbu ikki kishilardan biri Paygʻambar s.a.v va ularning yaqin sahobalari — Abu Bakr r.a edi. Oʻsha kun ular Qurayshning zulmlaridan qochib Makkaning togʻlariga chiqib ketishgan edi. Abdulloh ibn Mas’ud ham oʻz oʻrnida Paygʻambar s.a.v va Abu Bakrdan r.a. juda taʼsirlanadi va tez orada ularga bogʻlanib qoladi.

Biroz vaqtdan soʻngra Abdulloh Musulmonlikni qabul qiladi va oʻzini Islomga bagʻishlashga — Paygʻambar s.a.v ning hizmatlarini qilish istagi borligini bildiradi. Paygʻambar s.a.v bunga rozilik bildiradilar va oʻsha kundan boshlab omadli Abdulloh ibn Mas’ud qoʻy boqishlikni Paygʻambar s.a.v ning hizmatlarini qilishlikka almashtiradi. Islomga kirganlarning 6-si edi. Abdulloh ibn Mas’ud Paygʻambar s.a.v iga juda bogʻlanib qoladi — hoh uy ichida boʻlsin hoh tashqarisida ularning barcha xizmatlarini qilar edi. Safar va janglarda hamrohlik qilar, uhlaganlariga uygʻotar, choʻmilganlarida pana qilib turar, buyumlarini va Misvoklarini olib yurar va boshqa shaxsiy ishlarida kamarbasta edi. Shu sabablardan ham sahobalar uni „Saheb-e-Siwak“ Misvok tashuvchi, uzatib turuvchi, „Saheb-e-Nalaen“ shippak tashuvchi, uzatib turuvchi, „Saheb-e-Mutahara“ suv tashuvchi, uzatib turuvchi va yana „Saheb-e-Wisadah“ deb ham chaqirishar edi.

Qurayshning Taʼqibi va uning Sobitqadamligi

Abdulloh ibn Mas'ud Qur'onni baland ovozda  Quraysh yig'ilishida tilovat qilgan birinchi insondir. Bir kun sahobalar Makkada birga edilar. O'sha paytlarda ula hali ham juda ozchilik, kuchsiz va ezilgan holatda edilar. Ular: "Quraysh hali Quronni ochiq va baralla tilovat qilinganini eshitishmadi. Kim bu ishni qilishi mumkin"? "Men qila olaman" deya Abdulloh ibn Mas'ud o'rnidan turdi. Ular esa: "Sening xavfsizligindan xavotirdamiz. Bizga qabilasi Makkaliklarning zug'umidan himoya qila oladigan inson kerak." deya javob qaytarishdi. "Bu ishni menga qo'yib beringlar, Alloh meni himoya qilib ularning zulmidan asrab olguvchidir" deya Abdulloh o'z so'zida turib oldi.  Shunday deya Abdulloh tashqariga chiqib ketdi va Maqomi Ibrohimga keldi. Hali kun yorug' va Quraysh qabilasi Kaba atrofida yig'ilishib o'tirishgan edi. Ular oldiga kelgan Abdulloh Rahmon surasini baland ovozda tilovat qila boshladi. Qurayshliklar unga tikilib qarab bir birlaridan "Umm Abd nimalar deyapti?" deya so'ray boshlashdi. "La'nat bo'lsin unga!, u Muhammad keltirganlarning ba'zilarini o'qiyapti". Ular Abdullohning yuziga ura ketishlariga qaramasdan u o'qishdan to'xtamas edi. O'qishni to'xtatganda esa uning yuzini qon va momataloqlar bosib ketgan edi.

Ortga qaytib, boʻlgan voqeani aytib berarkan Abdulloh birodarlariga „Allohga qasamki, Alloh dushmanlarining ahvoli mening hozirgi ahvolimdan yomonroqdir. Agar hohlasanglar ertaga borib yana shu ishni qilishim mumkin“. — „Shunisini oʻzi yetarlidir, sen ularga oʻzlari yoqtirmagan narsani eshitishga majbur qilding“.

Paygʻambar s.a.v bilan aloqa va munosabatlari Abdulloh ibn Mas’ud Paygʻambar s.a.v ning oilalarida hech kimnikiga oʻxshamagan tarbiya ola oldilar. Har bir ishda va har qadamlarida Paygʻambar s.a.v ning diqqat va eʼtiborlari ostidaliklaridan ibn Mas’ud r.a xatti-harakati va oʻzini tutishi shu darajaga yetdiki, u haqida „Ibn Mas’ud oʻzini tutish va xatti-harakatda (xarakter) Paygʻambar s.a.v ga eng oʻxshashidir“ deya aytishar edi. Odatda Abdullohni Paygʻambar s.a.v ning saodatli oilalarining aʼzosi boʻlsa kerak deya adashtirishar edi. Abu Muso Ashari r.a aytadi „Yamandan kelganimizda bir qancha muddat biz Abdullohni Paygʻambar s.a.v ning oilalari aʼzosi boʻlsa kerar deya oʻylab yurdik. Chunki Abdulloh va uning onasi Paygʻambar s.a.v ning uylariga doim toʻxtovsiz kirib chiqib yurishar edi“. Bundan tashqari, bir safar Paygʻambar s.a.v Abdullohga „Ey Abdulloh, mening uyimga kirishga senga ruxsat kerak emas. Eshigim doim sen uchun ochiqdir“ deganlari maʼlumdir.

Hijrat qilishi va hayotining oxirlari Abdulloh ibn Mas’ud r.a. uch martta hijrat qiladilar — ikki martta Efiopiyaga va bir martta Madinaga. Paygʻambar s.a.v hayotlik davrlarida kechgan har bir jangda ishtirok etganlar. Badr jangida Abu Jahlni qatl qiladilar. Paygʻambar s.a.v Abu Jahlning qilichini ularga oʻlja sifatida unga taqdim qiladilar. Halifa Umar r.a Abdulloh ibn Mas’ud r.a ni musulmonlarga taʼlim berishga va Baytul Molga javobgar sifatida Kufaga joʻnatadilar. Umar r.a boshqa sahobalarga maosh tayinlaganliklari singari unga ham maosh taklif qiladilar. Ibn Mas’ud maoshni olishni rad qilib xalifaga : „Nega meni bu dunyoga bogʻlab qoʻyishga harakat qilayapsan?“ degan maʼnolardagi soʻz aytadilar.


Qur’ondan ilmlari. Qur’on tilovatida Paygʻambar s.a.v sahobalari orasida eng yaxshilaridan biri boʻlibgina qolmasdan Qur’onni eng yaxshi tushungan sahoba edi. Shuning uchun boʻlsa kerakki, Shar’iat ahkomlari ilmida uning oldiga tushadigan yoʻq edi. Buni tushunish uchun quyidagi voqea yaqqol misol boʻla oladi: Arafotda turgan Xalifa Umar r.a ning oldilariga bir kishi kelib: „Ey Amiral Moʻminin, men Kufadan keldim va u yerda bir kishining Qur’on nusxalarini oʻz xotirasidan toʻldirayotgan insonni koʻrdim“ deydi. Umar r.a juda dargʻazab boʻladilar va „Kim edi u?“ deya soʻraydilar. „Abdulloh ibn Mas’ud“ deya javob beradi haligi kishi. Umar r.a ning jahli tezda tarqalib ketadi va „Allohga qasamki hozirda yashab turgan insonlar orasida undanda bilimlirogʻini bilmayman.“ deydilar Umar r.a.

„Bir kecha Allohning rasuli s.a.v va Abdulloh ibn Mas’ud r.a bir narsani juda qizgʻin muhokama qildilar va men ular bilan birga edim. Qachonki Paygʻambar s.a.v ketganlarida Biz ham ular bilan ketdik. Masjid oldidan oʻtar ekanmiz, bizga taniy olmagan bir kishining namozda turib tilovat qilayotganini koʻrdik. Paygʻambar s.a.v bir oz unga quloq tutdilar va bizga qarab: 'Kimda kim Qur’onni nozil boʻlgan vaqtdagidek oʻqishni hohlasa, unda Abdulloh ibn Mas’udni tilovat qilganidek oʻqisin“ dedilar.

Yana boshqa bir hadisda Payg'ambar s.a.v : “Qur'onni 4 kishidan – Abdulloh ibn Mas'ud, Abu Huzayfaning mavlosi Solim, Ubayy ibn Kaab va Muoz ibn  Jaballardan o'rganinglar” dedilar. Yana Payg'ambar s.a.v aytadilar : “Qur'onni Abdulloh ibn Mas'ud o'rgatganidek o'qinglar”.

Eng mashhur va keng tarqalgan Qiroat Imom Hafsnikidir. Imom Hafs uni Imom Osim Kufidan olgan va Imom Osim Kufi esa Abu Abdurrohman Abdulloh ibn Habib As-Sulmiyidan u oʻz oʻrnida Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Mas’ud, Ubayy ibn Kaab va Zayd ibn Sobitdan olgan. Oxirgilarning barchalari esa toʻgridan-toʻgʻri Paygʻambar s.a.v dan oʻrganishgan.

Abdulloh ibn Mas’ud Qur’onni va uning nozil boʻlish ilmlarini shunchalik yaxshi bilganliklaridan shunday der edilar: „Oʻzidan boshqa iloh yoʻq boʻlgan Allohga qasam, Qur’onning biror oyati yoʻqki, uning qayerda nozil boʻlganini va nozil boʻlish sharoit va vaziyatini bilmasam. Allohga qasamki, Allohning kitobini mendanda yaxshiroq biladigan biror kimsa borligini bilganimda, u bilan birga boʻlish uchun qoʻlimdan kelgan barcha ishni qilgan boʻlar edim“.

Abdulloh ibn Mas’ud oʻzi haqida aytgan gaplarida rost soʻzlagan edi. Bir safar Umar ibn al-Hattob xalif sifatida qilayotgan safarida bir karvonga duch keladi. Kunning qorongʻiligidan karvonni yaxshi koʻrib boʻlmas edi. Xalifa bir kishiga karvonga peshvoz chiqishga buyuradi. Buni qarangki, xuddi oʻsha karvonda Abdulloh ibn Mas’ud ham ketayotgan boʻladi. Savol: Qayerdan kelayapsizlar? Deya soʻraydi Umar r.a. „Chuqur vodiydan“ deya javob qaytaradi qorongʻilikda turgan Abdulloh ibn Mas’ud. Savol: Va qayerga ketayapsizlar? Deya soʻraydi Umar. „Qadimiy uyga“ deya javob keladi. (Arabcha istilohi: Al-Bayt al Atiq). Ular orasida Olim kishi bor ekan deydi Umar al Hattob r.a va ushbu nomaʼlum olimdan qiyinroq savollar soʻralsin deya oʻz qoʻl ostidagilarga buyuradilar. Savol: Qur’onning qaysi qismi eng buyukdir? Javob: „Alloh — Undan oʻzga iloh yoʻqdir. (U hamisha) tirik va abadiy turuvchidir. Uni na mudroq tutar va na uyqu..“ deya javob qaytaradi karavondagi nomaʼlum shaxs Oyatal Kursidan iqtibos keltirgan holda. Savol: Quronning asosi nima? Javob: „Kimda kim zarra miqdorda yaxshilik qilsa, uni koʻrur, kimda kim zarra miqdorda yomonlik qilsa uni ham koʻrur.“ Savol: Qur’onning qaysi qismi iymon keltirganlarga katta umida beradi? Javob: (Ey, Muhammad,) oʻz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: "Allohning rahmatidan noumid boʻlmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magʻfirat qilur. Albatta, Uning Oʻzi magʻfiratli va rahmlidir Shundan soʻng Umar r.a soʻradilar: „Orangizga Abdulloh ibn Mas’ud bormi?“ Karvondan bir kishi „Allohga qasamki ha“ deya javob qaytardi.

Paygʻambar s.a.v doim Ibn Mas’ud r.a ni odamlarga boshliq qilishni hohlar edilar. Buni u zotning ushbu soʻzlaridan ham ilgʻab olsa boʻladi: „Agarda kimnidir hech kim bilan maslahatlashmasdan boshliq etib tayinlashim lozim boʻlganda, Abdulloh ibn Mas’udni tanlagan boʻlar edim“.


Hadis va Shariat ahkomlaridagi bilmlari. Ibn Mas’ud odatda xato qilib qoʻyishdan hadiksiraginlaridan hadis rivoyat qilishdan oʻzlarini tiyar edilar. Ammo, maʼlum bir hadisni rivoyat qilgan hollarida esa, Paygʻambar s.a.v ga taaluqli va nisbat beriladigan har bir jabhada juda ehtiyotkor va eʼtiborli edilar. Paygʻambar s.a.v: „Ibn Mas’ud nimaiki sizlarga rivoyat qilib bersa unga ishoninglar“ deganlariga qaramasdan, rivoyat qilish asnosida ularning yuzlari oqarib titroq bosar edi. Maʼlum jabhada hukm chiqarish lozim boʻlganda esa Abdulloh ibn Mas’ud r.a hukmni oʻz fikriga dahldorligini taʼkidlab oʻtib — agarda hukmi toʻgri boʻlib chiqsa bu Allohdan soʻngra oʻzining shaxsiy fikridan, nogahon xato boʻlsa, oʻzining shaxsiy fikridan va shaytondan der edilar.

Imom Nasoiy oʻz Sunanlarida keltiradilar: "Bir kishi bir ayolga uylanadi, biroq nikohi tugamasdan yoki beradigan mahr miqdorini aytishidan avvalroq joni uziladi. Ushbu masala haqida hukm chiqarishni sahobalardan so'raladi, ular esa oʻz oʻrnida Abdulloh ibn Mas’udning oldiga borishni maslahat beradilar. Ular Ibn Mas’udning huzuriga kelishganida esa, Abdulloh ulardan oʻzlarini olib qochadilar va boshqa kimsadan soʻrashlarini aytadilar. Nihoyat, Ibn Mas’ud r.a yumshaydilar va : "Ayol Mizl Mahri oladi. Ushbu hukm toʻgʻri boʻlsa u Allohdan. Agar aksincha notoʻgʻri boʻlsa u Shaytondan va mendandir " deydilar. Na Alloh va na uning Paygʻambari bunga aloqasi bordir. Kelganlar orasida Maakal ibn Al-Ashjai ismli sahoba ham bor edi va u ushbu hukmi eshitib : „Allohga qasamki siz Paygʻambar s.a.v ning Bint Washile Al-Ashjai ga nisbatan chiqargan hukmlarining aynan oʻzini aytdingiz. Hukmingiz, Paygʻambar s.a.v ning hukmlariga muvofiqdir“. Buni eshitgan Ibn Mas’ud ilgari hali hech quvonmaganidek quvondi.

Iroqdagi va Hanafi Fiqhining koʻpchilik hukmlari Abdulloh ibn Mas’udning hukm va Fatvolariga asoslanadi. Abdulloh r.a ning Fiqhdagi oʻrinlari shu darajada ediki, ular hayotlik davrlarida boshqa sahobalar Fatvo berishdan bosh tortar edilar. Fatvo istagan har qanday insonlarni ularning huzurlariga joʻnatar edilar. Abdulloh ibn Mas’uddan ilm oʻrganishni hohlovchi toliblarning soni doim juda koʻp boʻlar edi.

Bir kun Hotima Ibn Abu Subra Madinaga keladilaru Hurayra Hotimadan qayerdan kelganini soʻraydilar. U esa Kufadan ikki kunlik yoʻl yurib kelganini aytadi. Abu Hurayra undan: „ — Mustajob ul Davat boʻlgan Saad ibn Molik sizlarning oralaringdamasmi?, — Paygʻambar s.a.v ning oyoq kiyimlarini va tahorat suvlarini tashuvchi boʻlgan Ibn Mas’ud sizlarning oralaringdamasmi? — Paygʻambar s.a.v ning sirlarini biluvchi Huzayfa sizlarning oralaringdamasmi? — Alloh Taolo oʻz paygʻambarining soʻzi ila shaytondan panoh bergan Amar sizlarning oralaringdamasmi? Ikki muqaddas kitobni biluvchi Salmon Forsiy sizlarning oralaringdamasmi?“ Oʻsha paytlarda Taqdirning taqozosi bilan Hazrat Abu Hurayra keltirgan sahobalarning barchalari Kufa shahrida istiqomat qilishar edi.

Hazrat Saad rivoyat qiladilar, "Bir kun men, Abdulloh ibn Mas’ud, Bilol Habashiy va boshqalar- jami olti kishi Paygʻambar s.a.v bilan birga edik. Makkadan baʼzi kofirlar Paygʻambar s.a.v ning huzurlariga kelishdi va bizlarga ishora qilib: " Bu kishilarni oʻzingdan uzoq qil va biz sen bilan muloqot qilamiz v seni tinglaymiz " dedilar. Shunda Paygʻambar s.a.v bizlarni bir yerga jo'natishlari, ularning Islomga boʻlgan munosabatlarini oʻzgartirar va qalblari ochilar deya oʻylayotganlarida quyidagi oyatlar nozil boʻldi: - Ertayu kech Robbilariga Uning yuzini iroda qilib duo etayotganlarni haydama! (6:52) Saad hursand boʻlib — 'Bu oyatlar biz uchun nozil boʻlgandir' der edi. Alloh Taoloning oʻzi maqtaganlar bilan kim ham tenglasha olar edi? Allohga ibodat qilishning asl maʼnosi ham Allohni rozi qilishdir. Hozir boʻlgan oʻsha olti kishilar hayotlik davrilaridayoq Allohning ulardan rozilik haqida xabar olishgan edi.

Ridda janglari' 632 yil Iyul oyining 3-haftasida, Abu Bakr r.a asosan Banu Hoshim qavmidan tashkil topgan lashkarlarni oʻzini oʻzi paygʻambar deb eʼlon qilgan Tulayhaning qoʻshinlariga qarshi jamlaydi. Xalifa jamlagan qoʻshinda — Ali ibn Abu Tolib, Talha ibn Ubaydulloh, Zubayr ibn al Avvom va Abdulloh ibn Mas’uddek eʼtiqodi siljimas insonlar bor edi. Ularning jangda oʻz mas’uliyatlari boʻlishiga qaramasdan aytarlik hech qanday qarshilikka uchrashmadi.

Oʻlimi Abdulloh ibn Mas’ud r.a Xalifa Usmon r.a davrigacha yashagani maʼlumdir.