Abdulloh ibn Muhammad Gʻubdiniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulloh ibn Muhammad Gʻubdiniy — (X—XI asrlar) muhaddis. Toʻliq ismi Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad ibn Amr ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Hoshim Gʻubdiniy

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulloh ibn Muhammad Gʻubdiniy Ustrushananing „Gʻubdin“ qishlogʻida tavallud topgan. Ota-onasi bilan yoshlik chogʻida Buxoroga koʻchib boradi va shu yerda muqim yashab qoladi. Abdulloh ibn Muhammad Gʻubdiniy xat-savodini Buxoroda chiqarib, yetuk muhaddis darajasiga koʻtariladi. Abdulloh ibn Muhammad Gʻubdiniy hadislarni Ibn Solih Xalaf ibn Muhammad ibn Ismoil Xayyom, Abu Said Xalil ibn Ahmad Sijziy va Abu Amr Muhammad ibn Sobirlardan rivoyat qilgan. Abdulloh ibn Muhammad Gʻudbiydan hadislarni oʻz davrida yigirma ming hadis yodlagan hofiz Abu Turob Ismoil ibn Tohir Harifiy rivoyat qilgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulloh ibn Muhammad Gʻubdiniy 420-hijriy (milodiy 1029-yil)dan keyin Buxoroda vafot etgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sam’oiy, «Al-ansob». 4-jild, 317-bet; Atayev M., «Jizzax allomalari», 89-bet.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. «Imom Buxoriy xalqaro markazi» [2016] — 522 bet.