Kontent qismiga oʻtish

Abdulloh ibn Muhammad Hotifiy Xarjardiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulloh ibn Muhammad Hotifiy Xarjardiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi tarix, shoir

Abdulloh ibn Muhammad Hotifiy Xarjardiy — (1454-1521) tarixchi va shoir bo‘lgan.

Abdulloh ibn Muhammad Hotifiy Xarjardiy  Abdurrahmon Jomiyning jiyani (singlisining oʻgʻli). 858/1454 yil tavallud topgan. „Husrav va Shirin“ (1977 yilda nashr etilgan), „Layli va Majnun“, „Haft manzar“ (ikki ming atrofida baytlarni oʻz ichiga olgan), „Shoh Ismoil janobi oliylari Shohnomasi“ kabi asarlar muallifi. Sulton Husayn Boyqaroga bagʻishlab, Amir Temur zafarlarini madh etuvchi „Temurnoma“ (yoki „Zafarnoma“) tarixiy dostonini yozgan. Qoʻlyozmasi koʻpgina kutubxonalarda saqlanmoqda. 1869, 1896 yillarda Lakhnavda, 1957 y. Madrasda chop etilgan. Abdulloh ibn Muhammad Hotifiy Xarjardiy 927/1521 yilda vafot etgan[1].




  • „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.
  1. Ҳожи Халийфа. Кашфу-з-зунун. Ж.1. – Б. 290; ЎзМЭ. Т.1. – Б. 2.