Kontent qismiga oʻtish

Abdulillloh posho

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Abdulloh poshodan yoʻnaltirildi)
Abdulilloh
الشريف عبد الإله باشا
Makka amiri va sharifi
Mansab davri
1908-yil 24-sentyabr – 1908-yil 27-oktyabr
Oʻtmishdoshi Ali posho ibn Abdulloh
Vorisi Husayn posho ibn Ali
Mansab davri
1882-yil sentyabr – 1882-yil oktyabr
Oʻtmishdoshi Abdulmuttalib ibn Gʻolib
Vorisi Avn ar-Rafiq posho
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1845-yil
Vafoti 1908-yil 29-oktyabr
Istanbul, Usmonli imperiyasi
Otasi Muhammad Ibn Avn

Sharif Abdulilloh posho ibn Muhammad (arabcha: الشريف عبد الإله باشا بن محمد; usmonli turkcha: شريف عبد الإله پاشا بن محمد) (1845-yil – 1908-yil 27-oktyabr) Avn urugʻidan boʻlib, 1882-yilda qisqa muddatga Makka sharifi va amiri etib tayinlangan. 1908-yilga kelib, yana qayta Makka sharifi va amirligiga tayinlangan, biroq Makkaga yetib bormasdan vafot etgan.

Sharif Abdulilloh hijriy 1261-yilda (milodiy 1845) sharif Muhammad Ibn Avn oilasida tugʻilgan. Oilada kenja oʻgʻil boʻlgan[1].

Hijriy 1299-yil shavvol oyining 28-kuni (1882-yil sentyabr) Vali Usmon Nuri posho Zayd urugʻidan boʻlgan sharif Abdulmuttalib ibn Gʻolibni taxtdan agʻdarib, hokimiyatga ega chiqqan. Abdulilloh ibn Muhammadni esa oʻziga sherik amir etib tayinlagan. Hijriy 1299-yil (1882-yil oktyabr) Zulqaʼda oyining oxirida sulton Abdulhamid II hokimiyatdan agʻdarilib, oʻrniga Abdulillohning ukasi Avn ar-Rafiq amir etib tayinlangan. Akasi Zulhijja oyining boshida hokimiyat tepasiga kelgunga qadar (1882-yil oktyabr) Abdulilloh amir vazifasini bajargan[2][3]. 1883-yilda Istanbulga koʻchib oʻtgan, u yerda Rabiulavval oyining 24-kunida (1883-yil 3-fevral) vazir unvonini olgan va Davlat kengashiga tayinlangan[4][2][3].

1905-yilda Avn ar-Rafiqning vafotidan soʻng, Abdulloh Vali Ratibning oʻrniga jiyani sharif Ali ibn Abdulloh amirlikka tayinlangan[5]. Ali taxtdan agʻdarilganidan soʻng, 1326-yil Ramazon oyining 28-kunida (1908-yil 24-oktyabr) Abdulilloh nihoyat amir nomini olgan. Biroq oradan bir necha kun oʻtib, hijriy 1326-yil shavvol oyining 2 yoki 3-kunlarida (1908-yil 27 yoki 28-oktyabr) Istanbulda vafot etgan[3][1].

Abdulloh poshoning dengiz boʻyidagi qarorgohi Istanbulning Emirgan mahallasidagi Şerifler Yalısı (Sharifning yali) muzeyga aylantirilgan[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 Uzunçarşılı 2003.
  2. 2,0 2,1 Dahlan 2007.
  3. 3,0 3,1 3,2 Al-Ghazi 2009.
  4. (ota) Salname-yi Devlet-i Âliye-yi Osmaniye. Istanbul. 1884. p. 66. http://ktp.isam.org.tr/pdfsal/D02467130100000039.pdf#page=66. 
  5. Ochsenwald 1984.

Maʼlumotnomalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

 

Abdulillloh posho
Avn uyi
Banu Qatoda boʻlimi
Tavalludi: 1845 Vafoti: 27-oktyabr 1908
Siyosiy idoralar
Oʻtmishdoshi:
Abdulmuttalib ibn Gʻolib
Makka sharifi va amiri
1882-yil sentyabr – 1882-yil oktyabr
Vorisi:
Avn ar-Rafiq
Oʻtmishdoshi:
Ali posho ibn Abdulloh
Makka amiri va sharifi
1908-yil 24-oktyabr – 1908-yil 27-oktyabr
Vorisi:
Husayn bin Ali