Kontent qismiga oʻtish

Husayn bin Ali (Makka sharifi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Husayn bin Ali
Tavalludi 1853
Vafoti 4-iyun 1931
Fuqaroligi Usmonli imperiyasi, Hijoz Qirolligi va Transiordaniya amirligi
Otasi Ali bin Mohammed bin Abdul Moin
Onasi Salah Bani-Shahar[1]

Husayn bin Ali (arabcha: حسين بن علي) – eng soʻnggi Makka sharifi. Hoshimiylar sulolasidan boʻlgan Hijoz qiroli.

Husayn bin Ali al-Hoshimiy 1852-yil Usmoniylar imperiyasining poytaxti Istanbulda tugʻilgan. 1908-yilda amakivachchasi Ali ibn Abdulloh al-Hoshimiydan keyin Makka sharifi etib tayinlangan. Usmoniylar imperiyasiga qarshi arab millatchilari hamda inglizlar bilan hamkorlik qilgan. 1914-yilda uning oʻgʻli Faysal ibn Husayn arablar va Damashq islohotchilari bilan aloqa oʻrnatgan. Boshqa oʻgʻli Abdulloh Misrdagi Britaniya vakillari bilan bogʻlangan. Uzilib qolgan Yevropa bilan munosabatlar Birinchi jahon urushi vaqtida qayta tiklangan. Inglizlar Makka sharifiga vaziyatdan foydalanib, turklarga qarshi isyon koʻtarishni maslahat bergan.

1923-yilda Husayn bin Ali oʻzini butun musulmonlarning xalifasi deb eʼlon qildi. 1924-yilda Najd amiri Abdulaziz ibn Saud Hijozga qarshi yangi harbiy harakatlar boshladi. Vahhobiylarning qurolli guruhlari Hijozga kirdi. Bu safar inglizlar Husayndan qutulish uchun neytral pozitsiyada turdi. 1924-yil 6-oktyabrda Hijoz amirlari Jiddada yigʻilgach, Husayn oʻgʻli Ali foydasiga taxtdan voz kechishga majbur boʻldi.

Biroz vaqt oʻtgach, u Toif yaqinidagi „Ixvon“ tashkiloti tomonidan asirga olinadi va inglizlar tomonidan Kipr oroliga surgun qilinadi. Keyinchalik u Kiprni tark etib, Iordaniya qiroli boʻlgan oʻgʻli Abdulloh ibn Husaynning oldiga boradi. Husayn bin Ali 1931-yilda vafot etgan.