Kontent qismiga oʻtish

Abdulqodir Andijoniy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdulqodir Andijoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1912-yil
Vafoti 1995-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Qurʼon hofizi

Abdulqodir Andijoniy (arabcha: عبد القادر الأندیجانى — (1912, Andijon — 1995, Madina) — Qur’on hofizi.

Hayoti v faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Go‘zal qiroati bilan tanilgan Muhammad Qodir Xolmirza Andijoniy bosh­lang‘ich taʼlimni Andijonda olgan. Yoshligida Afg‘onistonga ko‘chib o‘tib, o‘sha yerda istiqomat qilib qoladi. Keyinchalik umra safari bilan Makkada bo‘lib, so‘ng Madinaga boradi. U yerda qiroat ilmi bilan birga fiqh, usul al-fiqh va turli diniy ilmlarni ham o‘zlashtiradi. Ustozi Shayx Ziyouddindan Qur’­oni karimni Hafs rivoyatiga asoslangan Osim qiroati asosida yod oladi. So‘ng „Shātibiyya“ asari matnini mukammal yod olib, Shotibiy yo‘nalishi bo‘­yicha yetti xil qiroatdan ijoza oladi. U, shuning­dek, ustozi Shayx Hasandan „Shātibiyya“ va „Durra“ yo‘llari orqali o‘n qiroatni o‘zlashtiradi. Har yili yoz faslida Toif shahriga borib Shayx Bin­yamin Soʻotiy Andijoniydan hadis ilmi bo‘yicha „Sahӣh al-Buxārӣ“ni to‘liq o‘qib o‘rganadi.

Abdulqodir Andijoniy sakson olti yoshda vafot etadi. Baqi’ qabristoniga dafn qilingan.

  • „Risāla fi-t-tavhӣd“;
  • „Ithāf al-fuzalā muxtasar manār al-hudā fӣ bayān al-vaqf va-l-ibtidā“[1].
  1. http://www.quran.uz/qiroat/qorilar-tarixi/;
  2. https://muslimun.uz/abdul-odir-andizhonij/.
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.