Abdulrahmon II
Abdurrahmon ll, Abdurrahmon ibn Hakam ibn Hishom ibn Abdurrahmon ibn Muoviya ibn Hishom (792-22.09.852). Qurtuba amiri (822-852). 792-yil Toledoda tugʻilgan. Hakam ibn Hishom vafot etgach, taxtga uning oʻgʻli Abdurrahmon oʻtirdi. Abdurrahmon franklar xavf solayotgan shimoliy hududlarga eʼtibor qaratdi. 823-yili Abdulkarim ibn Abdulvohid ibn Mugʻiys boshchiligida katta qoʻshin joʻnatdi. Qoʻshin janglarda gʻalaba qozonib Qurtubaga katta oʻljalar bilan qaytdi. Bu magʻlubiyatdan soʻng franklar musulmonlar bilan urushni davom ettirishdan tiyilishdi. Abdurrahmon ll 837-yilda xristianlar va yahudiylar oʻrtasidagi ixtilofdan foydalanib Toledoni qaytarib oldi. Abdurrahmon ll franklarga qarshi urushni davom ettirdi. Normannlar 843-yili Andalusiyaning gʻarbiy qismini talon-toroj qildi. Ular vikinglar boʻlib dengizda hukmron edilar. Normannlar hujum qilgan vaqtda musulmonlarning floti yoʻq edi. Abdurrahmon ll dengizdan boʻladigan xavfni bartaraf etish uchun flot tuzishga buyruq berdi. 852-yil 22-sentyabrda Abdurrahmon ll vafot etdi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shodmon Vohidov, Alisher Qodirov „Sharqning mashhur sulolalari“;
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |