Kontent qismiga oʻtish

Abdulvohid II

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdulvohid II
Muvahhidlar xalifa
Hukmronligining boshlanishi: 1232
Hukmronligining tugashi: 1242
Oʻtmishdosh: Idris al-Ma’mun
Voris:Abul Hasan Said Mu’tazid
Tugʻilgan sanasi: noaniq
Tugʻilgan joyi:marokash

Abu Muhammad Rashid Abdulvohid- (arab. أبو محمد الرشيد عبد الواحد بن المأمون; 1242-yil 4-dekabrda vafot etgan) 1232-yildan to vafotigacha hukmronlik qilgan Muvahhid xalifasi.

Otasi Idris I vafotidan so‘ng (u poytaxt Marrakashni nazorat qilgan raqib xalifa Yahyo Mo‘tasimga qarshi yurishda halok bo‘lgan) Abdulvohid yangi xalifa bo‘ldi va Muvahhid xalifaligining yakuniy parchalanishi boshlandi. U Yahyoni Marrakeshdan siqib chiqara olmadi, Tlemsen amiri esa Tunisdagi Hafsiylar hukmdori Abu Zakariyo Yahyo singari 1236-yildan mustaqillikka erishdi (Zayyoniylar sulolasiga asos soldi). Xalifalikning janubiy qismidagi tartibsizliklar tufayli u Marrakesh va Tlemsenni qaytarib olish fikridan voz kechishga majbur boʻldi va xalifalikning janubiy sahara hududidagi qoʻzgʻolonlarni bostirishga eʼtibor qaratdi. U Sahroi Kabirda qoʻzgʻalonchilarga qarshi kurash olib bordi va ularni 1239 yilda tor-mor qildi. Soʻngra butun e’tiborini yoʻqotilgan hududlarini qaytarib olishga qaratdi[1].

1242-yilda Abdulvohid oʻz [[[gubernator]]iga Fesni qoʻlga kiritgan Mariniy Abu Yahyo ibn Abdulhaqning yana bir boʻlinishiga qarshi kurashishni buyurdi. Biroq, Abdulvohid oʻsha yil(1242)ning dekabr oyida oʻz saroyida hovuzga choʻkib ketgan (yoki yiqilib vafot etgan) holda topilgan. Uning o‘rniga akasi Abul Hasan Said Moʻtazid kelgan.


  1. Julien, Charles-André. Histoire de l'Afrique du Nord, des origines à 1830, Payot, Paris, 1994.