Kontent qismiga oʻtish

Abdumalik Xaloqov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Abdumalik Xalokovdan yoʻnaltirildi)
Abdumalik Anvar o‘g‘li Xaloqov
Abdumalik Xalokov at the 2024 Summer Olympics 04.jpg
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 9-aprel 2000-yil (2000-04-09) (24 yosh)
Buxoro, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston
Mukofotlar
Sport
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qaysi sport Boks
Sport mukofotlari
Yozgi Olimpiada oʻyinlari
Oltin Parij 2024 57 kg
Jahon chempionati
Oltin Toshkent 2023 57 kg gacha
Kumush Belgrad 2021 60kg gacha
Osio chempionati
Oltin Ammon 2022 57 kg gacha
Bronza Dubay 2021 60kg gacha
Yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari
Oltin Buenos Ayres 2018 56kg gacha
Yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati
Oltin Budapesht 2018 56 kg gacha

Abdumalik Anvar oʻgʻli Xaloqov (2000-yil 9-aprelda tugʻilgan, Buxoro, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston) – 56 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida ringga koʻtariluvchi oʻzbek bokschisi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, jahon chempioni (2023), jahon chempionati kumush medali (2021), Osiyo oʻyinlari chempioni (2022), Osiyo chempioni (2022), Osiyo chempionatining bronza medali sohibi (2021), oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari chempioni (2018), yoshlar oʻrtasida jahon chempioni (2018), havaskorlar oʻrtasidagi xalqaro va mahalliy turnirlarning koʻp karra gʻolibi va sovrindori. 2024-yilgi Yozgi Olimpiada o'yinlarining oltin medal sohibi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi.

Havaskorlik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdumalik Xaloqov 2018-yildan boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2018-yilda 60 kilogramm vazn toifasida yoshlar oʻrtasida Osiyo chempioni boʻlgan.

2018-yil avgust oyida Budapeshtda (Vengriya) yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida (17-18 yosh) 56 kg vazn toifasida finalda rossiyalik Vsevolod Shumkov ustidan (5:0) ochkolar boʻyicha gʻalaba qozonib, jahon chempioni boʻlgan[1].

Buenos Ayresdagi III yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida 60 kg gacha boʻlgan vazn toifasida yoshlar oʻrtasida Osiyo chempioni va oltin medal (56 kg) sohibi[2]. Jahon chempionatida 60 kg gacha vazn toifasida kumush medali sovrindori (2021)[3]. Murabbiyi Davron G‘ofurov[4][5].

2021-yilning may oyida Dubayda (BAA) boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatining 60 kg vazn toifasida bronza medali sovrindori boʻlgan, yarim finalda (2:3) ochkolar boʻyicha moʻgʻulistonlik bokschi Erdenebatin Tsendbaatarga magʻlub boʻlgan[6].

2021-yilda Belgradda (Serbiya) oʻtkazilgan boks boʻyicha jahon chempionatida Abdumalik Xaloqov yakdil qaror bilan Yasin Lyamani 1/16 finalda turnirdan chiqarib yuboradi, 1/8 finalda esa makedoniyalik Tadey Chernogani bir ovozli qaror bilan magʻlub etdi. 1/4 finalda Vsevolod Shumkov ustidan gʻalaba qozonadi, yarim finalda uning raqibi eronlik Danial Shohbaxsh jarohati tufayli ringga koʻtarila olmaydi[7], finalda raqobat jangida fransiyalik Sofyan Umiaga bir ovozli qaror bilan imkoniyatni boy beradi[8].

2022-yil fevral oyida Sofiya (Bolgariya) shahrida oʻtkazilgan nufuzli „Strandja“ xalqaro turnirining 57 kilogrammgacha vazn toifasida finalda ochkolar boʻyicha 4:1 hisobida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Raqibi asli kelib chiqishi kubalik, Bolgariya terma jamoasi safida oʻynagan Xaver Ibanez boʻlgan[9][10].

2022-yilning noyabr oyida Ammanda (Iordaniya) 57 kg vazn toifasida finalda qozogʻistonlik Serik Temirjanovni 4:1 hisobida magʻlub etib, Osiyo chempioni boʻlgan[11][12].

2023-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida −57 kg vazn toifasida ishtirok etib, eng yuqori darajadagi medalni qoʻlga kiritdi. 2023-yil oxirida Xaloqov Oʻzbekistonning eng yaxshi sportchisi deb topildi[13].

Abdumalik Xaloqov Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimida Zaynab Dayibekova bilan birga Oʻzbekiston terma jamoasining bayroqdori boʻlgan[14]. Ushbu turnirda 2024-yilning 31-iyul kuni 1/16 finalda Shvetsiya vakili Nebil Ibrohimni magʻlub etdi[15]. Chorak finalda ispaniyalik raqibi Jose Quilos Bronosni magʻlubiyatga uchratib yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi[16][17]. Yarim finalda avstraliyalik Charlie Seniorni mag'lubiyatga uchratib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Finalda Qirg'iziston vakili Munarbek Seiitbek Uuluga qarshi ringga chiqdi. Xaloqov raqibi ustidan 5:0 hisobida g'alaba qozondi va oltin medal sohibi bo'ldi[18].

Unvon va mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „6. AIBA Youth World Championships. Duna Arena, Budapest, Hungary. August 21-31, 2018“ (en). Amateur-boxing.strefa.pl. 2021-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  2. „Спортсмены Узбекистана завоевали 16 лицензий на Юношеские Олимпийские игры“ (ru-RU). Новости Узбекистана сегодня: nuz.uz (0001-yil 30-noyabr). 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-oktyabr.
  3. „Бокс. Абдумалик Халаков завоевал «серебро»“ (ru-UZ). Газета.uz (2021-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
  4. „Davron G‘ofurov: «Abdumalik o‘zbek boksining pala-partish emas, chiroyli tomonlarini ko‘rsatmoqda»“. zamin.uz.
  5. „Umidli bokschimiz Abumalik Halakov rejalar, vazn toifasidagi raqobat hamda Qayrat Eraliev bilan jang haqida“. sports.uz.
  6. „Asian Championships 2021“ (en). Amateur-boxing.strefa.pl. 2021-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  7. „Узбекский боксер без боя вышел в финал ЧМ-2021“ (ru). Vesti.kz. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  8. „Абдумалик Халаков проиграл в финале чемпионата мира и стал серебряным призером“ (ru). Darakchi. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  9. „В тени Узбекистана. Как Казахстан провел первый день финалов «малого чемпионата мира» по боксу“ (rus). Sports.kz (2022-yil 26-fevral). 2023-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  10. „73rd Boxing Tournament STRANDJA 2022. Feather (57 kg)“ (en). Strandja2022.bgboxing.org. 2023-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  11. „Найдено объяснение упущенному «золоту» казахстанского боксера в бою с узбекистанцем на ЧА-2022“ (ru). Sports.kz (2022-yil 14-noyabr). 2023-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  12. „Asian Championships 2022“ (en). Amateur-boxing.strefa.pl. 2022-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  13. 13,0 13,1 „Abdumalik Xalokov“. olimpic.uz. Qaraldi: 31-iyul 2024-yil.
  14. „Знаменосцами Узбекистана на Олимпиаде в Париже станут Абдумалик Халоков и Зайнаб Дайибекова“. gazeta.uz. Qaraldi: 3-avgust 2024-yil.
  15. „Ўзбекистонлик спортчиларнинг Олимпиададаги иштирокидан“. olamsport.com. Qaraldi: 31-iyul 2024-yil.
  16. „Boks. Abdumalik Xalokov yarimfinalga yo‘l oldi“. xabar.uz. Qaraldi: 3-avgust 2024-yil.
  17. „бокс. Абдумалик Халоков яримфиналга чиқиб, медални кафолатлади“. tribuna.uz. Qaraldi: 3-avgust 2024-yil.
  18. „7-oltin! Abdumalik Xalokov - Olimpiada chempioni“. kun.uz. Qaraldi: 10-avgust 2024-yil.
  19. „Бир қатор спортчилар унвон ва орденлар билан тақдирланди“.
  20. „“Milliy sport mukofoti-2023” o‘z g‘oliblarini aniqladi“. olympic.uz. Qaraldi: 7-sentabr 2024-yil.
  21. „Диёра Келдиёровадан Улуғбек Рашитовгача: Олимпия ўйинларида иштирок этган бир гуруҳ спортчи ва мураббийлар мукофотланди“. Daryo.uz.