Kontent qismiga oʻtish

Abdugʻani Abduqayumov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abdugʻani Abdumalikovich Abduqayumov (27-iyul 1928, Toshkent) – dirijyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1974), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981). Toshkent konservatoriyasining simfoniya-dirijyorlik boʻlimini tugatib (1955), Navoiy nomli teatrda dirijyor. 1960-yildan Toshkent konservatoriyasining opera sanʼati kafedrasida oʻqituvchi, 1985-yildan professor, 1986-yildan kafedra mudiri. Repertuaridan chet el, rus, qardosh xalqlar kompozitorlari va, asosan, Oʻzbekiston kompozi-torlarining operalari oʻrin olgan.[1]

  1. "Abduqayumov Abdugʻani Abdumalikovich" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil