Abduqodir Yuldashev
Abduqodir Daminovich Yuldashev(1924-yil 13-fevralda Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanidagi Xonobod qishlogʻida tavallud topgan) – iqtisodiy, davlat va siyosiy arbob. Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abduqodir Daminovich Yuldashev 1921-yil 13-fevralda Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanidagi Xonobod shahrida dehqon oilasida tavallud topgan[1]. KPSS aʼzosi. Sovet Ittifoqi Qahramoni Abdulaziz Yo'ldoshevning ukasi.
1942-yil iyun oyidan boshlab Ulugʻ Vatan urushi janglarida qatnashgan. Abduqodir Yuldashev Smolensk va birinchi Boltiq frontlarida jang qilgan. 1945-yildan – iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyatini boshlagan. 1945—1975-yillarda – maktabda harbiy xizmatchi[2], Andijon viloyatida Komsomol tumani xodimi, Toshkent sovet partiya maktabi oʻquvchisi[3], Oʻzbekiston Kompartiyasi Xoʻjaobod tuman qoʻmitasi kotibi[4], Xalq deputatlari Lenin tuman Kengashi raisi boʻlib ishlagan[5][6]. Abduqodir Yuldashev 1973-yil „Oktyabr inqilobi“ ordeni,1965-yil „Qizil Yulduz“ ordeni va 1957-yil „Shon-sharaf belgisi“ ordeni, Faxriy nishon ordeni Jasorat medali bilan taqdirlangan. Andijon viloyati mehnatkashlari, Oʻzbekiston CP Marhamat raykomining birinchi kotibi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 7—8-chaqiriqlari deputati etib saylangan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jasorat medali
- 1973-yil 12-oktyabrda „Oktyabr inqilobi“ ordeni.
- 1965-yil 3-yanvarda „Mehnat Qizil Bayroq“ ordeni.
- 1945-yil 3-dekabrda „Qizil Yulduz“ ordeni[7].
- 1957-yil 1-noyabrda „Shon-sharaf belgisi“ ordeni[8].
- Faxriy nishon ordeni.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abduqodir Daminovich Yuldashev 1985-yilda vafot etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ UPK
- ↑ Medal Za otvagu
- ↑ Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR „O nagrajdenii ordenami i medalyami SSSR peredovikov Uzbekskoy SSR“ ot 01.03.1965 // Andijanskaya pravda. – 3 marta 1965
- ↑ Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR „O nagrajdenii ordenami i medalyami SSSR peredovikov selskogo xozyaystva Uzbekskoy SSR“ ot 10.12.1973 // Андижанская правда. – 27 dekabrya 1973
- ↑ Deputati Verxovnogo Soveta Uzbekskoy SSR: Sedmoy soziv. – T.: Uzbekiston, 1968. – S. 50
- ↑ Naselenie Leninskogo rayona v 1970 godu – 134316 chelovek
- ↑ Pamyat naroda
- ↑ Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR o nagrajdenii ordenami i medalyami SSSR kolxoznikov, rabotnikov MTS i sovxozov, spesialistov selskogo xozyaystva, partiynix, sovetskix, profsoyuznix i komsomolskix rabotnikov Uzbekskoy SSR ot 11 yanvarya 1957 goda