Abduqodir muhandis
Qiyofa
Abduqodir muhandis, Abduqodir Boqiyev (1868-Samarqand — 1934) — xalq meʼmori, koshinsoz usta. Abduqodir muhandis 20- yillargacha Ulugʻbek madrasasi ravoqining nuragan madohil gulli lavhalarini koshinlagan. Xizr masjidi, Yangi Madrasa, Qoʻshhovuz mu-azzinxonasi kabi binolarning koshin-korlik ishlarini bajargan. Keyinchalik Samarqand tarixiy obidalarini tiklash ishlariga boshchilik qilgan. 30-yillarda Tillakori madrasasining koshinsozlik ishlarini olib borgan. U Buxorodagi Minorai kalon zahalarini havozasiz tuzatdi. Sankt-Peterburgdagi Duma binosi, Afgʻonistondagi Mozori Sharif va Oʻrta Osiyodagi koʻplab meʼmoriy yodgorliklarni tiklash ishlarida qatnashgan. Samarqand Registonida toshdan „Quyosh soati“ni qurgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |