Kontent qismiga oʻtish

Abdurahmon Abdurazzoqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdurahmon Abdurazzoqov (1952. 6.8, Bekobod) — Oʻzbekiston Qahramoni (2003). Mehnat faoliyatini 1969-yildan Oʻzbekiston metallurgiya zavodi taʼmirlash xoʻjaligi sexida oddiy ishchilikdan boshlagan. Marten sexida poʻlat quyuvchi (1970-77), 1977-yildan elektrda poʻlat eritish sexi operatori. Korxonada jahon talablariga mos keladigan poʻlat eritish texnologiyasini joriy etishda mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash boʻyicha ratsionalizatorlik takliflarini kiritgan, natajada sexda har oyda 30 ming tonna oʻrniga 40 ming tonnadan ortiq metall eritma olinishga erishildi. Abdurazzoqov oʻz mehnat faoliyati davomida koʻplab shogirdlar yetishtirdi.[1]

  1. "Abdurahmon Abdurazzoqov" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil