Kontent qismiga oʻtish

Abdurahmon Tole

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Abdurahmon toledan yoʻnaltirildi)

Abdurahmon Tole (asl ismi Abdurahmon Davlat boʻlib, Tole uning taxallusidir) (XVIII asr birinchi yarmi) – buxorolik munajjim, shoir va tarixchi. U Buxoro xoni Abulfayzxon (1711-1747) zamonida yashagan va hukumat doiralariga, xususan nufuzli amir Abdulloh qushbegiga yaqin kishi boʻlgan. A. T. „Tarixi Abulfayzxonasarining muallifidir. Bu asar XVIII asrning birinchi yarmidagi Turkistonning siyosiy ahvoliga oid qimmatli manba boʻlib, aniq maʼlumotlarga boy.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil