Abduraim Ahmadiy
Qiyofa
Abduraim Ahmadiy (1927.20.12, Qashqar shahri) — uygʻur xonandasi. Oʻzbekiston xalq artisti (1989). Urumchi shahri. Uygʻur musiqali drama teatri (1946-1947), Gʻulja shahri teatri (1947-1949), Chuchak shahri. teatri (1950-1961), Urumchidagi Sinszyan-uygʻur muxtor rayonn filarmoniyasi (1950-1961), Olmaota shahridagi Uygʻur teatri (1961-1971), Oʻzbekiston radiosi qoshidagi Uygʻur ansambli (1971-1986), Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi (1986-1990)da xonanda. Repertuaridan asosan uygʻur xalq qoʻshikdari (mas, „Yoru“, „Doday“, „Senga xushtor“), sanamlar, Qashqar va Dulon muqomlari, shu bilan birga zamonaviy bastakorlarning asarlari oʻrin olgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |