Kontent qismiga oʻtish

Abdurashid Ergashev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abdurashid Ergashev (1941.15.6, Qoʻqon tumani) — xonanda (lirikdramatik tenor), Oʻzbekiston xalq artisti (1988). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1964). Samarqand opera va balet (1992-yildan musiqali drama) teatrida yakkaxon xonanda (1964— 2001), Samarqand universiteti professor (1991-yildan). Oʻzbek va chet el opera hamda oʻzbek musiqali dramalarida asosiy partiyalarni ijro etgan: Furqat, Moni (M.Ashrafiy, "Shoir qalbi", "Dilorom"), Tohir (T.Jalilov, B.Brovsin, "Tohir va Zuhra"), Farhod (V.Uspenskiy, G.Mushel, "Farhod va Shirin"), Hamid Olimjon (R.Abdullayev, "Sadoqat"), Choʻpon (S.Yudakov, "Maysaraning ishi"), Kanio (R.Leonkavallo, "Masxarabozlar"), Pinkerton (J.Puchchini, "Chiochiosan"), Asqar (U.Hojibekov, "Arshin mol olon"), Qoraxon (T.Jalilov, G.Mushel, "Ravshan va Zulxumor") va boshqalar Konsert repertuaridan, asosan, oʻzbek bastakorlari asarlari oʻrin olgan (N.Hasanovning "Zuhro ishqi", "Sirdaryo", N.Ahrorovning "Olqishlagay", Sh.Akromovning "Jon Samarqand", "Nigoro suhbating" va boshqalar).