Abdurasul Jumaqul
Abdurasul Jumaqulov | |
---|---|
Tavalludi |
4-mart 1966-yil |
Abdurasul Jumaqul— 1966-yil 4-mart kuni Surxondaryo viloyati Termiz tumani Istara qishlogʻida tugʻilgan. 1990-yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning Jurnalistika fakultetini, 2007-yili Termiz Davlat universitetining Iqtisodiyot fakultetini tamomlagan."Hurriyat" gazetasi bosh muharriri ,Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi boshqaruvi aʼzosi[1].
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdurasul Jumaqulning „Yurakka sigʻmagan gaplar“ (1991), „Yillar va yoʻllar“ (2010) nomli publitsistik, „Osmon beshigi“ (1993)", „Ishq bogʻi“ (2011), „Faqat sen“ (2020), „Kunduzgi chiroq“ (2021) sarlavhali sheʼriy, publitsistik kitoblari chop etilgan.
U 2003-yili „Shuhrat“ medali, 2021 yili „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Jumaqulov, Abdurasul. „Абдурасул Жумақул. Шоирлик – Яратганнинг улкан ҳикмати“ (6-sentabr).