Abdurazzoq Abdurahmonov
Qiyofa
Abdurahmonov Abdurazzoq (1874, Qoʻqon – 1938, Toshkent) – yogʻoch oʻymakori; otasi usta Abdurahmondan hunar oʻrgangan. Islimiy naqshlar ustasi sifatida shuhrat qozongan. U yogʻochga oʻygan naqshlar qoʻshimcha bezak (pardoz)larga boyligi bilan diqqatga sazovor. Abdurazzoq asosan meʼmorlikka oid oʻymakorlik sohasida ishlagan. 1934-yilda Toshkentdagi Xalq xoʻjaligi muzeyi (hozirgi Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi)ning ikki tabaqali katta eshigini oʻyib naqshlagan. Koʻplab shogirdlar (jumladan, M. Qosimov va boshqalar) tayyorlagan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |