Kontent qismiga oʻtish

Abdurazzoq Maymandiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abdurazzoq Maymandiy (forscha: عبدالرزاق میمندی; vafoti 11-asr) – Gʻaznaviylar sultoni Mavdud Gʻaznaviy hamda Abdulrashidning fors[1] vaziri.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdurazzoq Gʻaznaviylar sultoni Mahmud Gʻaznaviy[2] hamda uning oʻgʻli Masʼud Gʻaznaviy[3] davrida vazir boʻlib ishlagan mashhur fors zodagoni Ahmad Maymandiyning oʻgʻli boʻlgan. Yoshligida ukalari bilan birga Abu Sahl Zavzoniydan saboq olgan[4].

Oʻz faoliyatini Mahmud Gʻaznaviy davrida boshlagan, ammo 1024-yilda otasi sharmanda boʻlganidan keyin, u oʻgʻli Abdurazzoq bilan birga Panjobdagi Nandanada qamoqqa olingan. Mahmud olti yildan keyin vafot etadi va bu Gʻaznaviylar davlatida fuqarolar urushiga olib keladi. Mahmudning ikki oʻgʻli Mas’ud I va Muhammad Gʻaznaviylar taxtiga daʼvogarlik qilgan. Mas’ud bu urushda gʻalaba qozonadi va Abdurazzoq va Ahmadni ozod qilishni buyuradi.

Keyinchalik Abdurazzoq Saljuqiylarga qarshi Dandanakon jangida qatnashadi. Biroq, Gʻaznaviylar qoʻshini magʻlubiyatga uchraydi va butun Xurosonni qoʻldan chiqaradi. Mas’udning vorisi Mavdud Gʻaznaviy hukmronligi davrida Abdurazzoq Gʻaznaviylar davlatining koʻzga koʻringan arboblaridan biriga aylanadi va 1043-yilda vazir etib tayinlanadi[5]. Oʻshandan boshlab Abdurazzoq 1050-yilda Mavdudning vafotiga qadar vazir lavozimida xizmat qiladi. Mavdudning vafotidan keyin yana fuqarolar urushi boshlanadi. Urush davrida Abdurazzoq Abdurashidni qamoqdan ozod qiladi va uni Gʻaznaviylar davlati sultoni deb eʼlon qiladi.

1052-yil turk gʻulomdan chiqqan sarkarda Toʻgʻrul Gʻaznaviy Abdurashidni taxtdan agʻdarib, oʻzini Gʻaznaviylar davlati sultoni deb eʼlon qiladi. Bir yildan keyin gʻaznaviy shahzoda Farruxzod Toʻgʻrulni magʻlubiyatga uchratib, Gʻaznaviylar saltanatida tartib oʻrnatadi. Abdurazzoq Farruxzod davrida ham yuqori lavozimlarda ishlaydi, biroq vazir boʻlmaydi. Abdurazzoq haqida koʻp narsa maʼlum emas, u oxirgi marta 1058-yilda tilga olingan va ehtimol bir necha yil oʻtgach vafot etgan. Uning Mansur ibn Said ismli jiyani boʻlgan, u ham Gʻaznaviylar davrida yuqori mansablarni egallashda davom etgan[5].

  1. Bosworth 2001, ss. 578–583.
  2. Bosworth 2011, s. 5.
  3. Richards 2014, s. 48.
  4. Yusofi 1983, ss. 373–374.
  5. 5,0 5,1 Bosworth 2010, ss. 157–158.
Oldingisi Gʻaznaviylar davlati vaziri
1043 – 1052
Keyingisi
Nomaʼlum