Kontent qismiga oʻtish

Abdurrahman Gök

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdurrahman Gök

Abdurrahman Gök ish jarayonida
Tavalludi 17-aprel 1980-yil (1980-04-17) (44 yosh)
Kuyubaşı,Botman[1])
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Sohasi Jurnalist, rejissor
Ish joylari Dicle New Agency agentligi,
Taʼlimi Ege universitet
Mashhur ishlari Kamol Kurkut oʻldirilishini hujjatlashtirgan fotosuratlar muallifi
Mashhur sovrinlari Metin Göktepe jurnalistika mukofoti[2], Musa Anter va Oʻzgʻur Basın Şehitleri Jurnalistika mukofoti[3],Yilmaz Güney Faxriy mukofoti[4],"Yilning muvaffaqiyatli jurnalistlari" tanlovida kurd xabarlari boʻyicha birinchi mukofot[5]

Abdurrahman Gök (1980-yil 17-aprelda tugʻilgan, Kuyubaşı, Botman[1]) — jurnalist. Kamol Kurkut oʻldirilishini hujjatlashtirgan fotosuratlar muallifi.

U Kuyuboshidagi boshlangʻich maktabda oʻqigan va oʻrta taʼlim maʼlumotni Batmanda olgan[6] 1997-yilda oʻrta maktabni tamomlagach, arab tilini oʻrgangan[6]. Keyinchalik u Izmirdagi Ege universitetida jurnalistika fakultetida tahsil oldi va 2004-yilda Dicle axborot agentligida ishladi[6].

Professional faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U faoliyati davomida bir necha bor jurnalistik faoliyati sababli jinoiy javobgarlikka tortilgan. 2009-yilda, Dicle New Agency agentligida ishlayotganida 24-mart kuni[7] Sirtdagi Navroʻz bayrami haqida xabar bergani uchun hibsga olingan. Avvaliga uni politsiyaga tosh otganlikda ayblashdi, keyin tantanalarda qatnashgani uchun va bu ayblovlarning hech biri o'z tasdig'ini topmagani uchun uni eski kurd telekanali boʻlgan Roj TV[8] tarmogʻiga aloqadorlikda ayblashdi. Bu tarmoq Daniyada joylashgan va Turkiya hukumati tomonidan Kurdiston Ishchilar partiyasiga (PKK) yaqin tashkilot sifatida qaralgan edi[9]. U 2009-yilning noyabrida sud hukmiga qadar ozodlikga chiqarilgan[9]. 2011—2012-yillar orasida u ijodiy faoliyatini davom ettirib uchta hujjatli filmga rejissyorlik qilgan[6].

U 2017-yilda Diyarbakirdagi Navroʻz bayram tantanalarini ham yoritish jarayonlarida Kamol Kurkut otib oʻldirilishiga guvoh boʻlib oʻsha jarayonlarni suratga oldi. U prokuraturada koʻrsatma berishi va Kamol Kurkutning oʻldirilishiga oid fotosuratlarini prokurorga berishi kerak edi[10].

2018-yil oktyabr oyida u uch kunga[11][12] hibsga olindi va terrorchilik tashkilotiga aʼzolikda ayblandi, Uni prokuratura 7 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni maqsad qilgan edi[13]. Ayblov xulosasi „Sabr“ deb nomlanuvchi maxfiy guvohning koʻrsatmalariga koʻra, Havor News Agency xabarlari yuzasidan nomaʼlum shaxs bilan telefon qoʻngʻirogʻiga[14] va uning Jurnalistlar kunida qilgan nutqiga, nomaʼlum shaxsning baʼzi SMS xabarlariga asoslangan va qochqinlarni suratga olgani haqida soʻragan kishining[13] Abdurrahmon Goʻk ustidan sud jarayoni 2021-yil 23-fevralda Diyarbakirda[15] boshlandi, uning xorijga chiqish taqiqi bekor qilindi[16] va 3-iyun kuni yana ochiq eshituvlar boshlanishidan avval maxfiy guvohning shaxsiy tinglovi tayinlandi[16] Yashirin guvoh Gaziantepdan guvohlik berib, Kemal Kurkut ham, Abdurrahmon Goʻk ham PKK aʼzosi ekanligini va Kurkutning oʻldirilishi tasvirlari PKK buyrugʻi bilan olinganini daʼvo qildi[17] Goʻk, "Jonli bomba yolgʻonini fosh qilganim uchun mendan „davlat nomidan“ qasos olishga harakat qilinmoqda" dedi[18]. 2022-yil iyun oyida u terrorchilik tashkiloti tashviqotini olib borgani uchun 1 va 6 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan[19].

  • Kamol Kurkut suratlari uchun u 2017-yilda Metin Göktepe jurnalistika mukofotiga sazovor boʻldi[20]
  • Kamol Kurkut suratlari uchun u 2017-yilda Musa Anter va Oʻzgʻur Basın Şehitleri Jurnalistika mukofotiga sazovor boʻldi[21]
  • Shuningdek, 2012-yilda 2. Madaniyat va sanʼat festivalida hujjatli film nominatsiyasida Yilmaz Güney Faxriy mukofotiga sazovor boʻlgan[22]
  • Janubi-Sharqiy Jurnalistlar Uyushmasi 2014-yilda „Yilning muvaffaqiyatli jurnalistlari“ tanlovida kurd xabarlari boʻyicha birinchi mukofot[23]
  1. 1,0 1,1 „Abdurrahman Gök“. www.kameraarkasi.org. Qaraldi: 2020-yil 20-noyabr.
  2. „English :: Metin Göktepe Jury's Special Award Granted to Elif Akgül, Canan Coşkun“. bianet.org. Qaraldi: 2020-yil 18-noyabr.
  3. „Musa Anter Gazetecilik Ödülleri'nin sahipleri belli oldu“ (Turkish). T24. Qaraldi: 2021-yil 11-yanvar.
  4. „Yılmaz Güney sinema ödülleri“ (tr). www.avrupa-postasi.com. 2021-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-yanvar.
  5. Gazetesi. „Yılın Başarılı Gazetecileri ödüllerinin sahipleri belirlendi“ (tr-TR). Evrensel.net. Qaraldi: 2021-yil 11-yanvar.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 „Abdurrahman Gök“. www.kameraarkasi.org. Qaraldi: 2020-yil 20-noyabr.
  7. „Reporter Abdurrahman Gök arrested, accused of "making terrorist propaganda"“ (en-US). IFEX (2009-yil 31-mart). Qaraldi: 2020-yil 18-noyabr.
  8. „Lawyer of imprisoned reporter Abdurrahman Gök to file complaint for torture and maltreatment“ (en-US). IFEX (2009-yil 13-aprel). Qaraldi: 2020-yil 18-noyabr.
  9. 9,0 9,1 „Journalist Released from Jail under "PKK Propaganda" Charges“. Bianet. Qaraldi: 2020-yil 18-noyabr.
  10. „English :: Raid on Home of Journalist Gök Who Took Photo of Kemal Kurkut“. bianet.org. Qaraldi: 2020-yil 18-noyabr.
  11. „Journalist Abdurrahman Gök appears in court on "terror" charges“. www.expressioninterrupted.com (2021-yil 23-fevral). Qaraldi: 2021-yil 3-iyun.
  12. Akyavas. „Abdurrahman Gök“ (en-US). Free Turkey Journalists. 2021-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.
  13. 13,0 13,1 „Journalist Gök accused of 'journalistic activities'“. http. Qaraldi: 2020-yil 18-noyabr.[sayt ishlamaydi]
  14. „Gazeteci Abdurrahman Gök'e 20 yıla kadar hapis istemi“ (tr). Gazete Karınca (2020-yil 30-oktyabr). 2020-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-noyabr.
  15. „Gazeteci Abdurrahman Gök'ün yargılanmasına başlandı | DW | 23.02.2021“ (tr-TR). Deutsche Welle. Qaraldi: 2021-yil 24-fevral.
  16. 16,0 16,1 „Abdurrahman Gök - trial for "being a member of a terrorist organization" and "propagandizing for a terrorist organization"“ (en-US). Media Monitoring Database v.1.6 (2019-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 3-iyun.
  17. „Anonymous witness: Kemal Kurkut is a terrorist, photos were taken with instructions!“. Mezopotamya Agency (2021-yil 2-iyun). Qaraldi: 2021-yil 3-iyun.
  18. „Savcı, gazeteci Abdurrahman Gök'ün 5 yıla kadar hapsini istedi“ (2022-yil 31-mart).
  19. „Court convicts the journalist who photographed the killing of Kemal Kurkut“. Bianet (2022-yil 30-iyun). Qaraldi: 2022-yil 3-iyul.
  20. „English :: Metin Göktepe Jury's Special Award Granted to Elif Akgül, Canan Coşkun“. bianet.org. Qaraldi: 2020-yil 18-noyabr.
  21. „Musa Anter Gazetecilik Ödülleri'nin sahipleri belli oldu“ (Turkish). T24. Qaraldi: 2021-yil 11-yanvar.
  22. „Yılmaz Güney sinema ödülleri“ (tr). www.avrupa-postasi.com. 2021-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-yanvar.
  23. Gazetesi. „Yılın Başarılı Gazetecileri ödüllerinin sahipleri belirlendi“ (tr-TR). Evrensel.net. Qaraldi: 2021-yil 11-yanvar.