Abdurrahman Roza Haxhiu stadioni
A. Roza Haxhiu stadioni | |
---|---|
Joyi | Lyushnya, Albaniya |
Qachon ochilgan | 1961 |
Qachon taʼmirlangan | 2003, 2015, 2017 |
Egasi | Lyushnya munitsipaliteti, KS Lushnja |
Yuzasi | tabiiy chim |
Hajmi | 8,500 |
Maydon egalari | |
KF Lushnja |
Abdurrahman Roza Haxhiu stadioni (yoki: A. Roza Haxhiu stadioni) — Albaniyaning Lyushnya shahridagi koʻp maqsadli stadion. Hozirda u asosan futbol oʻyinlari uchun ishlatiladi va KS Lushnja jamoasi uchun uy maydoni hisoblanadi. Stadion 8500 oʻrinli va 12000 ga yaqin odamni sigʻdira oladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻtgan asrning 60-yillarigacha „Traktori Lushnja“ jamoasi oʻynagan futbol maydonchasi shahar markazidagi bugungi „18 oktyabr“ sport zali joylashgan joyda edi. 1960-yillardan boshlab Lyushnya shahrining bugungi stadioni qurilishi boshlandi. U xuddi jamoa nomi kabi Traktor degan nomga ega edi. 1992-yilda Lyushnya munitsipal kengashining qarori bilan stadionga milliy futbolga qoʻshgan hissasi uchun alban afsonasi, futbolchi va murabbiy Abdurahmon Roza Hoji nomi berildi. A. Roza Haxhiu stadionining sigʻimi 8 ming oʻringa yaqin. Stadion tribunasi sariq va yashil — Lushnja jamoasining ranglari bilan boʻyalgan va uning markazida futbol afsonasi Abdurahmon Roza Hojining portreti joylashgan. A. Roza Haxhiu stadioni hududida janob Vergjil 2015-yilda Lushnja futbol muzeyini ochdi. Ushbu muzeyda futbolning butun tarixini aks ettiruvchi koʻplab fotosuratlar joylashtirilgan. Shuningdek, afsonaviy Abdurahmon Roza Hojining haykaltarosh Lushnjar Maks Bushi tomonidan juda mohirona va professional tarzda ishlagan byusti joylashgan[1].
Stadion
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdurrahman Roza Haxhiu stadioni juda eski stadion boʻlib, 8500 dan 12000 gacha tomoshabinga moʻljallangan. Stadion 1961-yilda, kommunizm davrida qurilgan. Bu oʻsha paytdagi Albaniyadagi eng katta stadionlardan biri edi. Bu stadionda 19 yoshgacha boʻlgan Albaniya va Qozogʻiston milliy terma jamoalari oʻrtasidagi bahs kabi xalqaro oʻyinlar boʻlib oʻtgan.