Kontent qismiga oʻtish

Abdurrahmon ad-Dovudiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdurrahmon ad-Dovudiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 984-yil (hijriy 374-yil)
Vafoti milodiy 1075-yil (hijriy 467-yil)
Bushanj
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Muzaffar ibn Muhammad ibn Dovud ibn Ahmad ibn Muʼoz ad-Dovudiy al-Bushanjiy (Abul Hasan) — muhaddis. U milodiy 984-yil (hijriy 374-yil)ning rabiulavval oyida tavallud topgan. Ilm talabi bilan milodiy 1009-yil (hijriy 399-yil) Bag‘dodga kelib bir necha yil istiqomat qilgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Abdurrahmon ad-Dovudiy o‘z yurtiga qaytib milodiy 1075-yil (hijriy 467-yil) shavvol oyida Bushanjda vafot etgan[1].

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 23-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.