Kontent qismiga oʻtish

Abdurrahmon ibn Kaʼb al-Ansoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Laylo Abdurrahmon ibn Ka’b ibn Amr ibn Avf ibn Mabzul ibn Amr al-Ansoriy al-Moziniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy yil (hijriy yil)
Vafoti milodiy 644-645-yil (hijriy 24-yil)
Dini Islom
Ota-onasi
  • (otasi)
  • ar-Rabob bint Abdulloh ibn Habib (onasi)
Tanilgan sohasi sahoba

Abdurrahmon ibn Kaʼb al-Ansoriy (arabcha: عبد الرحمن بن کعب الأنصاری — Abu Laylo Abdurrahmon ibn Kaʼb ibn Amr ibn Avf ibn Mabzul ibn Amr al-Ansoriy al-Moziniy,? — 24/644-45,?) — sahoba.

Abdulloh ibn Kaʼbning ukasi. Onasi ar-Rabob bint Abdulloh ibn Habib. Aslamlik Buraydadan Salama ismli farzand ko‘rgan. Faqirligi sababidan Tabuk g‘azotiga qatnasha olmay iztirobga tushgan. „Tavba“ surasidagi 92-oyat yo‘qsilligi sababli Tabukda ishtirok eta olmagan yetti kishi haqida nozil bo‘lgan. Ibn Hibbon tomonidan al-Harroniy nisbasi bilan zikr etilgan bo‘lsa-da, barcha manbalarda Bani Mozin qabilasiga nisbat berilib, al-Moziniy deb tilga olinadi.

Janglardagi ishtiroki

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Badr, Uhud, Xandaq g‘azotlari va boshqa barcha jang­larda qatnashgan. Hijratning uchinchi yili rabi’ul-avval oyida bo‘lib o‘tgan Bani Nazir g‘azotida Payg‘ambar tomonlaridan Abdulloh ibn Salom bilan birga Bani Nazir yahudiylariga tegish­li xurmolarni kesishga tayinlangan.

Umar xalifalik davrining oxir­larida vafot etgan. Vafot etgan joyi maʼlum emas[1].

  1. Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: 1388/1968. II, 165;
  2. Ibn Hibbon. Kitāb as-siqāt. — Haydarobod: 1393-99/1973-79. I, 243;
  3. Ibn Abdulbar. Al-Istӣ’āb. — Qohira: 1328. II, 398-399;
  4. Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1390-93/1970-73. III, 490;
  5. Ibn Hajar. Al-Isāba. — Qohira: 1390-92/1970-72. IV, 350;
  6. Mücteba Uğur. „Abdurrahman b. Kâ‘b el-Ensârî“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 167.
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.