Abdurrahmon ibn Yazid
Abu Muhammad Abdurrahmon ibn Yazid ibn Joriya al-Ansoriy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 716-717-yil (hijriy 98-yil) |
Dini | Islom |
Ota-onasi |
|
Tanilgan sohasi | tobeʼin |
Abdurrahmon ibn Yazid (arabcha: عبد الرحمن بن یزید — Abu Muhammad Abdurrahmon ibn Yazid ibn Joriya al-Ansoriy,? — 98/716-17,?) — madinalik tobeʼin.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amr ibn Avf urug‘idan. Onasi — Jamila bint Sobit ibn Abu-l-Aqlah Umarning nikohida bo‘lgan, keyinchalik undan ajrashgan ayol sahobalardan. Otasi esa, Vado hajining bir bo‘limini rivoyat qilgani bilan tanilgan Yazid ibn Joriyadir.
Hadislari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ishonchli roviy hisoblangan Abdurrahmon ibn Yazid ko‘proq Umar, Abu Ayyub al-Ansoriy, Abu Luboba ibn Abdulmunzir va amakisi Mujammi’ ibn Joriyalardan hadis rivoyat etgan. Undan Qosim ibn Muhammad ibn Abu Bakr va Ibn Shihob az-Zuhriy kabi tobeʼinlar hadis rivoyat qilganlar.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdurrahmon ibn Yazid Umar ibn Abdulaziz Hijozda hokimlik qilgan davrda, bir muddat Madina qoziligi vazifasini ado etgan[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: 1388/1968. V, 84;
- Xalifa ibn Xayyot. Tabaqāt. — Riyoz: 1402/1982. 237;
- Al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. — Haydarobod: 1360-80/1941-60. III/I, 363;
- Ibn Abu Hotim. Al-Jarh va-t-taʼdӣl. — Haydarobod: 1371-73/1952-53. II/II, 299;
- Inb al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1390-93/1970-73. III, 500-501;
- Ibn Hajar. Tahzӣb at-tahzӣb. VI, 298-299;
- Mücteba Uğur. „Abdurrahman b. Yezîd“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 177.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |