Abdusalom Umarov
Abdusalom Umarov | |
---|---|
Tavalludi |
1960-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Toshkent amaliy fanlar universiteti |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | texnika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Abdusalom Vaxitovich Umarov (1960-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdusalom Umarov 1960-yilda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan[1]. 1977—1982-yillarda Toshkent davlat universitetining Fizika fakultetida tahsil olgan. 1982—1995-yillarda Toshkent davlat universitetida aspirant, assistent, dotsent, 1995—2002-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi maxsus gimnaziya direktori, 2008—2012-yillarda Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti „Fizika“ kaferdasi mudiri, 2012—2013-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti prorektori, 2013—2018-yillarda Namangan davlat universiteti rektori, 2018—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi xalq talimi vazirligi huzuridagi respublika taʼlim markazi rahbari, 2019-yildan Toshkent davlat transport universiteti „Tabiiy fanlar“ kaferdasi professori, 2021-yildan Toshkent amaliy fanlar universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda[1].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilali, 4 nafar farzandi bor.
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1988-yil 11-martda „Yarim otkazgichlar fizikasi“ ixtisosligi boʻyicha „Poliakrilonitril asosidagi yarim oʻtkazgichli piropolimerlarning elektr oʻtkazuvchanlik mexanizmini tadqiq qilish“ mavzusidagi dissertatsiya ishini Peterburg politexnika institutida professor Magripov Maxmud Asqarovich ilmiy rahbarligida himoya qilgan va fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlgan. 1989-yil dotsent ilmiy unvoni berilgan. 350 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi[1]. 2008-yil Toshkent davlat texnika universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi va texnika fanlari doktori ilmiy darajani oladi. 2011-yil professor ilmiy unvoni berilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]