Abdusamadboy madrasasi
Madrasa | |
Abdusamadboy madrasasi
Abdusamadboy madrasasi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Qashqadaryo viloyati |
Shahar | Qarshi |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Abdusamadboy |
Homiylar | Abdusamadboy |
Maqomi | saqlanib qolmagan |
Abdusamadboy madrasasi — Qarshi madrasasi. Qarshining oliy madrasalaridan edi. Shahardagi ayrim keksalar uni Samadboy madrasasi nomi bilan eslaydi. Buxoro qozi kaloni mulla Abdushukur arznomasida ushbu madrasa toʻgʻrisida shunday maʼlumotlar uchraydi: „Umidgohimiz, Qarshi viloyatidagi Abdusamadboy madrasasi mudarrisi va ushbu viloyatdagi Oliy madrasa kutubxonachisi mulla Abduhakim vafot etdi. Uning oʻrni boʻsh qoldi. Duogoʻy va rizojoʻy xodimlaringiz bilan unga munosib kishini tanlash uchun imtihon oʻtkardik. Olampanoh, oliy Arkdagi oʻttiz nafar salovatxondan biri mulla Toʻraqul taʼlim olgan, ilmli peshqadam qarshilikdir. U oʻn besh tilla maosh olardi[1]. „Hidoya“yi sharifning „Nikoh“ kitobidan oʻn uch qator qoidaga amal qilgan holda oʻqidi. Masalani ham toʻgʻri hal qildi. U Qarshidagi Abusamadboy madrasasida boʻsh qolgan oʻringa va Oliy madrasa kutubxonachiligiga oʻtishdan umidvor boʻlib, janobi oliyni duo qiladi. Mazkur madrasa maoshi oʻn besh tilla kutubxonasi maoshi oʻn ikki tilladir“. Abdusamadboy madrasasi inqilob boʻronidan omon chiqqan edi.1923—1924-yillarda ham uning faoliyati toʻxtamagan edi. Viloyat vaqf ishlari boshqarmasi uning yiliga 60 botmon gʻalla hosili olishini qayd etadi. Undan ushr soligʻi undirilgan. Shoʻro hukumati uni 1925-yillarda ziroatchilik idorasiga aylantirgan. Keyinchalik eskilik sarqiti sifatida buzib tashlangan. Hozirgi kunda uning oʻrni aniqlanmagan[2]. Madrasa Qoʻqondagi koʻhna inshootlardan biri hisoblanadi.
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdusamadboy madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.