Kontent qismiga oʻtish

Abdusattor Jumanazar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdusattor Kenjayevich Jumanazarov
Tavalludi 25-iyul 1961-yil (1961-07-25) (63 yosh)
SSSR, OʻzSSR, Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Naymansaroy qishlogʻi
Istiqomat joylari Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Sohasi sharqshunos, manbashunos, adabiyotshunos
Ish joylari Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
Institutlar Toshkent davlat universiteti
Mashhur ishlari „Xilvat ahli“, „Oʻrgimchak kitobi“, „Nasaf“, „Mashrab“, „Vaxshuvor“, „Buxoro taʼlim tizimi tarixi“, „Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi“ „Yakkabogʻ. Sohibqiron kamol topgan yurt“, „Tugʻli hikoyalar burji“
Dini Islom

Abdusattor Kenjayevich Jumanazarov (Abdusattor Jumanazar, Yofas Alpin) (1961-yil 25-iyulda tugʻilgan) – taniqli oʻzbek sharqshunos, manbashunos[1] va adabiyotshunos olimi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining katta ilmiy xodimi. Buxoro va Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixiga atab yaratilgan ilk monografiyalarning muallifi. Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti huzuridagi Atamalar komissiyasi aʼzosi.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdusattor Jumanazar 1961-yil OʻzSSRning Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Naymansaroy qishlogʻida tavallud topgan. Toshkent Davlat universitetining (hozirgi OʻzMU) sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. Abdusattor Jumanazar turli yillar davomida bir nechta gazeta va jurnallarda faoliyat yuritgan. Shuningdek u Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti huzuridagi Atamalar komissiyasi aʼzosidir[2].

Abdusattor Jumanazar „Xilvat ahli“, „Madoris“, „Nasaf“, „Mashrab“, „Vaxshuvor“, „Buxoro taʼlim tizimi tarixi“, „Yakkabogʻ. Sohibqiron kamol topgan yurt“[3], „Tugʻli hikoyalar burji“[4][5], „Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi“, „Qoratosh: Muhammad Ali Qoratoshiy tarixi“, „Bulungʻur“ kabi ilmiy-badiiy kitoblarning muallifi[6].

  1. Pedagogika (PDF), 2022-01-06da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2022-01-06
  2. „Ўзбекистонда Атамалар комиссияси ташкил этилмоқда (аъзолар рўйхати)“. Kun.uz. Qaraldi: 2021-yil 11-oktyabr.
  3. „Sohibqiron kamol topgan Yakkabogʻ haqida oʻzbek va ingliz tillarida kitob nashr qilindi“. Interfax.uz. Qaraldi: 2022-yil 4-fevral.
  4. „Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институтининг 2017 – 2018 йиллардаги нашрларига бағишланган тақдимот ҳақида ОАВ учун ахборотнома“. Beruni.uz. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
  5. „Булунғур тумани ҳокимининг 2018 йил 5 апрелдаги 719-Қ–сонли „2018-2019 йилларда Булунғур туманида туризмни янада ривожлантиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида“ги қарорига мувофиқ қилинаётган ишлар тўғрисида маълумот“. Bulungur.uz. 2023-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
  6. „Абдусаттор Жуманазар (1961)“. Ziyouz.uz. Qaraldi: 2021-yil 25-sentyabr.