Abduvali Abduvahobov
Qiyofa
Abduvali Abdusamatovich Abduvahobov (1941.11.7, Toshkent) — Oʻzbekiston fanlar akademiyasi akademigi (1995). Kimyo fanlari doktori (1979), professor (1981). Toshkent Davlat Universiteti bitirgan (1965). Oʻzbekiston fanlar Bioorganik kimyo institutida laboratoriya mudiri (1973-yildan), shu institut direktori (1987- 93), Oʻzbekiston fanlar Kimyo-texnologiya va Yer haqidagi fanlar boʻlimining raisi (1992- 94), vitse-prezidenti (1994-97). Abduvali fiziologik faol moddalarning noziq organik sintezi, stereokimyo, qisqa molekulali bioregulyatorlar molekulyar taʼsir mexanizmining kimyoviy mohiyati ustida tadqiqotlar oʻtkazgan. Uning rahbarligida hasharotlarning kimyoviy ekologiyasi bilan bogʻliq izlanishlar olib borildi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |