Kontent qismiga oʻtish

Abduvali Qutbiddin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abduvali Qutbiddinov Abdumoʻminovich
Tavalludi 20-iyun 1960-yil
Vafoti 8-dekabr 2019-yil(2019-12-08)
(59 yoshda)
Taxallusi Abduvali Qutbiddin
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Abduvali Qutbiddin (asl ismi: Abduvali Qutbiddinov Abdumoʻminovich; Qarshi shahri, Oʻzbekiston SSR) — shoir va publitsist.  Yoshlar Ittifoqi tomonidan taʼsis etilgan Usmon Nosir mukofoti laureati (1993), Oʻzbekiston Respublikasining „Eng ulugʻ, eng aziz vatan“ anʼanviy koʻrik tanlovi gʻolibi (2018), „Oltin qalam“ mukofoti sohibi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist unvoni va „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan[1].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abduvali Qutbiddin 1960-yil 20-iyunda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tugʻilgan. Taniqli olim, shayx Qutbiddin Muhitdinovning nabirasi.

Dastlab Qarshidagi oʻrta maktabda, keyin ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida oʻqigan (1978—1983). Samarqand viloyatining „Zarafshon“ gazetasida (1983—1985), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida, „Yozuvchi“ nashriyotida, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasida, „Xalq soʻzi“ gazetasida turli lavozimlarda xizmat qilgan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, „Doʻstlik“ ordeni sohibi (1997).

2019-yil 8-dekabrda vafot etgan[2].

„Zarafshon“ gazetasi, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti,  Oʻzteleradiokompaniyasi, „Yangi asr avlodi“ nashriyoti, „Xalq soʻzi“ gazetasida turli lavozimlarda  faoliyat koʻrsatgan.

Abduvali Qutbiddinning „Nayson“ (1988), „Humo“ (1989), „Baxtli yil“ (1991), „Xayol kechasi“ (1994), „Sen va sen uchun“ (1996), „Uzoqdan olisga“ (2007)  „Bor“  (2011), „Daʼvat“ (2014)kabi kitoblari chop etilgan.

2020-yili Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi „Ijod“ jamoat fondi „Soʻz chamani“ turkumida Abduvali Qutbiddinning sheʼriy toʻplamini chop etilgan.

Uning ijodi koʻplab dissertatsiyalar uchun tadqiqot manbasi sifatida ilmiy oʻrganildi. Mahfuza Davronovaning „Hozirgi oʻzbek sheʼriyatida individual uslub poetikasi (U. Azim, I. Mirzo, Faxriyor va A. Qutbiddin sheʼriyati misolida)“ (Samarqand, 2019) mavzusidagi doktorlik (DSs), Maftuna Xolovaning „Oʻzbek modern sheʼriyati poetikasi“ (Samarqand, 2018), Gulnoza Oripovaning „Mustaqillik davri oʻzbek sheʼriyatining gʻoyaviy-estetik va badiiy xususiyatlari“ (Fargʻona, 2019) va Dilshod Xursanovning „Hozirgi oʻzbek sheʼriyatida xronotop poetikasi“ (Samarqand, 2020) mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarida, jumladan, Abduvali Qutbiddin sheʼriyati xususiyatlari ham ilmiy tahlil etilgan.

Yoshlar Ittifoqi tomonidan taʼsis etilgan Usmon Nosir mukofoti laureati (1993), „Oltin qalam“ mukofoti sohibi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist faxriy unvoni va „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

„Nayson“

„Humo“

„Baxtli yil“

„Xayol kechasi“

„Sen va sen uchun“  

„Uzoqdan olisga“

„Bor“

„Daʼvat“

  1. „ABDUVALI QUTBIDDIN (1960)“ (2013-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-fevral.
  2. „Shoir Abduvali Qutbiddin vafot etdi“ (2019-yil 8-dekabr). 2023-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-fevral.