Kontent qismiga oʻtish

Abduvoris Karimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abduvoris Karimov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 7-iyul 1995-yil (1995-07-07) (29 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Yenisey-STM Rossiya bayrogʻi Rossiya
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2014
2014—2017
2018—x. v
OʻzbekistonWest Tigers
Malayziya DBKL - Dragons
Rossiya Yenisey-STM
(21 (35)
24 (55)
3 (10))
Milliy terma jamoa
2012—x. v. Oʻzbekiston Oʻzbekiston (24 (30))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Abduvoris Vosiq o'g'li Karimov (1995-yil 7-iyun, Toshkentda tugʻilgan) — oʻzbek regbichisi, Rossiyaning “Yenisey-STM”[1] jamoasi hamda Oʻzbekiston regbi-15 va regbi-7 jamoalari oʻyinchisi.

9 yoshida u dzyudo bilan shugʻullana boshladi, keyinchalik sportning regbi yoʻnalishi boʻyicha shugʻullanadi.

Sport faoliyati

2010-yildan boshlab u Oʻzbekiston chempionatida ishtirok etib, «West Tigers» jamoasi (Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti) tarkibida turnir finalchisiga aylanadi[2]. Shundan keyin “Qanot Rugby” regbi klubi tarkibida regbi-15 boʻyicha Oʻzbekiston chempionati gʻolibi boʻladi. 2013-yili bor-yoʻgʻi 17 yoshida flanker sifatida Osiyo Kubogida Livan terma jamoasiga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston terma jamoasi safida debyut qiladi. Oʻsha yili u regbi-7 jamoasi safida 2013-yilgi bosqichlardan birida Osiyo chempionatida debyut qiladi.

2014-yilda Toshkentda Osiyo chempionati 3-divizioni oʻyinlarida maydonga tushib, milliy terma jamoamiz uchun ilk ochkolarni qoʻlga kiritadi va Malayziya Kuala-Lumpurning DBKL - Dragons klubi e’tiborini tortadi, shundan soʻng u oʻzining ilk professional faoliyati shartnomasi uchun imzo chekadi. Oʻzi uchun yangi muhitda Abduvoris tezda jamoaning yulduzlaridan biriga aylanadi.