Abduzoyir sulolasi
Abduzoyir sulolasi — samarqandlik qoʻgʻirchoqbozlar avlodi: 1) Abduzoyir (1786-1860) — mehtar, surnaychi va qoʻgʻirchoqboz; 2) Novvot bobo (1835-1904) — qoʻgʻirchoqboz, do-irachi, raqqos va sozanda. U qoʻgʻirchoq teatrining bir turi — „Chodir xayol“ ustasi, xalq sanʼati anʼanalari asosida muvaqqat chodir teatri tashkil qilib, tomoshalar koʻrsatgan. Tomoshalarda boylar va chor amaldorlari hajv qilingan; 3) Quli bobo Novvotov (1882-1968) — qoʻgʻirchoqboz va surnaychi. 20- yillardan boshlab asosan, qoʻlga kiyiladigan qoʻgʻirchoqlar tomoshasini koʻrsatgan. Koʻpincha korfarmonlik qilgan: tomo-shani boshqargan, surnayda joʻr boʻlgan, qoʻgʻirchoqlar bilan savol-javob qilgan. Uning surnayda dam qaytarmay chalgan „Dutor irogʻi“, „Soqiynoma“, „Siy-na-xiroj“ kabi kuylari kishiga zavq bagʻishlagan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |