Abeliya
Qiyofa
Abeliya (Abelia) – shilvidoshlar oilasiga mansub butalar turkumi. 30 dan ortiq turi bor. Guli yirik, bir oz qiyshiq (zigomorf) kosachasining naychasi tuguncha bilan tutashgan, qaytaqisi 2,5 boʻlmali, changchisi toʻrtta. Mevasi quruq, bir chanoqli, yakka urugʻli, uchida kosachaning qaytaqisi saqlangan. Oʻrta Osiyoda Abeliyaning asomuso (Abeliya corymbosa) turi uchraydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |