Kontent qismiga oʻtish

Aberdin shahar Yoshlar kengashi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aberdeen City Youth Council
Turi Yoshlar ishtiroki tashkiloti
Tarmogʻi Yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish, Yoshlar siyosati, Siyosiy vakillik
Qachon asos solingan 1998-2008-yillarda "Aberdin shahar yoshlar kengashi" sifatida
Joylashuvi Rosemount jamoat markazi
Hududiy xizmati Aberdeen

Aberdin shahar Yoshlar KengashiShotlandiyaning Aberdin shahrida yoshlarga shahar miqyosiga aloqador qaror qabul qilishda ovoz berish jarayoniga koʻmaklashishni maqsad qilgan tashkilot. Bu kengashga 12 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan yoshlar qatnashishi mumkin. Yoshlar Kengashini Aberdin shahar kengashi moliyaviy va xodimlarni qoʻllab-quvvatlash orqali, shahar Kengashining yoshlar ishtiroki boʻyicha xodimi orqali qoʻllab-quvvatlaydi.

Yoshlar Kengashi 1998-yilda tashkil etilganidan beri Aberdinda xuddi shunday vazifani bajargan Yoshlar Harakati Qoʻmitasi (YAC) va Yoshlarni Tinglang (LYPS) kabi tashkilot sifatida tanilgan.

Mahaliy aholi turli masalalar boʻyicha mahalliy munosabatlarni aniqlash uchun 2010-yil oktyabr oyida soʻrovnoma oʻtkazishni boshladilar va 2011-yil may oyiga kelib ular 165 ta javobni jamladilar[1]. Yoshlar Kengash maktab menyusiga 2014-yil noyabr oyida qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlariga oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng maktab jamoasu kengashga xat yozdi[2]. 2015-yilda ular mahalliy maktablarda jinsiy taʼlim LGBT (lesbiyan, gey, biseksual va transgender) masalalarini yoritish va rozilik nuqtai nazaridan etishmayotgan degan xulosaga kelganlaridan keyin 22 oʻquvchi uchun jinsiy tarbiya mashgʻulotlarini oʻtkazdilar[3].

Bu tashkilot 1992-yil 1-yanvardan 2016-yil 12-aprelgacha xayriya tashkiloti sifatida roʻyxatdan oʻtgan[4].

Yoshlar Kengashi aʼzolik huquqiga ega boʻlgan taqdirda, Yoshlar Kengashi aʼzoligi bilan hamkorlikda Yoshlar maslahatchilari saylanadi. Yoshlar kengashiga Aberdinda yashovchi, ishlaydigan yoki oʻqiydigan 12 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan shaxslar aʼzo boʻlishi mumkin.

Aberdin shahar Yoshlar kengashi Aberdin boʻylab turli tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi, jumladan; jamoat markazlari, jamoat kengashlari, madaniy tashkilotlar, mahalliy forumlar va mahalliy biznes lekin, bu tashkilotlar tomonidan cheklanmagan.


  1. „New Aberdeen City Youth Council appointed“. STV News (2011-yil 3-may). 2016-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-iyul.
  2. McKay, David. „Youth leaders raise concerns over removal of sandwiches from school canteens“. The Press and Journal (2014-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 11-iyul.
  3. Brace, Harriet. „Aberdeen Youth Council team giving sex education lessons“. Evening Express (2015-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 11-iyul.
  4. „search: The Aberdeen City Youth Council SC031188“. Scottish Charity Regulator. 2022-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-iyul.